O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


Download 1.87 Mb.
bet3/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

- MA'NAVIYAT MAS'ULIYATDIR -
1-BOB. ISTIQLOL VA MA'NAVIYAT
1-fasl. Milliy mustaqillik sharoitida ma'naviyat masalalarining dolzarblashuvi va buning sabablari
Mustaqillik ma'naviyatining tayanch qoidalari 1992-yildayoq Pre-zidentimizning kitoblarida aniq va ravshan ifodalab berilgan edi. Biz o'z o'rnida ularga batafsil to'xtalamiz. Hozir Mustaqillik ma'naviyati­ning bosh masalasidan so'z ochmasak bo'lmaydi. Ma'naviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Ammo ma'naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab, qonun-qoidasini aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi odam sifati-da qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni ma'naviy barkamol ekan-ligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz o'ta iste'dodli bo'lishingiz, Vatan haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. AJbatta, iste'dod ham ma'naviyat nishonasi, ammo ta'rif-u tavsiflar bilan Vatan ravnaqi ta'min etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmay-di. Mustaqillik ma'naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas'uliyat tuyg'usidir. Necha mingyillik tarix davomida ne-ne xoqonlar-u xonlar, amirlar-u shohlar o'tdi. Ularning birlari millat dovrug'ini dunyoga tarqatgan bo'lsalar, boshqalari yurtni abgor qilganligi ham sir emas. Oxirgi yuz yil davomida yurtimizning yetakchi o'g'lonlari foje taqdirga ro'baro' keldilar. Amir Olimxonning siyosatidan norizo bo'lgan Fayzullaxo'ja xalqim deya qon yutdi, ammo orzusi ushalmadi. Usmon Yusupov umrini O'zbekiston xalqi uchun tikdi, ammo xalq asoratda qolaverdi. Sharof Rashidov xalq og'irini yengil qilaman deb ko'p urindi, ammo oxiri borib xalqni ham, uning o'zini ham yomonotliq qilish boshlandi. Qaramlik kasofatidan edi bu fojialar. Yangi davrda o'zbek xalqining baxti Islom Karimov nomi bilan bog'landi.
Biz Prezidentning mustaqil milliy siyosat, Ota yurt mavqeyini olam uzra yuksaklarga ko'tarish, mamlakatda barqarorlik va ijtimoiy uyg'unlikni ta'minlash, demokratik huquqiy davlat tizimini shakllantirish, ijtimoiy kafolatlarni mukammallashtirish yoiidagi va boshqa qator xizmatlariga alohida to'xtalmaymiz. Zotan, bularning har bin alohida mavzu.
Sobiq SSSRning xomashyo bazasi bo'lmish markaz manfaatlariga qat'iy bo'ysunuvchi yagona tizim zanjiriga qoi-oyog'i, har bir hu-jayrasi bilan chambarchas bog'lab tashlangan respublikaning asli no-chor iqtisodiy-ishlab-chiqarish binosi, SSSR parchalangach, butkul xarobaga aylangan edi. Islom Karimov bozor iqtisodiga o'tish yo'lidagi islohotlarni shunday murakkab sharoitda, shunday nosoz poydevorga tayanib amalga oshira boshladi. Bugungi kunda O'zbekistonning ah-voli Mustaqil davlatlar hamdo'stligida barqarorligi va ijobiy siJjishlari bilan ajralib turibdi. Ammo biz iqtisodiy masalalarga ham batafsil to'xtalmoqchi emasmiz. Bugungi kunda aytish mumkinki, O'zbekiston jahon miqyosida o'ziga xos barqaror siyosiy mavqe kasb etib turibdi. Jahonning eng ilg'or davlatchilik an'analarini o'zbekning milliy tabiati bilan, o'z qadim udumlari bilan uyg'unlashtira olgan Konstitutsiyamiz - mustaqil mam-lakatning asosiy qonuni - har bir sohada batafsil ishlab chiqilayotgan qonun va kodekslar bilan amalda qo'llanib, mustahkamlanib bormoq-da. Bozor iqtisodiga o'tish, mamlakatning ichki iqtisodiy tizimini uyg'unlashtirish, ilg'or texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tat-biq etish borasida o'tgan yillar ichida ulug' ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ijtimoiy uyg'unlik, barqaror osoyishtalik, xalq birdamli-gi fikrlar, qarashlar xilma-xilligi bilan bahamjihat rivojlanmoqda. Turli siyosiy partiyalar o'z mustaqil yo'nalishlarini shakllantirib, siyosiy muhorabaning madaniyatli usullarini, demokratik tamoyillarini o'zlashtirib bormoqdalar. "Vatan manfaati, mustaqillikmanfaatiniham-ma narsadan ustun qo'yadigan, qalbida o'ti va erk tuyg'usi bor, g'ayratli, kuyunchak"1, ayniqsa, bugungi kun millat ehtiyoji va jahon talablariga javob bera oladigan yosh va qobiliyatli avlod asta-sekin maydonga kirmoqda. Xullas, yutuqlar bisyor. Eng muhimi, xalq, mil­lat o'zligini anglab bormoqda. Ammo, baribir, xotirjamlikka o'rin yo'q. Chunki muammolar hanuz yetarli. Jumladan, kishilarimizning, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy
I.Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, T., «0'zbekiston» ~ 1996, 245-b. (Keyingi sahifalarda shu kitob nomi qisqartirilgan holda.) - I. Karimov. Asarlar. 1-jild deb sahifasi bilan ko'rsatiladi. I.Karimov asarlarining boshqa jildlari ham shu tartibda beriladi.)
tarbiyasi borasida qiyinchiliklar ko'ngildagidek bartaraf etildi, deyish qiyin. Insonlar ongining eski aqidalar asoratidan poklanishi oson sav-do emas ekan. Ayniqsa, yurtning yetakchilari bo'lishi lozim bo'lgan ziyolilarimiz ruhiga singib ketgan ko'nikmalarni yengib o'tish mashaqqa-ti liar qadamda sezilib qolyapti. Agar katta-kichik rahbarlar ham oda-tan ayni shu ziyolilar toifasi ichidan yetishib chiqishini inobatga ol-sak, vaziyatning jiddiyligi yanada oydinlashadi. Ularning harbiri jami-yatda o'zi egallab turgan mavqe va maqomini butun mas'uliyati bi-lan, ko'lami va zalvori bilan his etyaptimi, o'tmish va kelajak oldida, xalq va Alloh oldida o'zining har bir qadami uchun javob berishga hozirmi? O'ziga ishonib topshirilgan vazifani eplab, ko'ngildagidek uddalay olishga qudrati, bilim va iqtidori, iroda va saboti yetadimi? Ncga jamoani boshqarish iqtidori, amalga oshirgan ezgu ishlari tufayli xalq e'tiborini qozongan, yaxshi nom orttirgan odamlar ba'zan katta-roq lavozimlarga munosib topilsa, ikki-uch yil o'tmay tabiatida o'zgarish paydo bo'lib qolyapti?
Iqtisodiy va siyosiy islohotlar xalq ongiga teran yetib borishi, amal-da jadal o'zgarishlar hosil qilishi uchun insonlar ongida tub o'zgarishlar yuz berishi zarur. Biz totalitar davlat mulkiga asoslangan iqtisodni rad etib, mulkchilik shakllarining turli-tumanligiga asoslangan erkin bozor iqtisodiga o'tmoqdamiz. Siyosatda yakka partiya, yagona maflcura zo'ravonligiga barham berib, ko'p partiyaviylik, fikr va qarashlar xil-ma-xilligiga yo'l ochmoqdamiz. Lckin insonlar tafakkurini eski anda-zalar, tor qoliplar tugal tark etishi qiyinchilik bilan amalga oshmoq-da. Tafakkurimiz, qarashlarimizdagi yangi tamoyillar hanuz ancha yuzada, ongimizning sirtqi qatlamlarida qolib ketmoqda, ba'zan yan­gi qadriyatlarni ham eski o'lchovlar bilan baholashga urinmoqdamiz. Insonlar ongida tub o'zgarishlar yuz bermas ekan, O'zbekistonning buyuk kelajagini qurish orzusi shirin xayolligicha qola beradi. Ma'naviyat va mafkuraga alohida e'tibor qaratilishining bosh sababi ham shunda.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling