Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida


Pedagogik psixologiya fanining metod va tamoyillari


Download 349.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana04.02.2023
Hajmi349.18 Kb.
#1157132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KKKKKKK

1.2. Pedagogik psixologiya fanining metod va tamoyillari 
Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad 
asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. 
Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy 
kuzatish – kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq 
bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish 
bo‘lishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim:
1. 
Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman bolani emas, balki uning shaxsiy 
sifatlari qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil 
turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot jarayonida kuzatish.


10 
2. 
Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi 
(nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi 
(nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, 
taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat 
aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-
atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i 
lozim.
3. 
Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, 
balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.
4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish bolalar uchun tabiiy sharoitlarda 
o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, bola 
kuzatilayotganini sezmasin.
5. 
Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy 
reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng 
o‘tkazilishi zarur.
6. 
Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, obyektiv fakt, 
harakat, bolalar xulq-atvorining obyektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda 
xulosa chiqarish lozim.
7. 
Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi 
lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol 
qayd qilishi kerak.

Download 349.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling