O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi


Ikkinchi jihat shundan iboratki, Praga lingvistik maktabi


Download 264.89 Kb.
bet5/7
Sana29.03.2023
Hajmi264.89 Kb.
#1308177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Strukturalizm

Ikkinchi jihat shundan iboratki, Praga lingvistik maktabi funksionaldir. «Funksiya» atamasi bu o‘rinda tobclilik («3aBHCHMocrb») ma’nosida emas, balki vazifa ma’nosida qo‘llaniladi. Shunday qilib, strukturlik va funksionallik Praga lingvistik maktabining ikki muhim xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun ham Praga lingvistik maktabi funksional lingvistika nomi bilan yuritiladi. «Praga lingvistik to‘garagi tezislari» da bayon qilinishicha, til inson faoliyatining hosilasi bo‘lishi bilan birga, ma’lum maqsadga yo‘naltirilganlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun lingvistik tahlilga funksional nuqtayi nazardan yondashmoq lozim. Ana shu jihatdan til muayyan maqsadga xizmat qiluvchi ifoda vositalari sistemasi hisoblanadi. Tezisda tildagi hech bir hodisa shu til mansub bo'lgan sistemani hisobga olmasdan turib to‘g‘ri tushunilishi mumkin emasligi, shuning uchun tilga funksional sistema sifatida yondashish lozimligi ta’kidlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, Praga lingvistik maktabi tilni struktur tushunishga va shunga muvofiq ravishda lingvistik tadqiqotning struktur metodlariga tayanadi. Lekin strukturalizm tushunchasining o‘zi xilma-xil bo‘lganidek, tilni struktur o‘rganish metodlari ham bir-biridan farq qiladi. Xususan, Kopengagen strukturalizmi bilan Praga funksional maktabi o‘rtasidagi farq Vladimir Skalichka tomonidan ko‘rsatib berildi. Uning ta’kidlashicha, barcha struktur yo‘nalishlarning tayanch nuqtasi F.de Sossyurning «Umumiy lingvistika kursi» hisoblanadi. F.de Sossyurning yuqorida ko‘rsatilgan asarida uchraydigan ziddiyat keyingi struktur yo‘nalishlarning ana shu ziddiyatli fikrlarning qaysi biriga tayanishiga bog‘liq holda, ular o‘rtasidagi qarashlarning farqlanishiga olib keldi. L. Yelmslev o‘z qarashlarida Ferdinand de Sossyurning tilshunoslikka kiritgan, to‘g‘rirog‘i, tilshunoslikka qaytargan ikkita zidlanishga doimo murojaat etadi. Bu zidlanishlarning birinchisi Langue va parole (til va nutq) o‘rtasidagi zidlanish bo‘lsa, ikkinchisi significant va signifie (ifodalovchi va ifodalanmish) o‘rtasidagi zidlanishdir. Ko‘pchilik mutaxassislarning e’tirof etishlaricha strukturalizmning Praga va Kopengagen maktablari o‘zaro qutbiy zidlanishda bo‘lib, ularning oralig‘ida Amerika deskriptiv lingvistikasi turadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, Praga lingvistlari ma’lum jihatlari bilan glosemmatiklardan farq qilgan holda, Amerika tilshunoslariga yaqin keladilar. Shu bilan birgalikda Praga va Kopengagen maktablarining umumiy jihatlari ham mavjudki, bu tomonlari bilan har ikki maktab Amerika maktabiga qarama-qarshi qo‘yiladi.
I. Strukturalizmning ikki qutbida turuvchi Praga lingvistik maktabi bilan Kopengagen lingvistik maktabi o‘rtasidagi farqli tomonlar Vladimr Skalichkaning «Kopengagen strukturalizmi va Praga maktabi» maqolasida aniq o‘z ifodasini topgan. Bu ikki lingvistik maktab o‘rtasidagi quyidagi farqlarni ko‘rsatish mumkin: 1. L.Yelmslevning fikricha, hozirgacha bo‘lgan tilshunoslik bir- biridan ajralgan turli hodisalardan tashkil topgan. Ulardan biri psixologiyaga, ikkinchisi fizikaga, uchinchisi fiziologiyaga, to‘rtinchisi tarixga, beshinchisi mantiqqa yaqin turadi. L.Yelmslev ana shunday parchalanishdan xalos bo‘lish uchun tilshunoslikni boshqa fanlar yukidan ozod qilishni istaydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun tilni transsendent o'vgamsYidan, ya’ni tildan tashqari hodisalar ta’sirida o‘rganishdan immanent o'rganishga o‘tishni tavsiya etadi. Lingvistik nazariya tilni o‘rganishda unga tildan tashqaridagi hodisalar konglamerati sifatida emas, balki o‘z ichida yopiq bir butun struktura, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan struktura sifatida o‘rganish lozimligini ta'kidiaydi. Xuddi mana shu jihat Praga maktabi bilan Kopengagen maktabi o‘rtasidagi birinchi va eng muhim farqlanish hisoblanadi. Chunki Praga lingvistik maktabi vakillari tilni tildan tashqaridagi borliq bilan bog‘liq holda o‘rganadi va nutqiy faoliyatni guruhlarga ajratish uchun muhim omil sifatida lingvistik aloqada bo'lgan so'zlashuvchilarning o‘zaro munosabati: ularning ijtimoiy, kasbiy, hududiy va qarindoshlik aloqalariga jiddiy e’tibor beradilar. Shuningdek, tillarning o‘zaro aloqasi, tillar ittifoqi, badiiy til kabi masalalar ham Praga tilshunosligining diqqat markazida bo‘ladi. 2. L.Yelmslev tilni nutqdan ajratgan holda, tilga sotsial qo‘llanishi va moddiy gavdalanishiga bog‘liq bo‘lmagan sof shakl hisoblanuvchi sxema sifatida yondashadi. Shu bilan birgalikda uni bevosita kuzatishda turlicha gavdalanuvchi moddiy vositalar yordamida tushuntirilishi mumkin bo‘lgan va muayyan ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilingan ko‘nikmalar yig‘indisi hisoblanuvchi «uzus» sifatida ham e’tirof etadi.
L.Yelmslev til tushunchasini izohlashda F.de Sossyurning tilni shaxmat o‘yiniga qiyoslaganiga ko‘proq e’tibor beradi. Shuning uchun u til sxema sifatida o‘yindan boshqa narsa emasligini, shaxmatda muhim narsa donalarining material tomoni emas, balki o‘yin qoidasi ekanligini ta’kidlaydi. Praga tilshunoslari esa bunga e’tiroz bildirgani holda, shaxmat o‘yini o‘n yoshli o‘quvchi osongina o‘zlaslitirib oladigan bir necha qoidalarning yig‘indisigina emas, shaxmat o‘yinidagi muhim narsa sezish qiyin bo‘lgan, doimiy o‘zgarib turuvchi vaziyat sanalib, o‘yinning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun ularni doimo e’tiborga olish lozimligini ko‘rsatdilar. Bu dalillarning barchasi tilni sotsial shart-sharoitga bog‘liq holda o‘rganish lozimligini ko‘rsatishini bayon qiladilar.
3. Glossematiklar tomonidan matematikadan o‘zlashtirilgan empirizm tamoyili talabi: 1) ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslik; 2) tavsifning to‘liqligi; 3) soddalik Praga tilshunosligi uchun begona.
L.Yelmslev nazariyasi uchun empirizmning yuqoridagi belgilarining ikkinchisi, ya’ni tavsifning to‘liqligi tamoyili tayanch nuqta sanaladi. Bu tamoyil tilni har qanday sotsial shart-sharoitdan uzilgan mustaqil struktura sifatida o‘rganishga imkon beradi. Lekin tilning adabiyot, jamiyat, madaniyat, san’at bilan bo‘lgan barcha murakkab munosabatlarini yoritishda bu talabni qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun Praga tilshunoslari tilning boshqa hodisalar bilan yuqoridagi murakkab munosabatlarini e’tiborga olib, uni matndan ajralgan holda to‘liq tavsifi haqida gapirib bo‘lmasligini ta’kidlaydilar. 4. Epirik tamoyil L.YeImslev uchun induksiyani bildirmaydi. Aksincha, u induksiyaga keskin qarshi chiqadi va deduksiyani olg‘a suradi. Deduksiya ostida L.Yelmslev butundan bo‘lakka, ya’ni bir butun matndan abzasga, abzasdan jumlaga, jumladan so‘zga, so‘zdan tovushga qarab yo‘nalishni tushunadi. V. Skalichkaning e’tirof etishicha, bunday yo‘nalish, albatta, foydadan holi emas: butun har doim qismlari yig‘indisidan katta. Lekin bu tilshunosni qanoatlantirmasligi kerak. Chunki qism faqat butunning qismigina emas, balki u o‘zining mustaqil hayotiga va obyektivlikka nisbatan mustaqil munosabatiga ham ega bo‘ladi. Shuning uchun Praga tilshunoslari L.Yelmslevning deduktiv tamoyilini ham rad etadilar. 5. Glossematiklar ham, Praga tilshunoslari ham funksiya tushunchasiga tayanadilar. Lekin funksiyaning talqinida bir-biridan farqlanadilar. Praga tilshunoslari funksiya atamasi ostida maqsad yoki vazifani tushunadilar. Xususan, Gavranek «Tilshunoslikdagi strukturalizm haqida» maqolasida til haqida fikr yuritar ekan, u doimo ma’lum maqsadni yoki funksiyani bajarishini ta’kidlaydi. Praga tilshunoslari tomonidan funksiya atamasi lingvistik birliklarning ma’nosi yoki ma’noli birliklar strukturasi haqida gap ketganda qo‘llaniladi. Masalan, so‘zning funksiyasi, morfema funksiyasi, fonema funksiyasi kabi. Glossematiklar va shaxsan L.Yelmslev qo‘llagan funksiya atamasi matematikadagi funksiya atamasi ma’nosiga yaqindir. Ya’ni bu atama glossematiklar tomonidan qat’iy bog‘liqlikni ifodalash uchun qo‘llaniladi. L.Yelmslev talqini bo‘yicha funksiyaning bir qancha turlari mavjud. Masalan, so‘z kategoriyasi ham, fe’l boshqaruvi ham, ega va kesim munosabati ham funksiya sanaladi. Lingvistik birliklarning ifodalovchi tomoni ham, ifodalanmish tomoni ham har biri funksiya hisoblanadi. L.Yelmslevning fikriga ko‘ra, tilda bir qancha funksiyalar mavjud. Shuning uchun funksiya tiplarini belgilashga harakat qiladi. Ko‘rinadiki, «funksiya» atamasining L.Yelmslev talqini uning tilga va tilshunoslikka umumiy qarashi bilan uzviy bog‘liqdir. L.Yelmslev sof munosabat bo‘lmagan narsalarni tilga kiritmaydi. Demak, tilda u funksiya deb nomlagan birqancha munosabatlardan boshqa hech narsa qolmaydi. 6. L.Yelmslev F.de Sossyur g‘oyalari ta’sirida tilni ikki amorf massa — tafakkur dunyosi va tovushlar dunyosining qo‘shilishidan iborat deb tushunadi. Bu ikki tomonning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan til substansiya emas, shakl sanaladi. Ifoda plani bilan ma’no planining ajratilishi tilrri tashqi olamdan ajratib qo‘yadi. Fikrining isboti sifatida rang spektrini keltiradi. L.Yelmslev fikricha, rang spektrida amorf uzluksizlik mavjud. Xuddi shuningdek, tilda ham amorf uzluksizlik bo‘lib, u turli tillarda turlicha ifodalanish xususiyatiga ega. Masalan, son kategoriyasiriing ifodalanishida buni kuzatish mumkin. Bir guruh tillarda birlik va ko‘plik son, boshqa tillarda esa birlik — ikkilik — ko‘plik son, yana boshqalarida birlik - ikkilik — uchlik — ko‘plik son kategoriyalari mavjud. Praga tilshunoslari tilning forma yoki substansiya ekanligi masalasini farqlashni hech qachon kun tartibiga qo‘ymagan. Shu bilan birga tashqi olam amorf substansiya ekanligiga ham jiddiy e’tiroz bildiradi. Gavranck yuqoridagi maqolasida tilni lingvistik belgilar strukturasi sifatida, ya’ni tashqi olam bilan bevosita munosabatda bo‘lgan belgilar sistemasi sifatida izohlaydi. F.M.Berezinning ta’kidlashicha, L.Yelmslev nazariyasining amaliy ahamiyati o‘ta cheklangan bo‘lsa, Praga tilshunoslari alohida tillar sistemasini tadqiq etishda, ayniqsa, fonologiya sohasida tilshu- noslikka katta hissa qo‘shdilar.
II. Agar Praga lingvistik maktabining glossematika maktabidan hech narsa olishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, fonologiya sohasida Praga lingvistik maktabi bilan deskriptiv lingvistika o‘rtasida bir qator umumiyliklar mavjud. Har ikki maktab vakillari ham fonologiya birligi fonema ekanligini e’tirof etadilar. Lekin fonemani ajratish metodi va uning mohiyati masalasida ular farqlanadilar.

Download 264.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling