O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekston milliy universiteti tarix fakulteti kurs ishi mavzu


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 119.67 Kb.
bet2/6
Sana16.09.2023
Hajmi119.67 Kb.
#1679489
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xiva xonligi ijtimoiy siyosiy voqealari rus va yevropa tarixchilarining (1)

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xiva xonligining ijtimoiy -siyosiy holatini chuqur o’rganish va yevropa olimlarining xiva xonligi tarixi bo’yicha izlanishlarini batafsil yoritish
Kurs ishining obyekti va predmeti.Xiva xonligining ijtimoiy – siyosiy voqealari va ular haqida yevropa olimlarining izlanishlari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.Ushbu kurs ishi Kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I.BOB. Xiva xonligi tarixi haqida olib borilgan mahalliy va xorijiy olimlarning izlanishlari
1.1. Xiva xonligining ijtimoiy va siyosiy tarixi bo’yicha xorijiy olimlarning asarlari
Xiva xonligi tarixini o'rganishda bevosita xorijiy tadqiqotlarga, xorazmlik mahalliy muarrixlarning tarixiy qolyozma asarlariga murojaat qilamiz. To rt yuz yillik tarixga ega Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o'rganish xonlik tarixshunosligi bilan bog'liq. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshi ya'ni Muhammad Rahimxon soniy Feruz hukmronligi davri turli tadqiqotlar orqali talqin etilgan. Xonlik tarixi ma'lum sabablarga ko'ra Xivada bolgan rus va ingliz sharqshunoslari, xorij olimlari asarlarida ham ma'lumotlar keltirilgan.
XIX asr - XX asrning boshlarida Orta Osiyoga, jumladan Xiva xonligiga turli yillarda kelgan sayyohlar, olimlar, harbiylar va boshqa davlat vakillarining yozgan asarlari, mamlakatning o'sha davr tarixi, xo'jaligi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini o'rganishda asosiy manba bolib xizmat qiladi.
1950 yillarning oxirida OzR FA sharqshunoslik institutining ilmiy xodimlari Yu.A.Zavadovskiy, D.G.Voronovskiy, V.L.Voronina, A.M.Belenitskiy,
A.N.Nikitinlar xonlik tarixining ajralmas qismi bo'lgan Xiva epigrafikasini o'rganib, ba'zi yodgorliklardagi yozuvlarni o'rganib chiqdilar.
Xorazm hududi hunarmandchiligi bo'yicha A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, N.N.Vakturskaya, V.N.Yagodin, Yu.A.Rapoportlar ish olib bordilar.
Bular qatorida N.Muravyov, M.Ivanin, L.Sobolev, L.Kostenko, A.Kun, N.Veselovskiy, G.Danilevskiy, D.Gladishev, X.Vamberi, V.Velyaminov-Zernov, A.Kaulbars, A.Shile, E.Jelyabujskiy, A.Samoylovich, Grishfeld kabi olim va sayyohlarning esdalik va asarlarini tilga olish mumkin.
Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarning asarlarida Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'zgarishlar, iqtisodiy hayot, davlat boshqaruvi, soliq va majburiyatlar, ma'naviy va madaniy hayot haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Rus sharqshunosligida Xiva xonligining siyosiy tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlari, ma'muriy va davlat tuzilishi va boshqa masalalar xolisona o'rganilmadi. Rus sharqshunoslari asarlarida bu masala bo'yicha bayon etilgan fikrlariga e'tiroz bildirish mumkin. Ayniqsa G.Danilevskiy, N.Muravyov, A.Sobolev, N.Veselovskiy asarlarida Xiva xoni saroy amaldorlari ta'sirida bo'lib, xonlikda ma'muriy bo'linish bo'lmagan, saroyda hech qanday kengash faoliyat ko'rsatmagan, xonlikda harbiy-feodal tuzum qaror topgan, degan salbiy fikrlarni bayon qilganlar.
Xiva tarixchilari Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlarida hamda Xiva xonlari arxiv hujjatlaridagi ma'lumotlar Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806-1825) davridayoq davlat boshqaruvining ma'muriy-hududiy, moliyaviy, harbiy va diniy-ma'rifiy negizlari yaratilganligini, bu esa oz navbatida, Xorazmda davlatchilik rivojida muhim bosqich bo'lganini tasdiqlaydi.
L.Kostenko, A.Kaulbars, A.Shile, E.Jelyabujskiy, Grishfeld kabi mualliflarning asarlari XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligi aholisi, etnik tarkibi, asosiy mashg'ulotlari, xonlikda yashagan xalqlar va ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhit haqidagi ma'lumotlar bilan qimmatlidir.
Xiva xonligini qo'shni davlatlar, jumladan, Eron, Rossiya, Buxoro va Qoqon xonligi o'rtasidagi o'zaro aloqalarning ayrim jihatlarini aks ettirgan ilmiy adabiyotlarda Xiva xonligi va Eronning ichki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti; ikki davlatning o'zaro siyosiy aloqalari; iqtisodiy aloqalar; ikki davlatning etnomadaniy hayotida yuz bergan jarayonlar hamda o zaro aloqalarga xizmat qilgan karvon yollari tarixi yoritiladi. Shulardan N.I. Veselovskiy, V.V.Bartold, I.P.Petrushevskiy, M.S.Ivanov, P.P.Ivanov, M.R. Arunova va K.Z. Ashrafyan larning tadqiqotlari Xiva xonligining qo'shni mamlakatlar bilan o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yoritishga yordam bergan adabiyotlar sifatida qayd etilsa boladi.
Xiva xonligi tarixini o'rganish va yoritishga rus va ingliz tadqiqotchilari katta hissa qo' shganlar. Ularning ayrimlari sayyoh va diplomat sifatida xonlik hududlariga kelgan vaqtda yo'llar, quduq, manzil-makonlar, istehkomlarni sinchkovlik bilan kuzatib, barcha belgilami eslab qolishga harakat qilganlar. Natijada Xiva xonligi haqidagi josuslik ma'lumotlari to'plana boshlangan va ulardan kelgusida amalga oshiriladigan harbiy maqsadlarda keng foydalanilgan. Bunday manbalar qatoriga Rossiyadagi ingliz savdo agenti Antoniy Jenkinsonning xotiralari, Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi haqidagi ma'lumotlar, harbiy vrach Blankennagel va kapitan Nikolay Muravevning sayohati tafsilotlari hamda polpolkovnik G.I.Danilevskiy va polkovnik N.P.Ignatev ekspeditsiyalarining hisobotlari kiradi.
Xiva xonligi tarixini o'rganishni yangi sahifasi chor Rossiyasi bosqinidan keyin boshlandi. Ruslar bilan Xivaga kelgan sharqshunos A.L.Kun, E.Jelyabujskiy, general-leytenantlar V.N.Trotskiy va M.A.Terentev, polkovniklar L.F.Kostenko va F.I.Lobisevich, amerikalik jurnalist A.Ya.Mak-Gaxan o'zlarining taassurotlari asosida qiziqarli asarlar yozdilar.
Xiva xonligi tarixini haqqoniy yoritish ishiga taniqli rus olimlaridan akademik V.V.Bartold katta hissa qo'shdi. Uning qalamiga mansub asarlarda Xorazm tarixining ko'plab sahifalari xolisona yoritildi[5]. Bundan tashqari V.V.Bartoldning shaxsiy fondidagi (68-fond) hujjatlar orasida Xiva shahri tarixi va xonlikning hayotiga oid 200 varaqdan ko'proq noyob materiallar saqlanmoqda.
Xiva xonligi tarixini yoritishda 1914 yildan Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi Nikolay Ivanovich Veselovskiy (1848-1918) ning xizmatlari alohida tahsinga sazovordir. 1873 yilda Peterburg universitetini tugatgan tadqiqotchi uzoq yillar olib borgan izlanishlaridan keyin, magistrlik dissertatsiyasi matni asosida "Xiva xonligi haqida qadim zamonlardan hozirgacha tarixiy-geografik ma'lumotlar" (SPb., 1877) nomli kitobini nashr qildirdi. Shu bilan bir qatorda oz asarida Xorazm vohasi va Xiva xonligi tarixiga oid ko'plab ma'lumotlar to'plagan. Keyingi yillarda Turkiston hayoti bilan bevosita tanishgan prof. N.I.Veselovskiy o'zining bir qator chuqur tadqiqotlari natijalarini nashr qildirishga erishdi.
Xiva xonligining Russiya bilan olib borgan 300 yillik savdo-sotiq va diplomatlik munosabatlari sahifalari prof. S.V.Jukovskiyning 1915 yilda nashr qilingan asaridan o'rin egalladi. Mazkur rus olimining ushbu asari biroz shovinistik qarashlardan xoli bolmasada Xiva xonligi tarixini yoritishda juda katta ahamiyat kasb etadi.
Harbiylardan V.N.Trotskiy va M.A.Terentev, polkovniklar A.Kostenko, A.Shepelev, K.Abaza V.Lobachevskiy va boshqa rus zobitlarining asarlarida qiziqarli tarixiy ma'lumotlar ham uchraydi.
O’rta O’siyo, jumladan, Xiva xonligi tarixi bo'yicha yuqorida nomlari tilga olingan olimlardan tashqari chet ellik olimlarning bir qancha asarlarini ham tilga olish mumkin. Ular qatoriga jurnalist Mak-Gaxan, Yu.Bregel, M.Olvort, S.Bekker, J.Uiler kabi olimlarning mavzuga oid asarlarini ko'rsatish mumkin. Xorijiy tadqiqotchilaming asarlaridan XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligi tarixi, bu davr madaniy muhiti tarixi yoritilgan.
Xiva xonligi va Xiva shahri tarixi chel el tarixshunosligida ham katta o'rin egallaydi. Akademik E.V.Rtveladzening tadqiqotlariga qaraganda ushbu mavzuga ozmi-kopmi e'tibor bergan g'arb olimlari orasida J.Xenvey, G.Gens, R.Shekspir, A.Vamberi, Mishel, F.Barnabi, J.Abbot, X.Landedel, X.Mozer, X.Kollet, E.Zaxau, F.Shvarts, R.Gink, K.Kombas, Yu.Goldshteyn, K.Pander yana Mak-Gaxan, Yu.Bregel, M.Olvort, S.Bekker, J.Uiler kabi mutaxasislar ham bor. Ularning rang barang albomlari va qiziqarli kitoblari dunyodagi ko'pgina mamlakatlar o'quvchilarida Xorazm vohasi tarixi haqidagi dastlabki tasavvurlarni shaklantirishga yordam berdi.
Shayboniylar sulolasidan, Xiva xoni (1645-1663) va yirik tarixchi. olim, tabib. Habash sulton va Ilbors sultonlar otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal'iga kamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan Isfandiyor Eronga Abulg'ozi sulton esa Buxoroga Imomqulixon (1611-1642) huzurida qochdi. 1623 yilda Isfandiyorxon bilan o'rtalarida nizo qichib,
1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochib bordi, so'ng ikki yil Toshkent hokimn Tursuvxon huzurida bo'ldi. Ko'p o'tmay, xivalik turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Isfandiyor uni Xiva hoknmi etib tayinlashga majbur bo'ldi. 1629 yilda Xiva turkmanlari Eronga tobe bo'lgan Niso va Durunta bosqin qildilar. Isfayadiyorxon Xivaning Eron bilan munosabatlarining buzilib ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi. Abulg'ozi sulton shu tariqa o'n yil Eronda, Isfahon yaqinida joylashgan Taborak qal'asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat qildi. 1643 yilda orollik o'zbeklar uni xon qilib ko'tardilar. Oradan ikki yil o'tgach, Abulg'ozi sulton Xiva taxtiga o'tirdi. U Xivada feodal tarqoqlikni tugatish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, mamlakatning mustaqilligini ta'minlash uchun kurash olib bordi. Abulg'ozi-xon 1663 yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshirdi va oradan ko'p o'tmay, o'sha yilning 12 yavgustida yorug' jahondan ko'z yumdi.
Abulg'ozi Bahodirxon yetuk tarixchi olim sifatida e'tiborga sazovordir. Uning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari Urta Osiyo xalqlari tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. «Shajarayi tarokima»da turklar-ning afsonaviy podshosi Ug'uzxon, uning avlodi va ularning zamonida yuz bergan voqealar qisqacha bayon etilib, turkman urug'lari haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Ikkinchi asar asosan Chingizxon va uning avlodlari, xususai Xorazmda 1512 yildan hukmronlik qilgan shayboniylar haqidadir. Abul-g'ozixonning bu asarlari rus, fransuz, nemis tillariga tar-jima qilinib chop etilgan. Abulg'ozi tibb ilmiga oid «Mano-fi' ul-inson» («Inson uchun foydali tadbirlar») degan kitob ham yozgan. Asar to'rt qismdan iborat: birinchi qismda — turli oddiy dorilar, ikkinchisida -murakkab dorilar, uchinchi qism-da —umumiy davolash usullari haqida, to'rtinchi qismda esa olim o'zidan- oldin o'tgan tabiblarning bemorlarni davolash xususidagi fikr-mulohazalari va ayni paytda o'zining fikr-mulohazalarini ham keltiradi. Asarning ahamiyati shundaki, unda muallif xalq tabobatida qo'llanilgan dorilar haqida qimmatli ma'lumotlar keltirgan.
O'rta Osiyo, Qozog'iston va ular bilan qo'shni bo'lgan xorijiy mamlakatlarning XVI asrdagi tarixi bo'yicha asosiy manbalardan biri «Sharafnomayi shohiy» dir. U ko'pincha «Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar Shayboniy Abdullaxon II ning topshirig'i bilan 1584—1590 yillar orasida yozilgan. Asar muallifi buxorolik mashhur shoir va muarrix Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad al-Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma'lumotlar kam. Ayrim, qisqa ma'lumotlar «Sharafnomayi shohiy» muqaddimasida va ba'zi tazkiralarda uchraydi. Ana shu ma'lumotlarga qaraganda, Hofizi Tanish Buxoriy va uning otasi Mir Muhammad shayboniy hukmdorlarga Yaqin odamlar bo'lishgan. Masalan, otasi mavlono Mir Muhammad, naqshbandiya tariqatkning namoyandalaridan biri, yirik olim Mahdumi A'zam Kosoniy (xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy; 1462—1542) ning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan «Jome' ul-maqomat» da yozilishicha, shayboniy Ubaydullaxbn (1534—1539) saroyida xizmatda bo'lgan; XVI asrning 50-yillari boshida Koshg'arga ketib qolgan va oradan ikki yil o'tib o'sha yurtda qazo qilgan. Hofizi Tanish Buxoriy 1583 yili Abdullaxon II ning xizmatiga kirgan va umrinipg oxirigacha shu xonning huzurida voqeanavis bo'lib xizmat qilgan.
Hofizi Tanish Buxoriy og'ir bir zamonda, ya'ni Movarounnahrda feodal tarqoqlik kuchaygan, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish va markaziy davlat apparatini mustahkamlash uchun tinimsiz urushlar olib borgan bir zamonda hayot kechirdi. Olim buni mana bu iboralarda ifodalaydi: «Har tarafdan teskari shamol esardi. Har burchakdaya fitna gardi osmonga ko'tarilardi. Har kuni jigarnn o'rtaydigai olov yoqilardi. Har zamon balo to'foni yuqori ko'tarilardi. Sog'u salomatlik anqodek maxfiylik pardasi ostiga yashirin-gan edi. Tinchlik va xotirjamlik kibriti axmar va aqlu hu-karning rivojkoridek ko'rinmay ketgandi. Omonlik va to'g'rilik jahondan nafratlanib, intizom ham jamiyat yulduzlari to'dasidagyana chegaralanib qolgandi» («Sharafnomayi shohiy», 1-jild, 38-bet).
Asar mazmuniga o'tishdan avval shuni ham aytish kerakki, Hofizi Tanish Buxoriy, zamon taqozosiga ko'ra, asarda ma'lum darajada hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ifoda qilishga harakat qilgan, xon va uning atrofidagi aslzodalarni, boylar va no'yonlarni ko'klarga ko'tarib maqtagan, mehnatkash xalqning hol-ahvoli bo'lsa ko'p o'rinlarda soyada qolgan. Lenin asar faktik materialga boy, voqealar ozmi-ko'pmi obyektiv yoritilgan, ayrim o'rinlarda xonlar, sultonlar va amirlarning ba'zi xislati va xarakteri ham ochib berilgan. Masalan, olim Abdullaxonning bobosi Jonibek sulton haqida gapirar ekan, uni mo'min-musulmon, dinparvar va odil bir kishi sifatida ta'riflaydi. «[U] shunday dinpanohki,deb yozadi Hofizi Tanish Buxoriy,— din hukmlarini tanqid qilish [va] sayyid mursalinning (hazrati payg'ambarimizning) «shar'iy amr-farmonlarini [mo'min-musulmonlarga] yetkazish ishingi to'la bajo keltiradi; hukumat va siyosat yshlarini quvvatlash va ijro etishda oshiqmas edi.
«Sharafnomayi shohiy» yirik shoh asar bo'lib, uni Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» va Rashididdinning«Jome' ut-tavorix» asarlari qatoriga qo'ysa arziydi. Yirik sharqshunos olim V.V.Velyaminov-Zernov juda to'g'ri aytganiday, «Sharafnomayi shohiy» ustida qancha ko'p ishlasang, unda o'rganish lozim bo'lgan shuncha ko'p yangi faktlar ochiladi. Shuning uchun ham bu asar ko'p vaqtlardan beri sharqshunos olimlarning diqqat-e'tiborini o'ziga tortib kelayotig.
«Sharafnomayi shohiy» saj (qofiyalashgan nasr) bilan yozilgan, tili va uslubi birmuncha og'ir. Olim turli o'xshatish va istioralardan keng foydalangan. Bir-ikki misol keltira-miz: [«Yunusxon] sodiqlik ipini tugib, uni o'ziga bog'ladi» (uylandi demohchi). «...bog'u rog' sahni yetti xil ranglik libos kiyib, tog'u sahroning sirti chiniy naqshlik xonaning rashkini keltiradigan bo'lganda...» (erta bahorda). «...uning buyuklik va ulug'lik oftobi... [o'zining] maxfiy pardasiga yashirindi; umid va orzulari falokat oftobining shahodat mag'ribiga botdi» (o'ldi demoqchi).
Muallif asarni yozishda xon saroyida yuritilgan maxsus kundaliklar, ishonchli va voqealarning shohidi bo'lgan kishi-yaar og'zidan yozib olingan ma'lumotlardan foydalangan. Bir-ikki misol. U 1551/52 yili Abdullaxon bilan Navro'z Ahmadxon (Baroqxon) o'rtalarida Koson (Qashqadaryoga qarashli Kosoy) yonida bo'lgan urush tafsilotini bayon etarkan, uni «o'sha voqea tepasida bo'lgan, va [uni] o'z ko'zi bilan kurgan bir guruh odamlardan eshitdim», -deb yozadi. Yana o'sha Abdullaxonning Navro'z
Ahmadxonning o'g'li Do'stim sulton bilan Forob' yonida 1554 yili qilgan urushi tafsiloti ham o'sha urush qatnashchilarining ma'lumotiga asoslangan. Hofizi Tanishninga xborotchilari ko'proq keksa va xonning yaqin kishilari bo'lgan.
Asar muqaddima va ikki qismdan iborat (asarning ikkinchi talqinida har ikkala qnsm (maqola) qo'shib yuborilgan).
Muqaddimada Abdullaxonning naslu nasabi, uning o'sha zamonning yirik ruhoniylaridan xoja Muhammad Islomga muridligi, Chingizxon, Jo'chixon, Muhammad Shayboniyxon haqida, shuningdek Movarounnahrning XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida qisqa ma'lumot keltiriladi.
Birinchi maqola Movarounnahr, Janubiy Turkiston (hozirgi Afg'onistonning shimoliy qismi) va Xurosonda 1557— 1583 yillar orasida bo'lib o'tgan voqealar, ya'ni Abdullaxon II davlatining zuhuridan to Abdullaxonning xonlik masnadiga o'ltirishi va o'z nomiga xutba o'qitib, pul zarb ettirishigacha kechgan katta davrni o'z ichiga oladi. Ma'lumki, bu davr ichida Abdullaxon II o'zaro feodal urushlar orqasida mayda-mayda qismlarga bo'linib ketgan Movarounnahrni o'z tug'i ostiga birlashtnrib, markaziy davlat tuzib olishga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi maqola 1583—1588 yillar, ya'ni Abdullaxon II ning taxtga o'ltyrishidan to Hirotning uzoq muddat davom etgan qamaldan so'ng shayboniylar qo'shini tarafidan fath etilishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan. Shu davr ichida kechgan tarixiy voqealar batafsil va atroflicha bayon etilgan.
Xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli borasida keltirilgan ma'lumotlar orasida «iqto'», «suyurg'ol», «tanho» va «jogir» feodal institutlari, ulus tartibi va uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi_mohiyati va o'rni, aholidan yig'iladigan turli-tuman soliq va jarimalar: ulufa, qo'nalg'a, begor , boj, tamg'a, tuhfa (sovg'a, tortiq, hadya) va h. k. ma'lumotlar, shuningdek harbiy-feodal zodagonlar hayotida katta o'rin tutgan harbiy o'lja haqidagi ma'lumotlar alohida qimmatga egadir. Qo'shni yurtlar va xalqlar ustiga tez-tez uyushtirib turila-digan urushlar va bunday urushlarning feodal jamiyatda tutgan o'rni haqidagi ma'lumotlar ham muhimdir. Asarda xon-lar, yirik feodallar tarafidan Jizzax, Nasaf, Hisori Shodmon va Jayhunning so'l qirg'og'idagi viloyatlardagi qo'riq yerlarning mahalliy aholini safarbar qilish yo'li bilan (mardikor ishlatish yo'li bilan) o'zlashtirilishi, shahar, suv omborlari, sardobalar qurilishi haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Shuningdek, hunarmandchilikning umumiy ahvoli haqida ham ko'p muhim ma'lumotlar uchratamiz.
Asarda Shayboniylar davlatining tuzilishi haqida ham muhim ma'lumotlar uchratish mumkin. Masalan, markaziy davlat apparati — devonlari turli-tuman mansabdorlar: otaliq, naqib, vaziri a'zam, vazir, devonbegi, mushrif, xazinachi, shig'ovul, eshik og'aboshi, parvonachi, sadr, miroxur, chuhra og'asi, tavochi, jarchi, munshiy, tug'begi, qurchiboshi, bakovul, farrosh kabilar va ularning jamiyatda tutgan o'rni, huquq va vazifalari haqida diqqatga molik ma'lumotlar uchratamiz. Shayboniylar qo'shini Hofizi Tanish Buxoriy keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, otliq va piyoda askarlardan , shuningdek o'ziga xos zambarakchilar (naftandozlar, manjaniqchilar, tosh otuvchilar) dan tashkil topgan.
Hofizi Tanish Buxoriyning bu asarida Movarounnahr va uniig hududlarida, shuningdek Janubiy Turkistonda XVI asrda istiqomat qilgan turk-mo'g'ul qabilalari: jaloir, nayman, qorliq, qipchoq, qatag'on, o'tarchi, besh yuz, shaqoqu, qulon oyoni, keroit, olchin, ming, bahrin, uyrur, qang'li, qo'ng'irot; do'rmon, qo'shchi, mojor, uyshun, chashmu abru, bulachi, arg'in, yobu, kenagas, mang'it, tubayi, nukuz, qiyot, boshqird kabilar haqida ham favqulodda muhim ma'lumotlar keltiriladi. Bu ma'lumotlar nafaqat o'sha qavmlar tarixini, balki uzbek xalqining etnik tarixini o'rganishda ham muhimdir. Bundan tashqari, xon va sultonlarga hadya, tortiq qilish (har bir narsadan to'qqiz nafardan) tartibi, odamlar orasida amalda bo'lgan odatdar haqida ham qiziq faktlar bor.
Binoiyning “Shayboniynoma” asari Shayboniyxon tarixiga bag'ishlangan. XVI asrning mashhur shoiri va tarixchisi Kamoliddin Binoiyni uning muallifi deyishadi. Bu qo'lyozmaning qimmatli nusxasi Uzbekistan jumhuriyati FA Sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda.
Sharqshunos A. Mirzayevning aytishicha, Binoiy (Uning to'liq ismi AH ibn al-Muhammad al-Hiraviy) 857 (1453) yilda me'mor Muhammadxon Sabza oilasida tug'ilgan. Binoiyning bolalik yillari haqida hech qanday ma'lumot yo'q. 900(1495) yilda Binoiylar Samarqandga ko'chishadi. Uning zamondoshlari Navoiy, Bobur, Xondamir va boshqalar Binoiy iste'dodi xususida juda yaxshi fiqr aytgan edilar.
Daynoiy Samarqandda yashayotganida beixtiyor 1496—1500 yilgi tarixiy voqealar guvohi bo'ladi. Bobur va Shayboniyxon o'rtasidagi hokimiyat uchun kurash o'z davrining ilg'or tafakkur va bilim egalari uchun kurash bilan uyg'unlashib ketgan edi. Bobur Samarqandni tashlab chiqqanida Binoiy ham uning qo'shini bilan ketadi. Biroq Samarqandda— hokimiyat uchun kurash davom etardi. Shu orada Binoiy yana Boburning ittifoqchisiga aylanadi. 907 yilning boshida (1501 yilning o'rtalarida) yuz bergan jang Binoiy va Mahdumi A'zam Dahbediyning taqdirini hal qildi. Ular to umrlarining oxirigacha o'z vatanlarida yashab qoldilar. Shundan so'ng Binoiyning yozishicha, u Shayboniyxon saroyi solnomachisiga aylanadi va xonning hukmdorligi va g'olibona yurishlari tarixini yozish to'g'risida maxsus topshiriq oladi. Binoiy bo' vazifani a'lo uddaladi. Biroq, uzaro feodal urushlar Shayboniyxonning ham, Binoiyning ham o'limiga sabab bo'ldi. U 918/1512 yilda, Bobur lashkari va eroniylarning Samarqandga bostirib kirib, aholini bir boshdan qirganida halok bo'ldi. Tarixchi Mahmud ibn Vali (XVII asrning birinchi yarmi) yozishicha, Binoiy Qarshi shahri-dagi masjidi jome' mozorida dafn etilgan.
Binoiy «Shayboniynomasi» tadqiqotchilar (E.G.Braun, K.G.Zaleman, A.N.Samoylovich, M.A.Salye, A.A.Semyonov, A.N.Boldirev, R.G.Muqminova, A.M.Mirzayev, S.K.Ibrohimov, B.A.Ahmedov va boshqalar) tomonidan keng foydalanilmoqda.
Binoiyning yozishicha, hatto 1494—1500 yillarda ham Ko'hak etagida, Obirahmat arig'i bo'yida Ulug'bek rasadxonasi buzilmagan holda qad ko'tarib turgan. Bu ma'lumot Boburning Ko'hak tepaligi joyida Mirzo Ulug'bekning yulduzlar jadvalini tuzish uchun zarur asboblar joylashgan rasadxonani ko'rgani haqidagi gaplarga moye keladi. Demak, Ulug'bek rasadxonasi asboblari XVI ayerda ham saqlangan. Shu bois rasadxonaning Ulug'bek o'limidan so'ng (853 yil) ramazon oyining 8 kuni (1449 yilning 25 oktabri) talon-toroj qilinib, buzib tashlangani haqidagi fikr tarixiy manbalarga to'g'ri kelmaydi.
B.A.Ahmedovning yozishicha, Binoiyning «Shayboniynoma» siga nisbatan Muhammad Solih asaridagi yangi o'rinlar quyidagicha:
1. XX—XXIII boblar Qorako'l, Qarshi, G'uzordagi Shaybrniy-xonga
qarshi qo'zg'olonlarga bag'ishlangan.
2. Shayboniylarning Shohruhiya, Uratepa, Farg'ona, Buxoro, Termiz va boshqajoylargayurishlari bor.
3. Shayboniylarning Xorazmga qarshi 1503—1505 yillardagi yurishlari bor.
4. Yana bu asardan ko'chmanchi uzbek feodallari, ular lashkarining O’rta Osiyoda qilgan beboshliklari va shayboniylar bosib olgan hududlardagi aholining og'ir ahvoli haqida muhim ma'lumotlar o'rin olish.
Xiva xonligidagi XX asr boshlaridagi tarixnavislik haqida Soliy Hasanovning «Xorazm ma`rifati – olam ko`zgusi» (T., O`qituvchi, 1997) asarida birmuncha foydalanish mumkin.
Mazkur tadqiqotning ijobiy xususiyatlari haqida gapirganimizda, eng murakkab masalalardan biri – Xorazmda «Yosh xivaliklar» jadidchilik harakatiga berilgan haqqoniy bahoni qayd qilib o`tishni ham lozim topdik. Muallif «Yosh xivaliklar» jadidchilik harakati ma`rifaparvarlik dasturining ham musbat, ham manfiy jihatlarini xolisona tahlil qilib bergan. Jadidchilik harakati munosabati bilan «Yosh xivaliklar» tashkiloti faolligi Boboxun Salimov, Polvonniyoz, Xoji Yusuf, Islom Xo`ja, Jumaniyoz Hoji ibn Hivaqiy, Hasanmurod Laffasiy, Komil Xorazmiy, Muhammad Rasul Mirzo, Avaz O`tar o`g`li, Ahmad Tabibiy, Mutrib, Rojiy, Faqiriy, Bayoniy, So`fi, CHokar, Devoniy, Xudoybergan Devonov, Otajon Abdalov, Husainbek Matmurod Devonbek o`g`li, Mulla Matmurod, Mulla Bekchon, Murodov, Isomiddin Eshon, Nizomoxun, Otajon Xo`janiyozov, Rahimbergan YOqubov, Muhiddin Umarov, Xudoybergan Matniyozovlarning faoliyati to`g`risidagi mulohazalarga qo`shilmasdan ilojimiz yo`q. Chunki mustaqil bo`lgunimizgacha uyqorida nomlari zikr etilgan jadidlarga salbiy munosabat bildirilib, ularning ma`rifiy-pedagogik faoliyatini va yaratgan darsliklarini qoralab uyrgan bo`lsak, muallif klarning qilgan xizmatlarini va asarlarini mustaqillik asosida qaytadan tahlil qiladi va yangi tarbiya tizimiga moslashtirib to`g`ri baholaydi. Xiva xonligi tarixshunosligiga qo`shilgan hissiga olib keladi.




    1. Download 119.67 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling