O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Insonning moddiy borliqqa ma'naviy munosabati. Ekologik muammolaming hal etilishida ma'naviyat omili
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
3-fasl. Insonning moddiy borliqqa ma'naviy munosabati. Ekologik muammolaming hal etilishida ma'naviyat omili
Vatan mehri mavhum tuyg'u emas. U Vatan oldidagi mas'uliyatdir, uning kelajagi, obod va farovonligi yo'lidagi fidoyi mehnatdir, ona tabiatga e'zozli munosabatdir. Zero, qadam bosib turganimiz ona tup-roq bo'lmasa, qaysi Vatan haqida so'zlash mumkin. Bugungi kunda har bir shaxs o'zini inson sifatida tabiatning boshqa mavjudotlaridan ajratadi, muayyan millat vakili sifatida boshqa xalqlar va elatlardan farqini sezadi va, nihoyat, ahli bashar sifatida o'zga insonlar bilan umumiy jihatlari, ona sayyoraning ongli farzandi sifati-dagi huquq va mas'uliyatlari haqida bosh qotiradi. Tabiat oldida har bir alohida shaxs mas'uldir, chunki u yer yuzidagi xalifadir, har bir elat va millatning o'zi yashab turgan tabiiy makon — Ona Vatani oldida mas'ulligi bor, ammo, baribir, biz yashab turgan yer kurrasi yagona makon va maskanimiz ekan, ahli basharning uning oldidagi mas'ulligi ham yaxlitdir. Bugungi inson ahlining qudrati qarshisida tabiat ojizlanib qolganligi — umumbashariy muammo va umumbasha-riyat uchun tahlikali vaziyatdir. Aql - ma'naviyatga daxldor, ammo ma'naviyat aqldan iborat emas. Ma'naviyat muvozanatni saqlay bilish-dadir va aqlning bugungi qudrati inson ma'naviyatining o'zga jihatla-riga ham jiddiy e'tiborni taqozo qiladi. Zotan, aql va xudbinlikning birlashuvi yaxshilikka olib bormaydi. Buni insonning tabiatga munosa-bati doirasida ko'rib chiqaylik. Bepoyon koinot miqyosida inson zoti istiqomat qilib turgan yer kurrasi kichik bir zarra, xolos. Shu jihatdan qaraganda, sayyoramiz ahli bashar uchun yaxlit Vatandir. Odam Ato va Momo Havoning farzandlari bugungi kunda taqdir taqozosi bilan turli millat va elatlar-ga bo'linib, turli o'lkalarga sochilib ketmishlar. Jumladan, turkiy elat-larning asl ota yurti Turkiston yangi asr boshlarida bolshevizm "dohiy"larining g'arazli nayranglari oqibatida parchalab tashlandi. Bugungi voqelik ushbu o'lkada bir qator mustaqil davlatlarning shakl-langanligi bilan ifodalanadi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo deb atalayotgan ushbu mintaqaning qoq markazidan joy olib turibdi. "O'zbekiston" nomi bugun ham jug'rofiy hudud, ham jahon ham-jamiyatining teng huquqli a'zosi bo'lmish siyosiy birlik, ham ushbu diyorning barcha aholisini qamrab oluvchi yaxlit ijtimoiy voqelikni anglatadi. Ana shu Vatan uchun borlig'ini bag'ishlamagan o'zbek — o'zbek emas. Ammo hamma gapni birdan aytib bo'lmaydi. Biz suh-batni, birinchi navbatda, o'zimiz istiqomat qilib turgan atrof-voqelik, tabiiy muhit, ya'ni ona yerga munosabatdan boshlaganimiz durust. Inson ma'naviyatining birinchi o'lchovi uning ona zaminga, tabiatga munosabatidir, desak mubolag'a bo'lmaydi. Eslab o'tish joizki, tabiat, moddiy borliq ham, ma'naviy mohiyat ham bir manbaga - Xalloqi olamning qudratiga tutashadi, o'shaning hosilasidir. Hayotda asli juda oz miqdorni tashkil etuvchi dahriylargina haqdirlar, ilohiy qudratga ishongan dunyo ahlining ko'pchiligi esa yang-Hshadi, degan aqida nimalarga olib kelganini ko'rdik. Ko'pchilikning ziddiga ish qilish emas, ko'pchilikni tushunishga intilish xayrli amal ekanligiga iqror bo'lish paytimiz keldi. Zotan, ulug' ajdodlarimiz shu yo'ldan borganlar, milliy ma'naviyatimiz shuni taqozo etadi. Ajdod-larimiz aqli va salohiyatini inobatga ollsak, ular bu dunyoni "suvrat" deb, "majoz" deb, "ko'zgu" deb ataydilar. Darhaqiqat, inson dastlab ko'z ochgach, dunyo, atrof-tabiatni ko'zgu singari qabul qiladi, undan o'zini izlaydi, o'zini tabiat orqali anglab yetishga intiladi. Xuddi ana shu davrdan milliy ma'naviyat shakllana boshlaydi.Har bir elat, har bir xalq doimiy istiqomat qiladigan makon o'zga o'lkalardan nimasi bilan-dir farq qiladi, ajralib turadi. Turkiy elat yashagan tabiat sharoiti, albatta, tarixda doimo bir tusda bo'lmagan, turkiy qavmlar Volga va Oka bo'ylari, Shimoliy Kavkaz, Bosfor ko'rfazi qirg'oqlari va Onado'lida, Erondagi Urmiya ko'li va Kavkaz ortidagi Kuba vodiysi, Xuroson va Turonning obod vohalari, Tangritog' etaklari, Irtish va Enasoyni o'rab turgan quyuq o'rmonlar bag'rida, O'rxun va Yoyiq daryolaridan suv ichgan dasht-u dalalarda hayot kechirganlar. Ammo G'arbiy Mo'g'uiistondan Azov dengizigacha, O'rol tog'laridan Shimoliy Afg'onistongacha cho'zilgan ulug' bir sarhadning ko'pchilik qis-mida quyosh nuri mo'l, Allohning obi rahmati tanqisroq, yaylovlar behudud, tabiiy o'rmonlar siyrakroq, cho'l va sahrolar bepoyon, vodiy va vohalar noyobroq, tog'lar baland, ammo abadiy muzliklar kamroq saqlangandir. Shular barchasi bir bo'lib insonning tabiatga munosaba-tida o'ziga xos qadriyatiar tizimini shakllantirgan. Ajdodlarimiz obi hayot atalmish suvni, bizni boquvchi ona zamin tuprog'ini, quyosh va lining inson qo'liga o'rgangan parchasi — olovni muqaddas sanab e'zozlaganlar. Sababi, xuddi shu tabiatning asos unsurlari inson hayo-tini ta'minlovchi bosh omillar ekanligi necha mingyillik hayot tajri-basidan ularga ayon bo'lgan. Demak, inson tabiat, atrof-muhitni tushunishga intilish va u bilan amaliy munosabatlarga kirishish jarayonida o'z moddiyligini ta'minlab va o'zligini tanib borar ekan, inson va tabiat orasidagi munosabatlar-ning ma'naviy jihatlari haqida so'z yuritish o'rinlidir. Inson o'zlikni anglash jarayonida ma'naviy kamolotga erishadi. Is-lomgacha bashariyat erishgan ma'naviy muvozanat asotir tafakkur dara-jasida bo'ldi. Asotir idroki ilmiy idrokdan jiddiy farq qiladi. Insonning tabiat bilan dastlabki munosabatlari faol moddiy munosabatlar bo'lib, yaxlit asotir tafakkur tizimi ushbu munosabatlarning necha mingyillik tajribasi natijasida shakllandi. Bu tizim "Avesto" kitobida, Gerodotning "Tarix"idagi ma'lumotlarda, qadim turkiy bitiklarda, xalqyaratgan og'zaki adabiyot namunalari, maqol va matallarda o'z ifodasini topgan."Avesto" kitobida tabiatga munosabat ikki jihati bilan namoyon bo'ladi. Biri — tabiat unsurlarini muqaddaslashtirish, ikkinchisi — in-sonning tabiat bilan moddiy yaratuvchilik munosabatlarini muqaddaslashtirish. Masalan, Ardvisuraga bag'ishlangan beshinchi yashtda suv ulug'lanadi, uning don undirishi, chorva tashnaligini qondirishi, inson boyligiga baraka keltirib, mulkini ko'paytirishi, o'lkalarni gullab-yashnatishi tilga olinadi. Ammo bu suv mavhum tushuncha shaklida emas, toiib oqayotgan ulkan daryo timsolida namoyon bo'ladi. Zara-tushtra makoni qadim Xorazm ekanini yodga olsak, qut-baraka man-bayi hisoblangan bu azim daryo Amudaryo (Jayxun, O'ko'z daryosi,"Avesto"dagi nomlanishi "Doytiya")dir. "Avesto" matnlari murakkab mazmunga ega. Birgina ushbu alqov (yasht) mazmunini to'liq olib tahlil eta boshlaganda necha qabat maz-munlar silsilasi ochila boshlaydi. Biz faqat eng qadimiy mazmun qa-batiga nigoh tashlab o'tdik. Umuman, "Avesto" mazmunini inson ma'naviy takomili nuqtayi nazaridan tahlil etish nihoyatda qiziqarli xulosalarga imkon berishi shubhasiz. Gerodotning "Tarix" asaridagi qadim asotirlarni turkiy bitiklar bilan qiyosiy o'rganish osmon, yer va inson munosabatlari tarzida aks etgan "tabiat (yer) - inson — ma'naviyat (osmon)" uyg'unligini aj-dodlarimiz qanday his etganligidan xabar beradi. "Yuzada ko 'k tangri Ostida qora yer qilindi, Ikkisiaro kishi o'g'li qilindi" deb boshlanadi Kultegin katta bitigi'. "Irq bitik"da ham inson o'z taqdirini tabiat ko'zgusidan qidiradi. Islomgacha turkiy bitiklarda milliy tafakkur, yunonlarda mantiqiy tafakkur shakllana boshladi. Ammo islomgacha shakllangan falsafiy tafakkur tarkibida asotir tafakkur unsurlari kuchli ta'sir qudratini saqlab qolgani o'sha davr matnlarida ochiq namoyon bo'ladi (masalan, Pla-tonning "Ideyalar dunyosi", yoki "Avesto" dagi turli moddiy hodisa-lar mohiyati bilan bog'liq "iloha"lar). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling