O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 274.46 Kb.
|
Mustaqil ish Just
Qadimgi Xorazm madaniyati:
Qadimdan Gʻarbiy Osiyo, xususan, shimoliy-sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador boʻlgan Xorazmning qadimiy mushtarak madaniyatining koʻpgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati — aholisining tili, urfodatlari, uy-joylarining tuzilish tartiblari, roʻzgʻor anjomlari, zebi-ziynatlarida oʻz ifodasini topgan. Masalan, Xorazmning janubiy qismi qadimiy obidalarida (miloddan avval VI—III ming yillik) somonli guvaladan bino qilingan sahni, ganch aralash loy suvoqli bir xonali uylar ichida oʻchoq, supa, gʻalla uchun oʻra (toʻla) boʻlgan. Chaqmoqtosh qurollari qirgʻich, oʻroq, randa, pichoq; suyakdan yasalgan igna, bigiz; yarmatosh; somonli loydan yasalgan sopol idishlar, baʼzilarining sirtiga qizil rang (angob) berilgan; tosh va sopoldan yasalgan ayol va turli xil hayvon haykalchalar; tosh suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor, munchoq kabi taqinchoklar uchraydi. Miloddan avval IV—II ming yilliklarda esa turar joylar maydoni nihoyatda kengayib xom gʻishtli koʻp xonali uylardan iborat qishloqqa aylangan. Ularning girdi mudofaa devori bilan oʻralib, otashgoh, hovlilar, tor koʻchalar va markazida maydon paydo boʻlgan. Qurollarining aksariyati tosh va suyakdan, qisman misdan yasalgan, qoʻlda yasalgan sopol idishlar sirtiga qora rangli geometrik va jimjimador (gilam nusxa) naqshlar, hayvon va parranda tasvirlari tushirilgan. Soʻngra kulolchilik charxi kashf etilib, bikonik nusxa idishlar, qadah va vazalar paydo boʻlgan. Binokorlikda monumental imoratlar [ibodatxona, miyonsaroy (zal) va boshqa] qad koʻtarib, qishloqlar esa ilk shahar shaklini ola boshlagan. Xorazm shimoliy qismining moddiy madaniyat obidalari (miloddan avval IV—III ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat. Miloddan avval 2-ming yillikda garchi sugʻorma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo boʻlib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan boʻlsada, turar joylar yarim yer toʻlabostirma shaklida boʻlgan. Zeb ziynatlari (uzuk, bilaguzuk, ziraklar) jez yoki mis kabi maʼdan boʻlsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda Xorazmning shimoliy qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi. Xorazmiylarning janubdan shimolga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy sak va massaget qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adogʻi (deltasi) oʻzlashtirilib, hududda 1 nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad koʻtaradi. Miloddan avval IV—III asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, katta sugʻorish kanallari (60–70 km. eni 30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻon-qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. Xorazm qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari 1 yoki 2 qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Masalan, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqgida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi. Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan. Tadqiqotchilar hunn tilini turkiy deb tasniflaydilar. Milodiy VI—V asrlarda Xorazmga Oltoydan va Sharqiy Turkistondan xioniylar, kidariylar va eftaliylar kirib keladi. Kidariylar tarkibida turkiy qatlam boʻlgan. Download 274.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling