O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


ISLOM MINTAQA MADANIYATI DAVRIDA MILLIY MA'NAVIYATIMIZ TAKOMILI


Download 1.87 Mb.
bet81/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

12. ISLOM MINTAQA MADANIYATI DAVRIDA MILLIY MA'NAVIYATIMIZ TAKOMILI


Milliy ma'naviyatimiz rivojining tarixiy bosqichlari

Tarixiy davr

Shaxs va millat ma'naviyati-ning takomil bosqichlari yoki ma'rifat yo'llari

r
Sunna

VIII-IX
asrlar

[brat

II
Islom ma'rifatchiligi

X-XI
asrlar

Ilm

III
Tasawuf tariqatlari yoxud Irfon

XII-XIII
asrlar

Riyozat

IV
"Majoz tariqi"

XIV-XV
asrlar

Mehr

13. SUNNA BOSQICHINING ASOSIY YUTUQLARI

  1. Payg'ambarimiz (s.a.v.) davridan Tavhid e'tiqodi asosidagi in-soniy birodarlik jamoasi - "umma" tushunchasi shakllana boshlagan bo'lsa, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan (750-yil - Abu Muslim qo'zg'oloni va abbosiylaming hokimiyatga kelishi, 813-yilda Ma'munning xalifalik taxtiga o'tirishi natijasida) mintaqaning uch buyuk xalqi - arab, fors va turkiy clatlararo siyosiy qudratda o'ziga xos muvozanat holati vujudga keldi, ya'ni islomning asl g'oyasi - mu-sulmon ummatining fcnЈ//g/amalda joriy bo'lishiga voqe imkon tug'ildi. Turli islomiy mazhablar (xanafiya, shofe'iya, molikiya, xanbali-ya,ja Tanya), ya'ni islom e'tiqodiga oid qarashlar va amallarnirtg ba'zi farqlarga ega bo'lgan besh yo'nalishi shakllandi va bora-bora ular ora-sida bir-birini inkor etmaslik va o'zaro hurmat munosabatlari o'rnatildi. Bunday turli talqinlararo o'zaro murosa holati oxir natijada e'tiqod masalalarida taassub (fanatizm) va bir yoqlama aqidaparastlik xavfi-ning oldini olishga asos bo'ldi.3. Musulmon huquqi - shaiiat va fiqh asoslarim shakllantirish bosh-landi. Imom A'zam - Abu Hanifa an-Nu'mon bin Sobit (699-767) va uning yaqin shogirdlari Imom Abu Yusuf Ansoriy (731-804) va Imomi Muhammad ash-Shaybon (749-805) bu sohada asoschi bo'ldilar. 4. Payg'ambarimizning hayot yo'llari haqida dastlabki mukammal asarlar- Ibn Is'hoq (704-707) va Ibn Hishom (vafoti 834-yillar) "Sira"lari ("Sirat ai-Rasululloh") vujudga keldi. Bu kitoblarning asosiy g'oyasi risolat (payg'ambarlik - mcssiya) masalasibo'lib, ular keyinchalik umu man payg'ambarlar hayoti va faoliyati haqida batafsil xabar beruvchi kitoblar — "Qisas ul-anbiyolar" yaratish an'anasiga asos namuna bo'ldi,5. Qur'on tafsirlarini tadvin qilish (mukammal tafsir kitoblari tu-
    zish) an'anasi rivoj oldi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-720) davridan Muhammad (s.a.v.) hadislarini jamlash rasmiy tus olib, Imom Malik ibn Anas (713—795)ning "Al-Muvatto", Imom Shofe'iy (767-820) va imom Ahmad ibn Xanbal (780—855)larning "Musnad" deb nomlangan yirik hadis to'plamlari vujudga kelgan bo'lsa, IXasrda hadisshunoslik ilmi mukammalshaki lanib, uning qat'iy qoidalari asosida islom olamida Qur'oni karimdan keyingi eng nufuzli manba hisobiangan 6 sahih (ishonchli) hadis to'plamlari yaratildi. Ularning mualliflari: Abu Abdulloh Ismoil al-Buxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Xajjoj (819-874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824—874), Abu Dovud Sulaymon (817-888), Ahmad an-Nasoyi (830-935), Abu Iso Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (824-886) kabi mashhur muhaddislardir. Rasululloh (s.a.v.) hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishi-larda yuksak insoniy fazilatlarnishakllantirishga. qaratilgan. Ulardagi ota-onaga ehtirom, ilmga intilish, sabr-bardosh, shukronalikka da'vat, o'zaro mehr, inoqlik, mehmondo'stlik, yetimparvarlik, vafo va sadoqat, mehnat-sevarlik va halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlik, samimi-yat va rostgo'ylik xislatlarining birinchi o'ringa qo'yilishi insoniyat uchun bebaho ma'naviy qadriyatlar silsilasini tashkil etadi. Ular asosida islom axloqining munazzam va mukammal bir tizim holida mintaqada puxta shakllanuvibu davrning nihoyatda muhim hodisasi edi. 8. Adab ilmiga asos solindi, she'riyat, filologiya ilmlari rivojlandi. Ibn al-Muqaffaning (724-759) "Al-Adab as-Sag'ir", "Al-Adab-al-Ka-bir" asarlari, Xalil ibn Ahmadning (718-792) lug'atshunoslik va aruz ilmining nazariy asoslariga bag'ishlangan "Al-Ayn" asari dunyoga kel-di, Ibn al-Mutazz(861-908) ilk bor "Ilmi bade'" (she'riy san'atlar haqida ilm)ni kashf etdi. Arab mumtoz she'riyatining asoschilari Abu Nuvas (762-813), Bashshar ibn Burd (714-784), Abul Ataxiya (718-825) kabi ulug' shoirlar, Al-Johiz (775-868) kabi adiblar, ilk bora Rasululloh hadislariga turkiy tilda she'riy sharhlar bag'ishlab doston yozgan alloma shoir Adib Ahmad shu davrda yashab ijod etdilar.


  2. Download 1.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling