O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


Pedagogika fanining kategoriyalari


Download 1.36 Mb.
bet4/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

Pedagogika fanining kategoriyalari
Har qanday ilmiy bilimlar sohasining shakllanishi ushbu fan predmeti doirasidagi tushunchalarni rivojlanishi bilan bog‘liq. Ilmiy umumlashmalarni ifodalovchi asosiy pedagogik tushunchalar pedagogik kategoriyalar deb yuritiladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalarini ta’lim, tarbiya, rivojlanish, ma’lumot, pedagogik jarayon kabilar tashkil qiladi.
Pedagogik jarayon - bu ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etish maqsadida kerakli vositalarni qo‘llagan holda pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida maxsus tashkil etilgan jarayondir. Pedagogik jarayon maxsus
tashkil etilgan mazmun va vositalar bilan bog‘liq amalga oshiriladi. Pedagogik jarayondagi tarbiya mazmuni va vositasi hamda pedagoglar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ushbu tizimni dinamik harakterga ega ekanligini ifodalaydi.
Ta’lim - bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamkorligida bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o‘quvchilarni aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida maxsus tashkil etilgan jarayondir. Demak, ta’limni asosini inson kasb-kori uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi.
Tarbiya bolani butun hayoti davomida kechadigan, olingan bilim va tajribalari asosida xulq-atvor normalarini shakllanishi jarayonidir.
Ma’lumot esa, ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va umumlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan ilmiy dunyoqarashlar majmuidir.
Rivojlanish insondagi sifat va miqdor o‘zgarishi bo‘lib, uning ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy, jismoniy, aqliy turlari mavjud.

  1. Pedagogik fanlar tizimi

Pedagogika fanining obyektlari xilma-xil bo‘lganligi sababli, ushbu obyektlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi pedagogika fani sohalari pedagogik fanlar tizimini tashkil etadi. Pedagogika fanining rivojlanishi natijasida pedagogik fanlar tizimi shakllandi. Ularga quyidagilar kiradi: umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, qiyosiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, yosh pedagogikasi, oila pedagogikasi, xalq pedagogikasi va boshqalar.
Umumiy pedagogika - pedagogik borliqdagi pedagogik tizim ichida kechadigan ta’lim, tarbiya, rivojlanish jarayonlarini maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir. Umumiy pedagogika pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, pedagogik menejment bo‘limlaridan iborat. Ushbu bo‘limlarni pedagogikaning mustaqil sohasi nuqtayi nazaridan qarasak, unda pedagogikaning umumiy asoslari - umumpedagogik jarayondagi ta’lim, tarbiya, rivojlanishning umumiy qonuniyat­larini; Ta’lim nazariyasi - umumpedagogik jarayondagi ta’lim jarayonini mohiyatini, didaktik qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini hamda tashkil etish shakllarini; Tarbiya nazariyasi - umumpedagogik borliqdagi tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini, qonuniyat va prinsiplarini, metod va vositalarini; Pedagogik menejment esa pedagogik tizimni boshqarish qonuniyatlarini va prinsiplarini hamda boshqarish shakl va metodlarini o‘rganadi.
Maxsus pedagogika - aqliy, ruhiy, jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir.
Ijtimoiy pedagogika - jamiyatning tarbiyaga, tarbiyaning jamiyatga ta’siri natijasida shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini, mexanizmlarini, prinsiplarini, mazmunini, metod va shakllarini o‘rganuvchi fandir.
Qiyosiy pedagogika - turli mamlakatlarning ta’lim-tarbiya tizimini, maorif taraqqiyotini taqqoslashni o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil sohasidir.
Xalq pedagogikasi - turli xalq, millat va elatlarning xalq og‘zaki ijodidagi ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi pedagogik g‘oyalarning mohiyatini, mazmunini o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil sohasidir.
Yosh pedagogikasi - turli yoshdagi bolalarni individual va yosh xususiyatlarini inobatga olib, ularni o‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Pedagogika tarixi - turli tarixiy davrlardagi pedagogik g‘oyalarni, ta’lim va tarbiya tizimi taraqqiyoti masalalarini pedagogika tarixi tadqiq qiladi.
Oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlarini oliy maktab pedagogikasi tadqiq qiladi.

  1. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

Pedagogika fan sifatida boshqa fanlar nazariyalarini ijodiy qo‘llash natijasida rivojlanadi. Pedagogik hodisa va jarayonlarni bilish va tadqiq qilishning umumiy yondashuvlarini falsafa ko‘rsatib beradi. Pedagogika sohasidagi tadqiqotchilar tarbiya mazmunini ishlab chiqishda, maqsadni belgilashda, uning metodologiyasini aniqlashda falsafiy bilimlar tizimiga tayanadilar. Fiziologiya, anatomiya, psixologiya kabi inson to‘g‘risidagi fanlar inson shaxsini shakllanishi, qonuniyati va mohiyatini har tomonlama chuqur o‘rganishda yordam beradi.
Pedagogika psixologik bilimlar asosida samarali o‘quv-tarbiyaviy tizimni yaratadi. Pedagogika va psixologiya fanlarining integratsiyalashuvi pedagogik psixologiya fanining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Pedagogika mustaqil yetarli darajada rivojlangan, o‘zining alohida tadqiqot sohasiga ega bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlar bilan aloqada bo‘lmasdan mavjud bo‘la olmaydi. Tarbiyaviy faoliyat obyekti o‘suvchi, rivojlanuvchi inson bo‘lganligi uchun pedagogika birinchi navbatda insonni o‘rganuvchi fanlar bilan aloqada bo‘ladi.
Insonni jamiyat a’zosi sifatida ijtimoiy fanlar, biologik evolutsiya natijasi sifatida biologik fanlar, ongli, fikrlovchi mavjudot sifatida psixologik fanlar o‘rganadi. Pedagogikani ijtimoiy fanlar bilan aloqasini ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy fanlar tarbiya maqsadini va mohiyatini aniqlashga yordam beradi.
Pedagogika ijtimoiy fanlardan falsafa bilan uzviy bog‘liq. Falsafiy ta’limotlar pedagogikaning metodologik asosi hisoblanib, ta’lim va tarbiya maqsadini anglashga yordam beradi. Falsafiy qarashlar tizimidan (materialistik, ekzistensial, pragmatik, neopozitivistik v.b..) pedagogika tadqiqotchilari tayangan holda pedagogik izlanish yo‘nalishlarini belgilab, ta’lim jarayonini texnologik xususiyatlarini, maqsadini, mohiyatini aniqlaydilar. Pedagogika va falsafaga tegishli qator umumiy savol va muammolar mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi.:

  • tarbiya maqsadi muammosi;

  • dunyoqarashni shakllanishi muammosi;

  • jamoa va shaxs aloqadorligi;

  • bilish nazariyasi bilan bog‘liq gnoseologik muammolar.

Pedagogika shu bilan birgalikda falsafaning mustaqil sohalari etika va estetika bilan ham uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi. Ular axloqiy, estetik tarbiya hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kabi pedagogik vazifalarni hal etishda yordam beradi.
Pedagogika aholining turli guruh va qatlamlari rivojlanishining asosiy tendensiyalarini, ijtimoiylashuv qonuniyatlarini, ijtimoiy muhitning insonga ta’sirini, shaxsning turli ijtimoiy institutlardagi tarbiyasini tadqiq qiluvchi sotsiologiya bilan uzviy bog‘liq.
Pedagogika biologik fanlar bilan ham uzviy bog‘liq. Ular pedagogika va psixologiyaning tabiiy-ilmiy tayanchi hisoblanadi.
Pedagogika buyuk rus fiziologlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlovlarning birinchi va ikkinchi signallar tizimi, insonni ruhan rivojlanishi, tabiati, sezgi organlarining rivojlanishi va funksiyalari to‘g‘risidagi fundamental ishlariga tayanadi.
Ayniqsa, ta’lim-tarbiya masalalarini hal etish, mehnat qilish va dam olish tartibini ishlab chiqish inson organizmi funksiyalari va xususiyatlari to‘g‘risidagi yosh fiziologiya, maktabdagi turli mashg‘ulotlarni tashkil etishning gigiyenik masalalarini o‘rganuvchi maktab gigiyenasi muhim rol o‘ynaydi.
Pedagogika fanining bashqa fanlar bilan aloqalari tahlil natijasida quyidagi bir-birini to‘ldirish shakllarini ifodalashimiz mumkin:
boshqa fanlar tomonidan umumlashtirilgan, asosiy nazariya va g‘oyalardan pedagogikada ijodiy qo‘llash va foydalanish;
boshqa fanlarda qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlaridan(matematik modellashtirish, sotsiologik so‘rov)foydalanish;
psixologiya, fiziologiya, sotsiologya va boshqa fanlarda olingan aniq natijalarni pedagogikada qo‘llash;
kompleks tadqiqotlarda ishtirok etish.
Pedagogika aniq tanlov asosidagi ma’lumot va faktlardan maxsus pedagogik qayta ishlovlardan so‘ng foydalanadi.
Shunday qilib, pedagogika umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismidir. U tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya konsepsiyalari ilmiy va umummadaniy qadriyat hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar

  1. Pedagogika nimani o‘rganadi?

  2. Pedagogika fani obyekti va predmetini izohlang.

  3. Pedagogika qanday funksiyalarni bajaradi?

  4. Pedagogik fanlar tizimini tavsiflang.

  5. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasini tavsiflang.




  1. ILMIY PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI


    1. Download 1.36 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling