Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida
Download 349.18 Kb. Pdf ko'rish
|
KKKKKKK
29 Xulosa: Hozirgi kunda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar o'qtuvchilar, barcha pedagoglar oldiga o'quvchining bilimlarini yuksak darajada o'zlashtirish; o'quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash ; ularning tafakkur, muloqot , o'qish , mehnat qilishga bo'lgan qobilyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas'ulyatini vazifalarni qo'ymoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o'qtuvchi predmetni o'qitish metodikasini maktab o'quvchilarining fizologiyasi asoslari, maktab o'quvchilari gigiyenasi asoslarinigini bilish emas, balki ma'lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo'lish lozim. Har bir pedagog ma'lum darajada psixolog ham bo'lishi talab etiladi , chunki ular har biri faqat o'ziga xos bo'lgan, turli yoshdagi turli individual xususiyatlarga ega bo'lgan o'quvchilar bilan ish olib boradi. Har bir bola faqat o'ziga xos bilish faolyati, iroda, xarakter, xulq- atvor xususiyatlarga ega. Maktabdagi ta'lim - tarbiya berish jarayonida mana shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo'lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina har bir pedagog o'zining asosiy vazifasi, ya'ni yosh avlodga ta'lim -tarbiya berish ishini muovaffaqiyatli amalga oshiradi. O‘rganishning muvaffaqiyati turli xil omillarga bog’liq, ular ichida quyidagi psixologik omillar muhim: o‘quv faoliyati motivatsiyasi, bilish jarayonlari — idrok, diqqat, xayol, xotira, tafakkur va nutqning ixtiyoriyligi, o‘quvchilarda irodaviy va boshqa shaxs xislatlari: mas’uliyat, tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, onglilik, tartiblilik va boshqalarning mavjudligi. 0 ‘quv faoliyati samaradorligining psixologik omillariga hamkorlik faoliyatidagi insonlar — o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan o‘zaro ta’sir qila olish ko‘nikmasi, intellektual rivojlanganlik va boshqalar kiradi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishga bo’lgan tayyorlik (ustanovka) muhim hisoblanadi, bunda o‘quv vazifalarining o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi, o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling