O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


II BOB. TA’LIM NAZARIYASI (DIDAKTIKA)


Download 1.36 Mb.
bet8/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

II BOB. TA’LIM NAZARIYASI (DIDAKTIKA)

  1. Didaktika - pedagogik ta’lim nazariyasi

    1. Ta’lim nazariyasi yoki didaktika to‘g‘risida umumiy tushuncha.

    2. Ta’lim nazariy asining asosiy kategoriyalari.

    3. Ta’lim jarayonining gnoseologik asoslari.

    4. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari va harakatlantiruvchi kuchlari.

    5. Ta’lim jarayonining tuzilishi va funksiyalari.

  1. Ta’lim nazariyasi yoki didaktika to‘g‘risida umumiy tushuncha

Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning maqsadi shaxsni yuqori darajadagi jismoniy, axloqiy, estetik va aqliy rivojlanishi uchun sharoit yaratishdir. Ushbu maqsadga erishish mustaqil davlatimizning intellektual potensialini yuqori darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, uchinchi ming yillik ta’limini insoniyat faoliyatining zarur keng ko‘lamli sohasi sifatida e’tirof etmoqda. Bugungi kunda ta’lim jarayonida milliarddan ko‘p o‘quvchilar, ellik million atrofida o‘qituvchilar ishtirok etmoqdalar. XX1 asrda ta’limni ijtimoiy rolini o‘shishi, kelajak jamiyatni yangi istiqbollarini aniqlanishi bilan bog‘liq. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim tizimi hisoblanadi.
Respublikamizda ta’lim sohasidagi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar talablarida «ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning didaktik qonuniyatlari va prinsiplarini ishlab chiqish, davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish, o‘quv dasturlari darsliklarini yangi avlodi, o‘quv metodik majmualar yaratish» vazifasini hal qilish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan.
Aynan ta’lim jarayonida jamiyat kelajagi yosh avlodni shaxsiy, insoniy, ma’naviy sifatlari shakllanadi. Ta’lim jarayonini qonuniyatlarini va uni xususiyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi pedagogikaning sohasi — didaktikadir. Didaktika atamasi yunonchadan olingan bo‘lib, «didaktikos», «didasko», «o‘rgatuvchi», «o‘rganuvchi» ma’nolarni anglatadi.
Didaktika ta’lim nazariyasi atamasi sifatida dastlab XVII asr boshlarida paydo bo‘ldi. Didaktika atamasini pedagogikada birinchilardan bo‘lib, nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635) «o‘qitish san’ati» ma’nosida qo‘llagan.
U o‘zining ma’ruza kursini «didaktika», «o‘qitish san’ati» (1613y.) deb nomlagan.
XVII asr o‘rtalarida E. Bodino «Didaktika» nomli kitobini nashr ettirgan.


Ingliz olimi Frensis Bekon (1561-1626) «Yangi organon» (1620) asarida fanlarni toifalash xususida fikr yuritib «didaktika» atamasini «badiiy asarni o‘qish san’ati» ma’nosida ishlatgan.
Chex pedagogi Ya.A. Komenskiy (1592-1670) «didaktikani» ilmiy bilimlar tizimi sifatida ifodalab o‘zining «Buyuk didaktika» asarida didaktika atamasini keng «Hammani hamma narsaga o‘rgatuvchi universal san’at» ma’nosida ishlatgan.
Ta’kidlash lozimki, Komenskiy bu asarida faqat ta’lim nazariyasi bilan cheklanib qolmadi. Uning mazmunini axloqiy tarbiya metodlari, intizom masalalari, ta’limni tashkil etish kabi masalalar bilan boyitdi. Boshqacha aytganda Ya.A. Komenskiy «didaktika» orqali keng ma’noda «pedagogikani» tasvirlagan.
Shveysar didakti I. G. Pestalotsi (1746) boshlang‘ich ta’lim didaktikasiga va rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasiga asos soldi.
Nemis pedagogi I. F. Gerbart (1776-1841) didaktikaning nazariy asoslarini yaratib pedagogikada birinchilardan bo‘lib «tarbiyalovchi ta’lim» nazariyasini yaratdi.
Nemis pedagogi A.Disterveg (1790-1866) o‘qitish tamoyillarini madaniyatga moslab o‘qitish, mustaqil o‘qitish usullari bilan boyitdi.
Amerikalik olim D. Dyui (1859-1952) asosiy e’tiborni ta’lim jarayonida bolani faolligiga, qobiliyatini shakllanishiga qaratgan va didaktikada muammoli ta’lim nazariyasiga asos soldi. Ta’kidlash joizki, didaktikani rivojlanishida O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan mutafakkirlar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Zarnudjiy, Ulug‘beklarning o‘rni beqiyosdir.
Didaktikani fan sifatida rivojlanishida K. Ushinskiy, A. Avloniy, V.Okon, Ch. Kupesevich, M.A. Danilov, M. Skatkin, I.Ya. Lerner, G.Klinberg, Yu.K.Babanskiylarning xizmatlari beqiyosdir.
Respublikamizda didaktikani rivojlanishiga O. Roziqov, B. Adizov, N.Sayidahmedov, M. Ochilov, K. Zaripov, R. Safarova, F. Yuzlikayev, O‘.Tolipovlar o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Yuqoridagi konsepsiyalar didaktikani o‘qitish va o‘qish nazariyasini o‘rganuvchi fan sifatida tushunilishiga (qabul qilinishiga) ta’sir etdi.
Bir vaqtni o‘zida didaktikani avlodlarga hayot tajribasini o‘tkazish to‘g‘risidagi fan sifatida qarab kelinadi.
Taniqli bolgar pedagogi I.Marev didaktikani rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalaydi.
Birinchi bosqich — Ya.A. Komenskiygacha bo‘lgan davr. Bu davr ilmiy asoslanganlik davrigacha sifatida harakterlanadi.
Ikkinchi bosqich — L.A.Komenskiydan kibernetikani (jarayonlarni boshqarish nazariyasi) paydo bo‘lgungacha bo‘lgan davr. Bu davr asosiy qonun va qonuniyatlarni shakllanganligi bilan, pedagogik va didaktik nazariyalarni rivojlanganligi bilan harakterlanadi.
Uchinchi bosqich—1960-yillardan bugungi kungacha bo‘lgan davr.
Mutaxassislar o‘rtasida didaktika mustaqil fanmi? yoki pedagogikaning bir qismimi? —degan savol tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Masalan, M.A.Danilov, V.Okon, M.N.Skatkinlar didaktikani pedagogikaning bir bo‘lagi sifatida qaraydilar.
Bir guruh mutaxassislar didaktikani mustaqil fan sifatida qaraydilar.
Hali-hanuz mutaxassislar bu masalada yagona fikrga kelganlari yo‘q.
Yillar o‘tishi bilan barcha atamalar eskirgani kabi didaktika atamasi ham eskirganini guvohi bo‘ldik. XX asrning oxirlariga kelib mutaxassislar ichida «Didaktika» atamasi o‘rnida «Ta’lim nazariyasi» atamasini qo‘llash urf bo‘ldi.
Biz ham didaktika atamasi o‘rnida «ta’lim nazariyasi» atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Ta’lim nazariyasi mustaqil fan sifatida kim? kimni? nima? nimani? qanday? qayerda? qachon? nima? — kabi savollarga javob beradi.
Demak, ta’lim nazariyasi ma’lum bir jamiyatni ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan ta’lim jarayonini qonuniyatlarini va uni xususiyatlarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini mazmunini pedagogik asoslarini aniqlaydi, ta’lim metodlari tizimini, o‘quv-tarbiya muassasalarida ta’limni tashkil etish shakllarini ishlab chiqadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib ta’lim nazariyasi nimani tadqiq etadi degan savolga javob beramiz.
Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini, ta’limni tashkil etish shaklini, ta’lim natijasini tadqiq etuvchi fan.
Bizga ma’lumki, har qanday fan o‘z tadqiqot obyektiga va predmetiga hamda ilmiy tadqiqot usullariga ega bo‘lgandagina mustaqil fan deb e’tirof etiladi.
Ta’lim nazariyasining obyekti — ta’lim jarayoni.
Ta’lim nazariyasiga oid adabiyotlarda ta’lim nazariyasining predmeti turlicha talqin etiladi.
Bir guruh mutaxassislar ta’limni — tarbiyaning vositasi sifatida qaralishi, ta’lim nazariyasining predmeti deb tushunsalar, ikkinchi guruh mutaxassislar — ta’limni qonuniyati va prinsiplari uni maqsadi, ta’lim mazmunini ilmiy asoslari, ta’limni metod, vosita, shakllari ta’lim nazariyasining predmetidir deb hisoblaydilar.
Uchinchi guruh mutaxassislarning fikricha, ta’lim nazariyaning predmeti o‘qitish va o‘qish jarayonlarining birligi, o‘zaro aloqadorligidir.
To‘rtinchi guruh mutaxassislar ta’lim nazariyasining predmeti ta’lim jarayoni amalga oshiriladigan shart-sharoitdir deb ta’kidlaydilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini maqsadini, qonuniyatini, prinsipini, metodini, shaklini o‘rganadi. Bu ta’lim nazariyasi nimani tadqiq etadi degan savolga javob beradi.
Ta’kidlash kerakki, ta’lim jarayonida didaktik qonuniyatlar bilan psixologik va fiziologik qonuniyatlar ham mavjud. Demak, ta’lim bir vaqtni o‘zida boshqa fanlarni ham (psixologiya, fiziologiya) obyekti bo‘la oladi.
Fan metodologiyasi bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, fan obyekti bu — tadqiqotchining bilish faoliyati yo‘naltirilgan borliq sohasidir, fan predmeti esa — tadqiqotchini fan nuqtayi nazaridan obyektni ko‘rishi, ifodalashidir. Turli fan vakillari bir obyektni turli xil ko‘rishadi.
Ta’lim jarayoni didaktni ham, uslubchini ham, psixologni ham informatika, kibernetika bo‘yicha mutaxassisni ham obyekti bo‘lishi mumkin. Ammo har birini tadqiqot maqsadi, tadqiqotdan kutilgan natijalari har xil bo‘ladi. Ta’lim nazariyasi ta’limni ijtimoiy tajribani o‘tkazish vositasi sifatida qaraydi. Ta’lim natijasida tajribani bir qismi ma’lumot mazmuniga kiritiladi va ta’limni mazmunini tashkil etadi. Ta’lim yordamida kelajak avlodni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’lim nazariyasining predmetini ifodalaymiz. Ta’lim nazariyasining predmeti bu — o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘rtasidagi aloqadorlikdir.
Ta’lim nazariyasining vazifalari.
Ta’lim nazariyasining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim jarayonining mohiyatini, qonuniyat va prinsiplarini tadqiq qilish;

  • ta’lim mazmunining pedagogik asoslarini aniqlash;

  • o‘quvchilarni o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish qonuniyatlarini tadqiq

qilish;

  • yangi ta’lim texnologiyalarini, tizimlarini, ta’limni tashkil etish shakllarini ishlab chiqish.

Ushbu vazifalar ta’lim nazariyasining predmetini aniqlashda ta’kidlab o‘tildi. Ta’lim nazariyasi o‘z vazifalarini bajarishda falsafa, psixologiya, kibernetika fanlarini yutuqlaridan ham foydalanadi. Aynan kibernetika ta’lim nazariyasida dasturlashgan ta’limni ishlab chiqilishiga ta’sir etdi.
Ta’lim nazariyasi o‘quvchilarni yosh, individual, ruhiy xususiyatlarini inobatga olib ta’lim maqsadini shakllantiradi. Ta’lim nazariyasi falsafani tabiat, jamiyat va insoniyatni rivojlanishini umumiy qonunlari to‘g‘risidagi bilimlariga tayanadi.
Didaktika — bu ta’lim uning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllari to‘g‘risidagi fan.
Rus didakshunos olimi V.I.Andreyev bu ta’rif to‘liq emasligi haqida fikr yuritib, birinchidan, ta’limning bir necha asoslangan va samarali ta’lim nazariyalari mavjudligini bularga: rivojlantiruvchi, muammoli, modulli, tabaqalashtirilgan, kompyuterli ta’lim turlari va nazariyalari. Ikkinchidan, ta’lim nazariyasida oxirgi paytlarda ta’lim texnologiya darajasida talqin etilayotganligini izohlab, didaktikaga quyidagi turlarni ko‘rsatib o‘tadi:

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling