O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Milliy g'oya, mafkura, ma'naviyat. Ularning o'zaro nis-
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
1-fasl. Milliy g'oya, mafkura, ma'naviyat. Ularning o'zaro nis-
bati Milliy g'oya — millatning yetakchi maqsadi, "Xalqni, millatni bir-lashtiruvchi, yo 'Iga boshlovchi bamisoli bir bayroq "'. Bu maqsadning aniq ifodasini Prezident I. Karimov 2000-yil 8-iyundagi "Fidokor" gazetasi muxbiri bilan suhbatida shunday bayon qiladi: "MamJakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va taraqqiyot siyosatining stratcgik maqsadi — huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asosiangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat'i nazar munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlan-gan demokratik mamlakatlardagikafolatlanadigan turmush darajasi va erkinliklarni ta'minlash. Va shu asosda O'zbekistonning jahon ham-jamiyatida munosib o'rin egallashiga erishish"2. Buning uchun siyosat sohasida, iqtisodiy va ma'naviy yo'nalishlarda nimalar qilish lozim ekanligi to'g'risida ham o'sha suhbatda batafsil javoblar berilgan. Darhaqiqat, milliy g'oya 130 yillik asoratdan qutulib, mustaqillik-ning oydin yo'liga chiqib olgan, hayotida erkinlik sari tub o'zgarishlarni dadil amalga oshirayotgan millatning bosh maqsadi, intilishi. Uni Yurt-boshimiz istiqlolning dastlabki yillaridayoq bir jumlada yorqin ifoda-lab bergan edi: "Mustaqillikning oliy maqsadi — o 'zbek xalqining izzatini joyiga qo'yish"3. Bu - o'z izzati va qadrini bilgan millat o'zini ham xo'rlatib qo'ymaydi, o'zgalarning ham hurmatini joyiga qo'yadi, degani. O'zbek — doim jahon sahnasida o'zining salmoqli mavqeyiga ega bo'lib kelgan xalq. Jahon tarixini xolis varaqlagan odam bunga amin bo'ladi. Ayni shu sababdan elimiz bag'rikengligi bilan mashhur. Amu va Sir oralig'ida doimo turli elat, turli e'tiqod vakillari inoq-ittifoq yashab kelishgan. Agar urushgan bo'lsa, sulolalar urush-. gan, aka-ukalar taxt talashgan, xalqlar yoki millatlar emas. Ajdodlarimiz qo'shni xalqlar madaniyatiga, turmush tarziga e'tibor bilan qara-gan, o'zlaridan meros qoldirgan o'lmas ma'naviy obidalarni turli tillarda yaratishgan. "O'z kuchiga ishongan xalqning bag'ri keng bo'ladi", deydi Prezident1. Milliy mafkura millatning fikr maydoni, uning asriy orzulari, kela-jak rejalarining munazzam bir ifodasidir. Ma'naviyatimiz an'analaridan kelib chiqib, tushunib yetishimiz lozimki, biz ishlatadrgan "mafkura" so'zi sovet davri targ'ibotchilarining tilidan tushmay kelgan "ideolo-giya" tushunchasining ayni tarjimasi emas. Mafkura — fikr maydoni, uni xoh tor qolip qilib oling, xoh jahon sivilizatsiyasi va milliy ma'naviyatimiz qadriyatlarini uyg'unlashtiruvchi keng tafakkur olami sifatida yondoshing. Albatta, har bir ijtimoiy toifaning, siyosiy ha-rakatning, guruhning o'z mafkurasi boiishi mumkin. Bu tabiiy holat. Ammo millat mafkurasi uning tarkibiga kiruvchi barcha toifalar va guruhlarning maqsad yo'nalishi, tafakkuridagi eng umumiy tomonlar-ni birlashtiradi. Uning ahamiyati ham shunda. Elni Vatan manfaati birlashtiradi, degan qutlug' ibora bor. Milliy istiqlol mafkurasi bizga el-yurtimiz, Vatanimiz oldidagi fuqarolik burchimizni teran anglab yetishimizga yordam beradi, yosh avlodning har bir vakilini haqiqiy millat farzandi bo'lib ulg'ayishiga ko'maklashadi. Milliy istiqlol mafkurasi qonun moddasi kuchi bilan emas, ma'naviy kamolot orqali erishiladigan hidoyat yo'lidir. Mustaqillikning ikkinchi yilida asosiy qonunimiz qabul qilindi. Uning ikkinchi bobi 12-moddasida "O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivoj-lanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas," deb yozib qo'yilgan2. Yetmish yil totalitarizm jabrini tortgan xalqimiz bu qoidaning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini yax-shi tushunadi. "Uzoq va yaqin tarixdan yaxshima 'lumki, — deb ta'kid etadi Prezident, - biron mamlakatda, biron davlatda yakka-yu yago-na g'oya yoki mafkura hukmronlik qilar ekan, bu jamiyat, bu davlat, albatta inqirozga yuz tutadi" Chunki hayot doimo o'zgarishda, rivoj-lanishda. Inson tafakkuri, uning intilishlari, oldiga qo'ygan maqsad-lari ham doimo o'zgarib, takomillashib boradi. Shu sababli unga har qanday g'oyaviy, mafkuraviy tazyiq o'tkazishga urinish aks ko'rsatishi, noxush oqibatlarga olib kelishi tabiiy. Qolaversa, jamiyat-ning rivojlanish jarayoni ham undagi yetakchi tamoyillaming vaqti-vaqti bilan yangilanib, o'zgacha ma'no, o'zgacha tarkiblar hosil qilib turishini taqozo qiladi. Undagi ijtimoiy toifalarning mavqeyi va ahami-yati ham turli davrlarda turli holatda bo'ladi. Shunga muvofiq siyosiy kuchlar nisbati ham muayyan o'zgarishlarga uchrashi mumkin. Shun-day ekan, hech qaysi mafkura, jumladan, hatto milliy mafkura ham hayotiy ehtiyojlardan uzoqlashib, qotib qolgan aqida holiga tushmas-ligi uchun "davlat mafkurasi maqomiga ko'tarilmasligi, aylanmasligi kerak"1. "Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizga xos bo'lgan cng muqarfdas tuyg'u va tushunchalarning mujassam ifodasi bo'lishikerak",2 - dey-di Prezident. Milliy mafkurani o'zlashtirish, bir tomondan, tafakkuri-mizning milliy ma'naviyatimiz ildizlaridan muntazam oziqlanib, quv-vat olib turishi bilan bog'liq. Ikkinchi tomondan, jahon madaniyati samaralaridan bahramand bo'lmagau, zamon ruhini his qilmagan odam hech qachon milliy mafkuraning mohiyatini yaxshi anglab yeta ol-maydi. Chunki odam o'z qudratini to'g'ri belgilashi uchun maydonga chiqib, mardlar bilan kuch sinashi kerak. Shu ikki jihatning uyg'unligiga erishish milliy mafkurani har bir inson ruhida voqean shakllantirish bo'ladi. Asli milliy mafkura yo'q joydan sun'iy hosil qilinmaydi, al-faqanday kabinetlarda o'tirib to'qib chiqarilmaydi. Bu haqiqatni Prezident O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi umumiy yig'ilishida 1994-yil yozida so'zlagan nutqidayoq batafsil tushuntirib bergan edi. Unda islomiy qadriyatlar, ma'naviy meros, xususan, Sharq falsafasini teran o'rganish haqida so'zlab, Yurtboshimiz yaqin o'tmishdagi qa-ramlik mafkurasidan xalos bo'lish uchun "o'zimizning asrlar sinovi-dan o'tgan, ulug' ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy umumbashariy ruh bilan boyi-tish vaziiamiz" ekanligini ta'kidlagan edi3. Keyinehalik 2000-yil 6-aprelda Oqsaroy qarorgohidagi suhbat asno-sida bu haqda mukammal ta'rif shakllandi. Prezident unda yuqoridagi fikrni batafsil ifodalab aytdiki, «milliy mafkuramiz xalqimizning aza-liy an 'analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so 'z bilan aytganda, o'z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarash va tafakkuriga asoslanih, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o 'ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo'lida xizmat qilmog'i darkor"'. Milliy mafkuraning ma'naviyatga nisbati qanday? Bu nisbatni to'g'ri aniqlash uchun yana bir narsani e'tiborga olish lozim bo'ladi. Mustaqilligimizning uch asosiy jihati mavjud. Siyosiy mustaqillik, iqtisodiy mustaqillik, ma'naviy mustaqillik. Bularni bir-biridan judo qilib bo'lmaydi. Ammo har birining o'ziga xos masalalari ham bor. Biz ularni keyinroq yana batafsil ko'zdan kechiramiz. Hozircha ta'kidlash o'rinliki, siyosat, iqtisod va ma'naviyat sohalarida bizning bugungacha erishgan yutuqlarimiz darajasi barobar emas. Undan tashqari har bir sohaning mohiyatidan kelib chiqsak, milliylik un-surining salmog'ida ham farq bor. Demak, dunyo xalqlari tajribasi-dan biz o'rganishimiz, balki bevosita o'zlashtirishimiz kerak bo'lgan narsalar turli yo'nalishda turlicha miqyosda bo'lishi tabiiydir. Shun-day ekan, milliy mafkuramiz tizimini faqat yoki asosan ma'naviy merosimizda mavjud qadriyatlarga bog'lab qo'yish voqelik talablariga to'liq javob berishi qiyin. Chunki mafkuramiz, ya'ni kelajak re-jalarimizni belgilovchi va aniqlashtiruv-chi maqsad yo'nalishlarimiz tizimida yuqorida sanab o'tilgan har uch yo'nalish: siyosat, iqtisod va ma'naviyat sohasiga oid muammolar barchasi o'zaro uyg'unlikda qamrab olinadi. Ma'naviyat shular ichida faqat bir yo'nalishdir. Albatta, juda muhim yo'nalish, asli ma'naviyat masalalarini yechmay turib, na iqtisodiy, na siyosiy vazifalarimizni tugal hal qilib bo'lmaydi; ammo baribir uch yo'nalishning biri, xolos. Iqtisod yoki siyosat sohalaridagi dolzarb yumushlarni ham hech qachon, xalq ma'naviyatini talab darajasida yuksaltirib olib keyin amalga os-hiramiz, deb orqaga tashlab bo'lmaydi. Bu sohalar bir-biri bilan oldin-keyin emas, bir paytning o'zida, teng rivojlantirilib boriladi-gan sohalardir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling