O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
5.2 rasm Biologik sistema va elektrodlarni o‘z ichiga olgan elektr zanjirinig ekvivalent elektr sxemasi
Elektrod — teri o‘tish qarshiligini kamaytirish uchun elektrod va teri orasidagi muhitning e lek tr o ‘tkazuvchanligini oshirishga urinadilar, buning uchun fiziologik yeritmaga hollangan marli sochiqdan yoki elekt r olkazuvchi pastadan foydalaniladi. Bu qarshilikni elektrod — teri kontaktining yuzasini kattalashtirish yo‘li bilan ham kamayirish mumkin, ya’ni elektrodning o‘lchamini kattalashtirib, lekin bunda elektrod bir qancha ekvipotensial sirtlarni egallaydi va bunda elektr maydonining haqiqiy manzarasi buziladi. Vazifasiga ko‘ra bioelektrik signalni olish uchun elektrodlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) funksional diagnostika xonalarida qisqa muddat ichida, ya’ni masalan, elektrokardiogrammalami bir marta olish uchun; 2) uzoq muddatda qo‘llaniladigan, masalan, uzluksiz terapiya palatalari sharoitlarida og‘ir bemorlami doimiy kuzatib turishda; 3) harakatdagi tekshiruvlarda qo‘llaniladigan, masalan, sport yoki kosmik meditsinada; 4) tezlik bilan qo‘llashda, masalan, tez yordam berish sharoitlarida qo‘llaniladigan elektrodlar. Barcha hollarda elektrodlar qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyati namoyon bo‘lishi tushunarli. Agar bioelektrik signallami kuzatish uzoq davom etsa, fiziologik yeritma qurib qolishi mumkin va bunda qarshilik o‘zgaradi. Bemor hushidan ketgan paytda ignasimon elektrodlami ishlatish qulaydir va hokazo. Elektrofiziologik tekshirishlarda elektrodlardan foydalanishda ikkita o‘ziga xos masala vujudga keladi: ulardan biri elektrodlami biologik to‘qima bilan kontaktida galvanik E.Yu.K. ning hosil bo‘lishi hisoblanadi. Boshqasi elektrodlaming elektrolitik qutblanishi, u toq o‘tganda, elektrodlardan reaksiya mahsulotlarining ajralishida namoyon bo‘ladi. Natijada asosiyga nisbatan qarshi kelgan E.Yu.K. vujudga keladi. Ikkala holda vujudga keladigan E. Yu.K. elektrodlar yordamida olinadigan foydali bioelektrik signalni buzadi. Shunday usullar mavjudki, ular shu singari ta ’sirlarni kamaytiradi yoki yo'qotadi, biroq bunday usullar elektrokimyoga aloqador bo‘lib, bu kursda u ko‘rib chiqilmaydi. Nihoyat, ayrim elektrodlaming tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Elektrokardiogrammani olish uchun elektrodlar, ya’ni tarmoqlar kabellarining uchlari qo‘yiladigan va mahkamlanadigan 1- qisqichli metall plastinkalar (5.3- rasmda) maxsus rezina lentalar bilan oyoq-qo‘llarga mahkamlanadi. Kabellar elektrodlami elektrokardiograf bilan ulaydi. Bemorning ko‘kragiga 2- ko‘krak elektrod o‘rnatiladi. U rezina so‘rg‘ich bilan ushlab turiladi. Bu elektrod ham tarmoq kabeli kabi klemmaga ega.
Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling