O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi


Download 264.89 Kb.
bet4/7
Sana29.03.2023
Hajmi264.89 Kb.
#1308177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Strukturalizm

Nutqiy faoliyat (Languege) sotsiallik bilan individuallikni o‘zida birlashtirgan murakkab jarayon ekanligini e’tirof etadi. U o‘zaro dialektik aloqada bo‘lgan til (La langue) va nutq (parole) ning munosabatidan tashkil topgan butunlik ekanligini izchil ravishda ilmiy asoslab berdi. F.de Sossyur uchun har bir xususiy dalil butun tarkibida qat’iy o‘rnini olishini ifodalab beradigan universal, fundamental tamoyillarni belgilash muhim edi. Ana shu tamoyillar nima edi?
A.A.Xolodovichning ko‘rsatishicha, Sossyurning asosiy tayanch nuqtasi semiologiya deb nomlanuvchi alohida ijtimoiy fanning bo‘lishi, uning o‘rganish obyekti jamiyat tomonidan foyda- lanilayotgan belgilarning umumiy nazariyasi bo‘lishi lozimligini ko‘rsatishdir. Sossyur lingvistikani «alohida turdagi belgilar haqidagi fan» deb hisoblaydi va uni semiologiyaning muhim tarmog‘i sifatida
e’tirof etadi. Til eng murakkab va eng keng tarqalgan semiologik sistema ekanligini ta’kidlaydi. Til har qanday semiologik sistema kabi ma’lum bir sharoitda rivojlanadi va ba’zan halok bo‘ladi. Shuning uchun uni sharoitdan uzib olib bo‘lmaydi. Shu bilan birga u o‘zining ichki tuzilisli xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu esa Sossyurning e’tirof etishicha, lingvistikalari ikki turga — tashqi va ichki lingvistikaga bo‘lishni taqozo etadi. Tashqi lingvistika tilning yasalishi uchun zarur bo‘lgan tashqi shart-sharoitlarni o‘rganadi. Ichki lingvistika esa o‘zi o‘rganayotgan obyektning ichki tuzilishi va xususiyatini o‘rganadi. F.de Sossyurning o‘qigan ma’ruzalari ana shu tartibga asoslanadi. Ichki lingvistikaning o‘rganish obyekti nutqiy faoliyatdir.


II. BOB. PRAGA STRUKTURALIZMI
2.1. Strukturalizm tarmoqlari o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlari
Struktur tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishida Praga lingvistika maktabi alohida o‘rin egallaydi. Bu maktab negizida 1926- yilda mashhur chex tilshunosi V. Matezius (1882—1945) tashabbusi bilan tashkil etilgan Praga lingvistik to‘garagi a’zolarining qarashlari yotadi. Praga lingvistik to‘garagining nazariy qarashlari 1929- yilda Pragada bo‘lib o‘tgan slavyanshunoslarning 1 xalqaro syezdida tavsiya etilgan «Praga lingvistik to‘garagi tezislari»da bayon qilingan. Praga lingvistik maktabining o‘ziga xos xususiyati strukturlik va funksionallikdir. Bu maktab vakillari tilning strukturligiga tayanish bilan birga, til va uning birliklarining vazifasiga jiddiy e’tibor beradilar. Praga lingvistik maktabining funksionalligi 1958- yilda bo‘lib o‘tgan slavyanshunoslarning xalqaro IV syezdida B.Gavranek, K.Goralek, V.Skalichka va P.Trostlar tomonidan tavsiya etilgan tezislarda aniq o‘z ifodasini topdi. Unda ta'kidlanishicha, Praga maktabi lingvistik konsepsiyasining ikki muhim jihati mavjud. Ularning har ikkisi Praga maktabining lingvistikaga olib kirgan yangilik uchun bir xil qimmatga ega. Bu muhirn ikki jihatning birinchisi strukturallikdir. Praga lingvistlari lingvistik muammolar qatoriga staiktura muammosini, ya’ni tilning struktur xarakteri va uning qismlari o‘rtasidagi munosabat muammosini olib kiradi.

Download 264.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling