O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat
Download 90.17 Kb.
|
kurs ishi (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibn Arabshoh 1 , Sharafuddin Ali Yazdiy 2
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Kurs ishi mavzuning tarixshunoslik masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarni uch guruhga: 1) Temuriylar davriga oid manbalar; 2) Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar; 3) xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarga ajratilib o‘rganildi. Birinchi guruhga oid manbalarda Amir Temur va Temuriylar xonadoni vakillarining shaxsini va faoliyatini o‘rganishda muhim hisoblanadi. Bu davrga oid manbalarni tadqiq etar ekanmiz quyidagi muarrixlar asaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir: Ibn Arabshoh1, Sharafuddin Ali Yazdiy2, Nizomiddin Shomiy3, Xondamir 4, Abdurazzoq Samarqandiy5, va boshqalar. Ayniqsa Sharafuddin Ali Yazdiy tomonidan yozilgan “Zafarnoma” asari aynan o‘sha davrda yozilgani uchun ham o‘sha davr muhitini, Temur saltanati haqidagi taasurotlarni shakllantirishda muhimdir. “Zafarnoma” asari – “Fathnomayi sohibqiron”, “Tarixi jahonkushoyi Temuriy” degan nomlar bilan ham ataladi, lekin tarix fanida u koʻproq “Zafarnoma” nomi bilan mashhur. Asar tuzilishi jihatidan ikki qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda soʻzlovchi “Muqaddima” va bevosita Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qismga boʻlinadi. Xondamirning ilmiy merosida muhim tarixiy manbalardan biri “Xabib us-siyar” nomli yirik tarixiy asari alohida o‘rin tutadi. Asarda Movarounnahr va Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va qimmatli ma’lumotlar beradi. Asar 1521 — 1524-yillar orasida yozilgan. Kitob to‘la ravishda 1529-yili yozib tamomlandi. “Xabib us-siyar” umumiy tarix yoʻnalishidagi asar bo‘lib, muqaddima, xotima va uch jild (mujallad)dan iborat. Bu asar ayniqsa Temurning o‘g‘li Shoxrux faoliyatini o‘rganishda muhim manba bo‘lin xizmat qilmoqda. Ikkinchi guruhni O‘zbekistonda chop etilgan adabiyotlar tashkil etilib, o‘zbek davlatchiligi tarixida temuriylar davrini yoritib berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrni o‘rganishda quyidagi B.Ahmedov6, T.Fayziev7, N.Norqulov8, A.Ziyo9, Sh.O‘ljayeva kabi tarixchi olimlar o‘z asarlarida Temuriylar sulolasi vakillari xususan, malikalarga oid ma’lumotlar tizimli ravishda tadqiq etilgan. Jumladan, Turg‘un Fayziev o‘z asarlarida Temuriy malikalarning shaxsiy tabiati, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni kabi masalalarga qisman to‘xtaladi. Naim Norqulov «Temuriylar davri madaniyati tarixidan lavhalar» nomli asarida Amir Temur va Temuriylar hukmdorlar va malikalarning jamiyat hayotidagi o‘rni bilan birga madaniy hayot rivojidagi ko‘rsatgan hizmatlari kabi masalalarni o‘rgangan10. Uchinchi guruh tadqiqotlariga xorij tadqiqotlari kirib, bunda Download 90.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling