O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Download 90.17 Kb.
bet4/9
Sana09.06.2023
Hajmi90.17 Kb.
#1469184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (2) (2)

Tadqiqotning usullari: tarixiylik, tizimlashtirish, qiyosiy, muammoviy xronologik hamda fanlararo yondashuv kabi ilmiy tadqiqot usullari hamda xolislik tamoyillaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlar va olingan natijalar o‘zbek davlatchiligi tarixini, xususan, Amir Temur ayollari va Temuriy malikalarning davlat boshqaruvi va jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini, ularning shahzodalar tarbiyasidagi ishtiroki va malikalarning marosim va majlislardagi ishtiroki kabi masalalarni yoritishda muhim o‘rin tutadi.
Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston tarixining tegishli bo‘limlarini yozishda, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo yirik tarixiy shaxslar faoliyati tarixi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va umumta’lim muassasalari uchun darsliklar va boshqa turdagi o‘quv adabiyotlari yaratishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishining qisqacha tavsifi. Tadqiqot ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, tadqiqot umumiy ___ betni tashkil yetadi.
Kurs ishining kirish qismida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili), tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati, ish tuzilmasining tavsifi kabi masalalar yoritilgan.
Kurs ishining birinchi bobida Amir Temur ayollari va Temuriy malikalarning davlat boshqaruvidagi ishtirok va shuningdek, davlat mansab va unvonlari berilishidagi ta’siri turli manba va adabiyotlar tahlili asosida ochib berishga harakat qilindi.
Kurs ishining ikkinchi bobida saroy malikalarning malikalik an’analarini davom ettirgan holda ular huzuridagi turli rasmiy qabul marosimlari haqidagi tarihiy jarayonlarni yoritib berishga harakat qilindi. Bundan tashqari Temuriylar xonadani vakillarining malikalar tomonidan tashkil etilgan to‘y va dafn marosimlari turli davr adabiyotlari va horij tadqiqotlari asosida o‘rganildi va turli ilmiy xulosalar asosida o‘sha davr muhiti yoritib berilishiga harakat qilindi.


Download 90.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling