O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Download 90.17 Kb.
bet1/9
Sana09.06.2023
Hajmi90.17 Kb.
#1469184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (2) (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI

70220301 – Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)




SHAMSIDDINOVA SHAXNOZA G‘AYRAT QIZI


TEMURIYLAR DAVRI SAROY MALIKALARINING DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVIDAGI FAOLIYATI
MAVZUSIDA
KURS ISHI


Ilmiy rahbar: t.f.n., dos. K.A.Tuxtabekov

Toshkent-2022

MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………………..3

I. BOB. Temuriy malikalarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki

1.1. Amir Temur ayollari va Temuriy malikalarning davlat boshqaruvidagi ta’siri………………………………………………………………………………8

1.2. Temuriy malikalarning davlat mansabi va unvonlarini berilishidagi ta’siri…………………………………………………………………………….12


I bobga xulosa

II. BOB. TEMURIY MALIKALARNING MAJLISLARI VA ULAR TOMONIDAN TURLI MAROSIMLARNING O‘TKAZILISHI

2.1.Malikalarning rasmiy qabul marosimlari

2.2 Malikalar tomonidan tashkil etilgan to‘y, dafn marosimlari.


II bobga xulosa

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




KIRISH
Tadqiqot mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda ota-bobolarimiz o‘tmishini o‘rganish va undan saboq chiqarish har qachongidan ham ustuvor vazifa hisoblanadi. O‘zbek davlatchiligi tarixi ayniqsa bir necha bor o‘tmishda butun dunyoga ilm va ma’rifatni tarqatgan Renessansni ham turli yurtdan kelgan bosqinchilar zulmini ham afsuski guvohi bo‘ldi.. Yurtimizning har bir hududi, har bir davr tarixi milliy davlatchilik va huquqiy taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Xususan, ushbu so‘zimiz isboti sifatida bugungi kunda yurtimizda ham xorijda ham faoliyat yuritayotgan tarixchi va tadqiqotchilarning yurtimiz tarixini o‘rganishdagi qiziqishlari, ulardagi yashirin sirlarni keng ommaga yetkazib berishdagi sa’y-harakatlari taqsinga sazovor.
Tariximizning har bir davri o‘zgacha aslida. Ammo o‘rta asrlar tarixiga nazar solsak, yurtimiz har qanday sohada boshqalardan ancha o‘zib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, olimlari Amir Temur va Temuriylar davri bu so‘zlarimizning isbotidir. Garchi Amir Temur vafotidan keyin bu o‘zi tuzgan davlat uzoq yashamagan bo‘lsada, tarix zarvaraqlarida munosib o‘rin qoldirdi. Amir Temur davlati mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivoj topishi, davlat hududlarining kengayishi, qo‘shinning harbiy salohiyati kabi bir qator jihatlar bilan boshqa davlatlardan ancha ustun edi. Amir Temur davlatining vujudga kelishi, shakllanishi va unda yuz bergan siyosiy jarayonlar tadqiqotchilar tomonidan qisman o‘rganilgan. Amir Temur vafotidan so‘ng garchi davlat parchalangan bo‘lsa-da, temuriy shahzodalar Movarounnahr va Xurosonda XVI asrning boshlarigacha, XIX asrning 50-yillarigacha Hindistonda hukmronlik qildilar. Bu jarayonlar guvohi bo‘lgan muarrixlar, keyingi davr o‘zbek, g‘arb va sharq olimlari Amir Temur va Temuriylar tarixiga oid asarlar yaratganlar. Ammo ko‘p hollarda Temuriylar davlati boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lgan malikalarning faoliyati va ularning davlat boshqaruvidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilmadi. Shu jihatdan ularning faoliyatini o‘rganish va kelajak avlodga munosib meros qoldirish muximdir. Malikalarning davlat boshqaruvidagi ta’siridan tortib ulardagi malikalik an’analari, shaxzodalar tarbiyasidagi o‘rni siyosiy tarix sahnasida vujudga kelishidan tortib, tashqi siyosiy kuchlar ushbu kurs ishning dolzarbligini belgilaydi.

Download 90.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling