O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning ma'naviyat masala-lariga alohida e'tibori


Download 1.87 Mb.
bet5/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

3-fasl. O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning ma'naviyat masala-lariga alohida e'tibori
Inson ma'naviy dunyosi nozik soha. Undagi vaziyatni osonlikcha, muayyan farmon yoki qaror qabul qilish bilan tuzatib bo'lmaydi. Uni o'nglash uchun yillar davomida muntazam va sabr-toqat bilan maf-kuraviy, tarbiyaviy, ma'rifiy ish olib borish, amaliy chora-tadbirlar, hayotiy o'zgarishlar joriy etish taqozo qilinadi. Milliy ma'naviyat millatning otmishi, buguni va kelajagini qamraydi, ularni yaxlit tizimda tutib turadi. O'tmish ajdodlarimiz merosi bugungi ja-hon darajasi bilan uyg'unlashtirilsa, mamlakatimizdagi voqe ahvolga tatbiq etilsa, undan kelajak kurtaklari unib chiqadi, kelajak siymosi shakllanadi. Shu sababli ham I. Karimov O'zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki kunlardan beri xalq ma'naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e'tibor qaratib kelmoqda. Hali sho'rolar tuzumi mavjud bo'lib, yurtimiz "Sovet Sotsialistik Respublikasi" deb atalgan davrda — 1990-yil 24-mart Oliy Kengash sessiyasida O'zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom Abdug'aniyevich Kari­mov ushbu lavozimga munosib topilgach, O'zbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq "xalqni ma'naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va ma naviy yuksaltirish" masalasi davlat rahbarining eng muhim vazi-falaridan ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi2. Ma'naviyat degan so'zni yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo'lmagan o'sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, o'sha paytlar respublika rahbari uchun katta jasorat edi.
Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident "O'zbekistonning o'zistiqlol va taraqqiyotyo'li"risolasini e'lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi "Mustaqil O'zbekistonnirivojlantirishning ma'naviy-ax-loqiy negizlari" deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma'naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi1. 1995-yil fevral oyida ilk bor ko'ppartiyaviylik asosida o'tkazilgan erkin va demokratik saylovlar hosilasi bo'lmish O'zbekiston Respubli-kasi birinchi chaqiriq Oliy majlisining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Prezident I. Karimov "O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqti-sodiy istiqbolining asosiy tamoyillari" mavzusida katta ma'ruza qilib, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid muhim masalalar bilan bir qatorda millatning ma'naviy takomili yo'nalishida ham yangicha yondashuvlar, dolzarb muammolarning puxta o'ylangan yechimlarini xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Unda awalo, 130 yillik mustamlaka asoratidan qutulib, qayta qad rostlagan mustaqil davlatchiligimizning betakror qiyofasi ochib berildi. Uning xalqimiz, millatimiz "tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining" samarasi, "o'ziga xos, o'ziga mos madaniyati hvq/ining" natijasi ekanligi qayd etildi2. Sotsializm g'oyalarining xalqimiz hayotiga chetdan zo'ravonlik bilan joriy etilgani, ular xalqimizni manqurtlashtirish uchun xizmat qilgani ochiq aytildi. Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Shunday ekan, davlat tuzumini, jamiyat hayotini demokrat-lashtirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish barobarida ma'naviyatga ham doimo alohida e'tibor qaratish talab etilishi voqeiy zaruratdir. Prezident ma'ruzaning "Yuksakma 'naviyat — kelajak poydevori"3 deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to'rt yilida bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo'nalishlarini ham batafsil tahlil etib berdi. "Endigi asosiy vazifa, — deb fikrini davom ettirdi Yurtboshimiz, — kishilarimizning mustaqil fikrlashga o'rganishi, 0 'ziga ishonchining orta borishidir"4. Buning uchun har birimiz "bosib
o'tgan yo'limizni tanqidiy baholab", "buyuk madaniyatimiz tomir-
lariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o'tmishimizdagi boy
an'analarniyangijamiyat qurilishiga tatbiq etmog'imizkerak" Umuman qayd etish joizki, O'zbekiston Prezidenti I. Karimovning deyarli har bir nutqida ma'naviyat masalasiga e'tibor qaratiladi, har bir kitobida alohida bob ajratiladi. Ular birinchi marta alohida yig'ilib, 1994-yiIda "Istiqlol va ma'naviyaf nomli kitob bo'lib chiqqan bo'lsa, 1997-98-yillardayanada to'ldirilib, «Ma'naviyyuksalishyo'lida» («Ha nym ffyxoBHoro Bo3poxjieHHM») nomi bilan o'zbek va rus tillarida mukammal shaklda nashr etildi'. Ayniqsa, Prezidentning «Ma 'naviy meros qudrati» (O'zbekiston mustaqilligining bir yilligi tantanalarida so'zlangan nutq), «Xalqni Vatan manfaatlari birlashtiradi>> (Yozuvchilar bilan suhbat), «Yuksak malakali mutaxassislar ~ taraqqiyot omilh (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida so'zlangan tiutq), « Va­tan -hamma narsadan mo'tabar» (Mustaqillikning besh yilligidagi bayram tabrigi), «Ma'naviy qadriyatlar va miliiy o'zlikni anglashnmg tiklanishi» ("O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlan'" kitobida), «Jamiyati-miz mafkurasi xalqni xalq, miilatni millat qilishga xizmat etsin>> («Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga javoblar), «Tarixiy xo-tirasiz kelajakyo'q» (Tarixchi olimlar bilan suhbat), «Miliiy istiqlol mafkurasi —xalq e'tiqodi va buyukkelajakka ishonchdir>> («Fidokor» gazetasi muxbiri bilan suhbat), «Egali yurt erkini bermas» (2000-yil avgust Oliy majlis sessiyasida so'zlangan nutq), «Alloh qalbimizda, yuragimizda» kabi qator asarlarida ma'naviyat masalalariga oid muhim fikrlar, yangicha g'oyalar olg'a surilgan. 1994-yil bahorida "Ma'naviyat va ma'rifat" respublika jamoatchi-lik markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996-yil sentabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va sama-radorligini oshirish to'g'risida yana alohida Farmon bo'ldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Nihoyat, 1999-yilga kelib, bu markaz Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashiga aylantirildi.
O'zbekiston Prezidentining miliiy ma'naviyat masalalariga bag'ishlangan fikr va mulohazalari alohida yirik jiddiy tadqiqot mav-zusidir. Ammo mazkur tadqiqot yakunlarini kutmay turib ham, I. Karimov asarlarini shu yo'nalishda e'tibor bilan o'rganib chiqqan
odam Prezident qarashlari milliy ma'naviyat nazariyasini shakllanti-rish yo'lida o'q tomirlarni aniq va muayyan ko'rsatib berishga qodirli-giga amin bo'ladi. Shundan kelib chiqib, ushbu kitobdagi mavzularni bugungi kun nuqtayi nazaridan yoritish jarayonida nazariy zatnin si-fatida asosan Prezident I. Karimov asarlarida bildirilgan fikr va xulo-salarga tayanildi.
Yurtboshi xalqdan ayri emas. Chunki xalqning, millatning nihoniy tilagi, istagi bugun Yurtboshining ko'nglidagi tilakdir, istakdir. Prezi-dentning barcha nutq va risolalarini ma'naviyat mavzusi nuqtayi nazari­dan birma-bir ko'zdan o'tkazib chiqqan odamni hayratga soladigan narsa shuki, ajdodlarimiz yaratgan ma'naviy meros, xalqimizning dili-da saralanib kelayotgan, uning og'zaki ijodi, hikmatlari, matal va maqollarida aks etgan ezgu aqidalar va O'zbekiston Prezidentining ma'naviyat masalalariga munosabati, mulohazalari, fikr yo'nalishi o'zak-o'zagidan o'zaro muvofiq va uyg'undir. Boshqacha bo'lishi ham mum-kin emasdek tuyuladi birinchi qarashda. Ammo dunyo siyosatida bun-ga zid misollar kam emas-ku. Alloh taolodan baxt tilaganda to'kis tilagan durust. Ilohi, millatimizga mustaqillik saodatini nasib etgan Parvardigori olam uning bardavomligini ham, barakatini ham to'kis ato etgan bo'lsin. Fnshoolloh, millat va uning Yurtboshisi azm-u qarorda, sa'y-harakatda doimo hamdam, hamqadam kelmoqda, kelajakda ham shunday bo'lsin.
Ma'naviyatsiz buyuk kelajak yo'q. Chunki uni robotlar emas, in­sonlar yaratadi. Insonlar ongi qanday boisa, mamlakat kelajagi ham shunga yarasha bo'ladi. Eng katta boylik — insonlar ruhiyatida yashi-rin. Ana shu sarmoya tobora kengroq miqyosda muomalaga kirgan sari, hosil unumliroq boia beradi, O'zbekistonning jahon hamjamiya-tidagi mavqeyi yuksala beradi, o'zbeklar o'z ajdodlariga munosib ulug'vorlik kasb eta beradi.

2-BOB. MILLIY G'OYA, MAFKURA, MA'NAVIYAT.


MILLIY MA'NAVIYAT NAZARIYASINING
UMUMMETODOLOGIK ASOSLARI

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling