O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Odob, axloq, ma'naviyat. Ma'naviy tarbiya vosita va usullari pog'onadorligi
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
3-fasl. Odob, axloq, ma'naviyat. Ma'naviy tarbiya vosita va usullari pog'onadorligi
. Biz bolaga odob o'rgatamiz. "Qani amakingga bir salom bergin", deymiz. Odob ma'naviyatimizning libosidir. Ba'zi holatlarda libosga qattiq e'tibor beriladi. Masalan, diplomatiya odobining o'z qonun-qoidalari bor. Ba'zan esa ma'naviyat fidoyilari umuman libosga e'tibor bermaydilar. Tasawufning malomatiya tariqida hatto ichki kibrni yen-gish, riyo (ikkiyuzlamachilik, munofiqlik)dan qochish uchun tashqi odobga zid ishlar qilganlar. Notanish inson birinchi bo'lib, qaddi-qomati, husni, kiyinishi va odobi bilan diqqatimizni tortadi. "Voy, anavi kishining qo'polligini, kiygan kiyimi ham bir ahvol ekan", de-yishadi rasida qizlar bir-biriga shivirlashib. Yoki navqiron yigitlar o'tib ketayotgan go'zal chehraga mahliyo bo'lishadi. Uning sarv qomati, did bilan kiyinishi, lola yuz, sunbul sochlari, xumor ko'z-u quyuq kiprik, hilol qoshlari nigohimizni yashnatadi. Agar bunga hayo va andisha ham qo'shilsa, ko'ngilni tamom zabt etdi, deyavering. Insonni tanish odobdan boshlansa, u bilan muloqot davomida axlo-qiy xislatlarini bila borasiz. Va'daga vafo qiladimi, do'stga sadoqati qanday, himmati va saxovati, jur'ati va shijoati, o'ktamligi va oriyati — bareha axloqiy fazilatlari birma-bir ko'z oldingizda namoyon bo'la boradi. Bu fazilatlar majmuyi zamirida esa yaxlit shaxs ma'naviyati nurlanadi. Axloq ma'naviyatga nisbatan surat, tashqi jihat bo'lsa, odob o'z navbatida axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishidir. Shu sababli insonni anglab yetish odobdan axloqqa, axloqdan ma'naviyatga qarab te-ranlashib boradi. Ammo shu bilan birga axloq odobga nisbatan, ma'naviyat esa axloqqa nisbatan keng qamrovli mohiyatlardir. Inson odobi uning bareha axloqiy fazilatlarini namoyon eta olmaganidek, shaxsning bareha axloqiy sifatlarini bir yerga jam etganda ham baribir, uning ma'naviy dunyosini toiiq qamrab olgan bo'lmaysiz. Asli ma'naviyat Haq nurining ko'ngil ko'zgusida aks etishi boiganligidan rnuayyan ma'noda ko'ngil egasining o'ziga ham oxirigacha ma'lum emasdir, g'aybga tutashdir. Allomalar inson ko'nglini tilsim ataydilar. Ko'ngil ko'zgusidagi ma'naviyat nuri tufayli har bir inson o'zi sehrli tilsimga aylanadi, mohiyatan cheksizlik kasb etadi. Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" asaridan yuqorida bir parcha keltirgan edik. Endi uning davomiga e'tibor qaratamiz: "... Ofarinishdin qilib inson g'araz, Oni aylab xalq ichinda bcevaz. Ko 'nglin oning maxzani irfon qilib, Ul tilism ichra o'zin pinhon qilib. Rozi maxfiyganj o'lub bu turfa jism, Sun'idin ul ganj hifzig'a tilism. Ham tilism ul mahzan uzra, ham amin, Ofarin sun'g'ungg'a, eyjonofarin. Aylaganda rozining ganjini arz, Nc samo aylab qabul, oni ne arz, G'ayri insonkim qilib oni qabul."'. (Mazmuni: Butun olamni yaratishdan maqsad inson bo'lib, u ham-ma mavjudot ichida tengi yo'qdir. Uning ko'ngli Irfon xazinasi bo'ldi va bu tilsim ichida Haq o'zini yashirdi. Shunday qilib, bu ajoyib jism, ya'ni inson vujudi maxfiy xazina sirini o'zida yashirgan va ul xazinani saqlovchi tilsimdir. Inson ham bag'riga xazina yashirgan tilsim, ham ul xazinaning posboni, ishonchli ehtiyotlovchisidir. Ey insonga jon baxsh etuvchi, bunday yaratgan mo'jizangga ofarin-lar bo'lsin! Haq o'z shining xazinasini taklif etganda, na yer, na os-mon uni qabul etishga botinmadilar, faqat insongina uni qabul etdi...) Demak, inson ko'ngli irfon xazinasi, Haq sirini o'zida yashirgan tilsim ekan. Inson shu sababli buyukdir. Irfon Haq sirini qalb bilan anglab yetish boiib, unga erishgan shaxs Orif deyiladi. Haq siri Tavhid ma'rifatidir. Tavhid — yagonalik, ya'ni butun borliqning yagona, yaxlit mohiyati. Bu oliy haqiqatni butun koiami va teranligi bilan tushunib yetish oson emas. Buning uchun inson atrof-voqelik, tabiatga, o'zga insonlar, bashariyatga, Vatan va millatga, ota-ona, farzand, do'stga nis-batan huquq va burchlarini mukammal anglab yetmog'i, o'zining ichki qudrati va salohiyati, ruhiyati, iroda va himmatini qalban his qilmog'i zarur. Har bir inson bu yorug' olamga, bu sinov maydoniga bir oliy vazifa bilan kelgan. O'sha asl vazifasi nima ekanini topa bilmasa, tushunib yetmasa, bu dunyodan notamom o'tib ketmog'i mumkin. Dunyodan notamom o 'tmoq biaynih, Erur hammomdin nopok chiqmoq — deb ogohlantiradi ulug' shoir. Run tarbiyasi va uning irsiyatga ta'siri haqida ajdodlarimiz ko'p ibratli kitoblar qoldirganlar. Jumladan, XIII asrda yashab o'tgan Shayx Najmiddin Kubroning iste'dodli muridi Najmiddin Doya qalamiga mansub "Mirsod ul-ibod min al-mabda ilal-maod"(Alloh bandalari-ning boshlang'ichdan tugallanishgacha bo'lgan hayot yo'li) risolasida ruhshunoslik va inson ma'naviy takomili haqida mufassal tahlil va mulohazalar mavjud. Bu kitobning millat ma'naviy takomiliga ta'sirini bilgan Xorazm xoni Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) XIX asrda maxsus topshiriq berib uni fors tilidan o'zbekchaga o'girtirgan va kito-bat ettirgan. Risolaning birinchi bobi — debocha, 5 fasldan iborat ikkinchi bobi esa inson ruhining tabiati, ruh va tan nisbati kabi masala-larga oid bo'lib, mohiyatan ruhshunoslikka muqaddimadir. Kitobning eng asosiy qismi uchinchi bob — 20 faslni o'z ichiga oladi. Unda inson tarbiyasining asosiy masalalari qamrab olingan. Olimning fikriga ko'ra, eng avvalo, inson tanasini to'g'ri tarbiyalamog'i lozim. Muallif tanani running g'ilofi (qolipi) deb hisoblaydi. Uni pok tutmoq, halol mehnat-ga, to'g'ri turmush tarziga odatlantirmoq lozim. Ikkinchi navbatda, ruhiyatni(ko'ngilni) poklamoq talab etiladi. Ushbu birinchi bosqich, Doyaning tasawuriga ko'ra, shariat bosqichidir. Uni temir ma'dani (rudasi) dan sof temir moddasini ajratib olish jarayoniga qiyoslash mumkin. Ikkinchi bosqich, ya'ni po'lat eritish, undan ko'zgu yasash, toblash va sayqallash ishlari mohir ustalarning zukko mahoratini talab etadi. Shu sababli o'tmishda bu yumushlar tariqat suluklarida, ulug' shayxlar nazoratida amalga oshirilgan. Tariqat, ya'ni ma'naviy kamol-ot yo'li, inson nafsiga qayta ishlov berib, uni awal mumdek yumsha-tib, ko'ngil (dil) oynasini bunyod etuvchi olovli ko'raga o'xshatiladi. Ko'ngil ko'zgusiga shunday sayqal berish lozimki, u o'zida ilohiy nur-ni akslantirib, oy singari o'zi ham atrofga nur tarata boshlasin. Albat-ta, har bir inson mustaqil va samimiy ravishda butun vujudi bilan Borliq haqiqati sari intilmas ekan, hech qanday ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Ma'rifat jarayoni ruhiyatda kechadi, tashqi vosita-lar bir ko'mak, xolos. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling