O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

Tayanch so‘z va tushunchalar: lisoniy vaziyat, ekzogloss lisoniy 
vaziyat, muvofiqlashgan va muvofiqlashmagan ekzogloss lisoniy vaziyat,
endogloss lisoniy vaziyat, muvofiqlashgan va muvofiqlashmagan 
endogloss lisoniy vaziyat, til siyosati, ichki til siyosati, tashqi til siyosati, 
tilni planlashtirish.
8. 1. Lisoniy vaziyat 
Lisoniy vaziyat tushunchasi 30-yillarda Osiyo va Afrika tillari bilan 
shug‘ullanuvchi chet ellik tilshunoslarning ilmiy ishlarida birinchi bor 
qo‘llangan. 60-yillarga kelib sobiq Sho‘ro va Amerika tilshunoslari bu 
tushunchaga ahamiyat berib, unga sotsiolingvistik ta’rif berishdi
49

C.A.Fergusonning fikricha, “lisoniy vaziyat” (language situation) 
deyilganda, muayyan bir vaqtda, muayyan bir joyda qanday tildan 
foydalaniladi, tillarning soni, qanday turdagi til ushbu hududda ishlatiladi,
qancha odam, qanday sharoitda bu tilda gaplashadi, ushbu jamoa 
a’zolarining bu tilga bo‘lgan munosabati, umuman, tilning qo‘llanish 
doirasi haqidagi masalalar tushuniladi
50

Muayyan lisoniy hamjamiyatning u yoki bu davridagi ijtimoiy-
kommunikativ tizim tarkibiy qismlari orasidagi funksional munosabat 
ushbu hamjamiyatga xos bo‘lgan lisoniy vaziyatni shakllantiradi. Bu 
munosabatlar ko‘pincha barqaror bo‘ladi. Biroq mamlakatdagi siyosiy 
vaziyatning, davlat tuzilishining o‘zgarishi, iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy va 
milliy siyosatdagi yangi yo‘nalishlar va h.k. ijtimoiy-kommunikativ 
tizimning holatiga, uning tarkibiga, funksiyasiga va uning qismlari bo‘lgan 
kodlar va subkodlarga ta’sir qilishi mumkin.
“Lisoniy vaziyat” tushunchasi, odatda, katta til hamjamiyatlariga – 
mamlakatlar, hududlar, respublikalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu tushuncha 
49
Швейцер А.Д., Никольский Л.Б. Введение в социолингвистику. –М.: Высшая школа, 1978. –С. 86. 
50
Ferguson C.A. Language structure and language use. – Stanford, 1971. –P. 157. 


54 
uchun zamon omili muhim hisoblanadi, ya’ni lisoniy vaziyat ijtimoiy-
kommunikativ tizimning muayyan davridagi faoliyatidir.
Masalan, Ukrainada ijtimoiy-kommunikativ tizimning asosiy 
tarkibiy qismlari ukrain va rus tillari hisoblanadi (bulardan tashqari, 
belorus, bolgar, venger, chex va boshqa tillar ham mavjud). SSSRning 
tarqalishigacha bu tillar orasida tenglik, muvozanat saqlangan. Binobarin, 
maktablarda ta’lim ukrain va rus tillarida olib borilgan, oliy ta’lim va ilmiy 
sohalarda (tabiiy va texnik fanlarda ko‘proq rus tili, ijtimoiy fanlarda 
ko‘proq ukrain tilidan foydalanilgan) har ikkala til qo‘llanilgan. 1990-
yillarga kelib Ukrainada rus tilining vazifalari qisqarib, u o‘rta va oliy 
ta’lim, ilm-fan, madaniyat sohalaridan, hatto, kundalik muloqotdan ham 
siqib chiqarila boshlandi.
Tabiiyki, bunday o‘zgarishlar lisoniy vaziyatning o‘zgaruvchanligini 
ko‘rsatadi, ayni paytda ukrain jamoasiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-
kommunikativ tizimning tarkibi avvalgidek qoladi
51

Umuman, lisoniy vaziyatlar obyektiv omillar – ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar hamda subyektiv omil – davlatda olib borilayotgan til siyosatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Lisoniy vaziyatlar uni tarkib toptirgan qismlar tavsifiga 
ko‘ra ekzogloss va endogloss turlarga ajraladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling