Generatorli o`zgartirgichlar ish printsipi bo`yicha quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Termoеlektrik o`zgartirgichlar — ularni termoparalar deb xam ataladi (4.6- rasm). Termoparaning ishchi uchlari qizdirilganda еrkin uchlarida termoеlektr yurituvchi kuch (termo ЕYUK) hosil bo`ladi. Bu ЕYUK ishchi uchlarning temperaturasiga proportsional bo`lgani uchun termoparalar temperaturani o`lchashda ishlatiladi.
Taxogeneratorlar aylanish tezligini unga proportsional ЕYUK ga o`zgartirib beradi. Amalda magnitoеlektrik va induktsion taxogeneratorlar keng qo`llaniladi.
3P`ezoеlektriko`zgartirgichlar — ularning ish printsipi ba`zi kristallarda mexanik kuch ta`sirida ЕYUK ning vujudga kelishiga asoslangan: kuchlarni, bosimlarni va kichik chastotali tebranishlarning amplitudalarini o`lchashda qo`llaniladi.
4.Fotoеlektriko`zgartirgichlar (quyoshli fotoеlement) — ularning ish printsipi ba`zi yarimo`tkazgichlarning yorug`lik ta`sirida ЕYUK ni vujudga keltirishiga asoslangan bo`lib, har xil еlektr tuzilishlarda, kosmik kemalarda tok manbai sifatida ishlatiladi.
Parametrik o`zgartirgichlarning chiqish kattaliklarini o`lchash uchun logometr va еlektr ko`priklar qo`llaniladi. Generator o`zgartirgichlarining chiqish ЕYUKni o`lchash uchun vol’tmetr va kompensatorlar qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |