O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet10/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95
3. Kibernetika elektron qurilmalari: a) tibbiy-biologiya axborotini qayta ishlash, saqlash va avtomatik analiz qilish uchun elektron hisoblash mashina; b) hayot uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni boshqarish va odamni o ‘rab olgan muhitning holati ustidan avtomatik analiz o‘rnatish uchun tuzilmalar; d) biologik jarayonlarning elektron modellari va boshqalar.
Elektron tibbiy asbob va apparatlarning ishlatilishi diagnostika hamda davolashning samaradorligini va tabobat xodimining mehnat unumdorligini oshiradi.


1.3Tibbiyot apparaturasining elektr xavfsizligi






1.3 rasm Ikkita elektrodlar orasidagi odam tanasining qarshiligi ichki to‘qimalar va organlarning qarshiligi va teri qarshiligining yig‘indisidan iborat
E lektron tibbiyot apparaturasining ishlatilishi bilan bogiiq boigan eng muhim masalalardan biri, ham bemor uchun, ham tabobat xodimi uchun uning elektr xavfsizligidir.
Bemor har xil sabablarga (organizmning darmonsizlanishi, narkozning ta’siri, kuchsizlanish, tanada elektrodlarning bo’lishi, ya’ni bemorni elektr zanjiriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi h .k ) ko‘ra sog‘ odamga nisbatan alohida elektr xavfli sharoitda boiadi. Shuningdek, tibbiyot elektron apparaturasi bilan ishlaydigan tibbiyot xodimi ham elektr tokidan zararlanish havf-xatari sharoitida turadi.
Elektr tarmog‘i va texnik tuzilmalar odatda elektr kuchlanish beradi. Lekin organizm yoki organlarga elektr toki, ya’ni vaqt birligi ichida biologik obyektdan oqib o'tuvchi zaryad ta’sir ko‘rsatadi.
Ikkita elektrodlar orasidagi odam tanasining qarshiligi ichki to‘qimalar va organlarning qarshiligi va teri qarshiligining yig‘indisidan iborat (1.3- rasm). Organizm ichki qismlarining qarshiligi - Richodamning umumiy holatiga kuchsiz bog’liq bolib, hisoblashlarda kaft-tovon yoli uchun Rich= 1 KOm qabul qilingan.
Terming qarshiligi – Rt ichki organlarning qarshiligidan ancha ortiq bolib, u ichki hamda tashqi sabablarga (terlash, namlik) bogiiq boiadi, bundan tashqari,tananing turli qismlarida teri har xil qalinlikka ega, va, demak, qarshiligi ham turlichadir. Shuning uchun (odam terisining qarshiligini noaniqligini hisobga olib) uni hisobga olmaydi va I = U / Rich = U / 1000 deb hisoblanadi. Masalan, U = 220 V boiganda I= 220/100 A = 220 mA. Umuman olganda, teri qarshilikka ega va real sharoitda, 220 V kuchlanishda tok kuchi 220 mA dan kichikdir.
Elektron tibbiy apparatura bilan ishlashda xavfsizlikni ta’minlashning barcha mumkin boigan choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Asosiy va boshlang‘ich talab — kuchlanish ostida turgan apparaturaning qismlariga qol tegib ketmasligidir.
Buning uchun eng avval kuchlanish ostida turgan asbob va apparaturaning qismlarini bir-biridan va apparatning korpusidan muhofaza qilinadi. Bunday rolni bajaruvchi izolatsiya asosiy yoki ishchi izolatsiya deyiladi.Korpusdagi teshiklar - barmoqlarni, bezak uchun taqiladigan zanjirlarni va h.k. to‘satdan apparatning ichki qismlariga kirib va tegib ketmasligini muhofaza etishi kerak.
Biroq, kuchlanish ostida bo‘lgan apparat qismlari yopiq bo‘lsa-da, bu aqalli ikkita sababga ko‘ra xavfsizlikni hali ta’minlamadi.
Birinchidan, apparatning qisimlari va uning korpusi orasidagi izolatsiya qanday bo‘lmasin asbob va apparatning o‘zgaruvchan tokning qarshiligi, elektr tarmog‘ining simlari va yer o‘rtasidagi qarshilik ham cheksiz emas. Shuning uchun odam apparatning korpusiga tekkanda, uning tanasi orqali sirqish toki deb ataladigan tok o‘tadi.
Ikkinchidan, ishchi izolatsiyaning buzilishi (eskirishi,atrofdagi havoning namligi) tufayli apparatning ichki qismlarning korpusi bilan elektr tutashuvi ro‘y berishi ehtimoldan xoli emas - korpusga urish va apparaturaning tashqi tegish mumkin bo‘lgan qismi — korpusi — kuchlanish ostida bo‘ladi.





Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling