Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida
Shaxs shakllanishidagi psixologik shart-sharoitlar
Download 349.18 Kb. Pdf ko'rish
|
KKKKKKK
2.3. Shaxs shakllanishidagi psixologik shart-sharoitlar
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. Odam atrofni, ob'ektiv 28 borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi, yangi qiziqish va ehtiyojlar vujudga keladi. Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar problemasini hal qilishda dialektik materializm ta’limoti taraqqiyotda quyidan (soddadan) yuksakka (murakkabga) o‘tishni amalga oshiradigan ichki qarama-qarshiliklarni ochib berishni zaruriy ravishda talab qiladi. Shaxsning aktivligi odamni anglangan va anglanmagan motivlarning murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar yig‘indisiga bog‘liqdir. Shaxs psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari odamning o‘z faoliyati davomida o‘zgarib boruvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda yuzaga chiqadi. Shunday qilib, shaxsni rivojlantirish maqsadida bu qarama- qarshiliklarni yengish uchun, ya’ni faoliyatni amalga oshirishning ma’lum vositalarini (yo‘l-yo‘riqlarini, bilimlarini va shu kabilarini) o‘zlashtirish orqali sodir bo‘ladi. Bularning hammasi ta’lim (o‘qitish) yordami bilan amalga oshiriladi. Bunda aktiv faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yangi yanada yuksakroq darajadagi ehtiyoj tug‘diradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari irsiyat va muhitdir deb o‘ylash xato bo‘lar edi. Lekin bunda shaxsga harakteristika berishda irsiyat va irsiyat muhitini e’tiborga olmaslik kerak. Ko‘pchilik odamlar o‘rtasida (xususan ota-onalar o‘rtasida) odam shaxsiga xos ma’lum bir xususiyatlarning paydo bo‘lishida irsiyat ustunlik qiluvchi rol o‘ynaydi, degan tasavvur keng tarqalganligini pedagog e’tiborga olishi lozim bo‘ladi. Download 349.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling