O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI………….. 46
3
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. So`nggi
yillarda kartoshka o‘simligini kasallantiruvchi 40 dan ortiq viruslar keltirilgan bo‘lib, bunday viruslarga kartoshkaning - A, S,M, Y, L, X kabi viruslarni keltrishimiz mumkin. Bu viruslarning har biri o‘simlikda o‘ziga xos kasallik alomatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, X-virus ―xol-xol mozaika‖, Y-virus ―bargning burishishi, chiziqli mozaika‖ kabi alomatlar [13]. Bu viruslar o‘simliklarni kasallantirishi bilan bir qatorda hosildorlikni pasaytishi, tuganak tarkibidagi karaxmal miqdori, vitaminlar miqdorini pasaytirib kartoshkaning oziqlik sifatini pasaytirib kata iqtisodiy zarar keltiradi. Bu virualarning ichida KXV o‘zining latent holda o‘simlikda kasallik alomatlarini namoyon qilmasdan tarqalishi hamda mexanik, tuproq zamburag‘lari bilan oson tarqalish xususiyatlarinig mavjudligi bilan viruslar ichida o‘rganishini talab etadigan viruslar qatoriga kiradi. Bugungi kunda butun dunyoda bu o`simlikning virusli kasalliklariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda biotexnologik yo‘llar bilan apikal meristemadan virussiz kartoshka olish yo‘llari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu usul kartoshkaning birlamchi viruslardan xoli bo‘lishini ta‘minlab berishi mumkin, ammo bu virussiz kartoshka ochiq maydonga chiqarilganda yana qayta virus bilan zararlanishi kuzatilishi mumkin. Asosan X-virus singari latent holda tarqaladigan viruslar juda tez tarqalib, yillar davomida alomatlarini namoyon qilmasdan zarar keltirib yurishi mumkin. Buning oldini olish uchun muntazam nazorat olib boriladigan immunologik diagnostika usullari zarur bo‘ladi. Bunday diagnostika usullarini ishlab chiqishda aralash infeksiyadan tozalangan virus preparati talab etiladi. Mamalakatimizda ushbu yo‘nalishlarda Mirzaaxmedov V. (1964), Vaxobov A. (1968), Davronov Q. (1980), Qodirova Z. (1991), Jo‘rayeva U. (1996), Umarova G. (2009), Fayziyev V. (2011) kabi olimlar turli fitoviruslarni aniqlash, ajratish va biologik usulda tozalash ustida ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Shuning uchun ushbu bitiruv malakviy ishda quyidagi maqsad va vazifalar belgilab olindi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling