O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 274.46 Kb.
bet2/9
Sana09.06.2023
Hajmi274.46 Kb.
#1467755
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish Just

Xorazm qadim davrda.
Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avval IV—III ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, miloddan avval 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Miloddan avval 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avval 1-ming yillik boshlari (IX—VIII asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimiy aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan. Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa miloddan avval VI—III 1-ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda har xil katta-kichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa). Miloddan avval 2 ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qadimiy sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va janubiy-sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi. Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning 1 qismi janub tomon siljib to shimoliy Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.

Download 274.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling