O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

8.2. Ekzogloss lisoniy vaziyat 
Har xil tillar majmuyiga ekzogloss (yunon. exō “tashqi”) lisoniy 
vaziyat deyiladi. Ekzogloss lisoniy vaziyat o‘z navbatida muvofiqlashgan 
va muvofiqlashmagan bo‘ladi. 
Muvofiqlashgan ekzogloss lisoniy vaziyat. Agar tillarning tarkibiy 
qismi funksional jihatdan bir xil ahamiyatga ega bo‘lib bir xil muloqot 
vazifasini bajarsa, u holda, muvofiqlashgan lisoniy vaziyat yuzaga keladi. 
Muvofiqlashgan ekzoglossga quyidagi misolni keltirish mumkin:
 
nemis tili 
Shvetsariyada fransuz tili
italyan tili
bir xil muloqot vazifasini bajaradi 
Belgiyada fransuz tili
flamand tili
bir xil muloqot vazifasini bajaradi 
 
Muvofiqlashmagan ekzogloss lisoniy vaziyat. Agar tillarning tarkibiy 
qismi funksional jihatdan har xil muloqot muhitida va turli ijtimoiy 
guruhlarda taqsimlangan bo‘lsa, u holda, muvofiqlashmagan lisoniy 
51
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 15-16.


55 
vaziyat yuzaga keladi. Muvofiqlashmagan ekzogloss bir necha tarkibli 
bo‘lishi mumkin.
Ikki tarkibli muvofiqlashmagan ekzogloss. Uning tarkibi 1) kundalik 
turmushda qo‘llaniladigan nutq uchun xizmat qiladigan tillar, ya’ni 
mahalliy tillar; shuningdek, 2) makrovositachi til qismlaridan iborat. 
Bunday mahalliy tilga Angliyadagi uels tili, Fransiyada dehqonlar va 
dengizchilar tomonidan qo‘llaniladigan breton tili misol bo‘la oladi. Bu 
yerda 
ichki 
muloqotda 
mahalliy 
tildan 
foydalanilsa-da, 
jamoa 
tashqarisidagi muloqotda makrovositachi tilni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. 
Ikki tarkibli muvofiqlashmagan ekzogloss Paragvaydagi murakkablashgan 
lisoniy vaziyat uchun ham xosdir. Pragvay aholisining 95% guarani 
(kundalik) tilida so‘zlashadi, aholining 52% biladigan ispan tili rasmiy va 
yozuvli muloqot vositasi hisoblanadi
52

Uch tarkibli muvofiqlashmagan ekzogloss. Lisoniy vaziyatning 
mazkur turi muayyan davlatda tillarning uch funksional tipini o‘z ichiga 
oladi:
1) mahalliy tillar (Filippinning Luson va Mindanao orollarida 
yashovchi hamda Zoirning luba va mongo qabilalari tili);
2) mazkur tillar ko‘rsatilgan hududlarda faoliyatda bo‘lgan 
mintaqaviy tillar;
3) hudud tashqarisidagi turli jamoalar bilan muloqot qilishda 
makrovositachi til qo‘llaniladi, masalan, Filippinda tagalog, Kongoda 
fransuz tilidan makrovositachi til sifatida foydalaniladi. Tanzaniyada ham 
shunga o‘xshash, biroq beqaror bo‘lgan holatni kuzatish mumkin. Bu 
yerda mustamlaka davrlarida ingliz tili mintaqaviy, rasmiy til bo‘lgan, 
biroq hozirda mustaqil davlatda suaxili tili (makrovositachi til) ingliz tilini 
ko‘p sohalarda muloqotdan siqib chiqarmoqda.
To‘rt tarkibli muvofiqlashmagan ekzogloss. Lisoniy vaziyatning 
ushbu turi:
1) mahalliy tillar;
2) mintaqaviy tillar;
3) makrovositachi til;
4) diniy yoki kasbga oid tillar majmuyidan iborat. Masalan, 
Hindistonda: ingliz tili – makrovositachi til, hind tili – rasmiy, mintaqaviy 
til, milliy tillar – mahalliy tillar va sanskrit – diniy yoki kasbga oid til 
vazifasini bajaradi
53
.
 
52
Швейцер А.Д., Никольский Л.Б. Введение в социолингвистику. –М.: Высшая школа, 1978. –С. 104. 
53
Ko‘rsatilgan asar, 105-106-betlar. 


56 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling