Har qanday medik-biologik tadqiqotlar tegishli axborotni olish va uni qayd qiiish bilan bogiiqdir. Shu maqsad uchun ishlatiladigan qurilmalar va metodlarning har xil boiishiga qaramay, ularning umumiy sxcmalari va ishlash prinsiplarini ko‘rsatib olish mumkin. Mazkur bobda ko‘rib chiqiladigan masalalar qisman kibernetikaga tegishli.
Medik-biologik sistemaning holati va parametrlari to‘g‘risidagi axborotni olish v a yozish uchun bir butun tuzilmalar to'plami bo'lishi lozim. Bunday to'plamning birlamchi elementi sistemasining o‘zi bilan bevosita kontaktda yoki o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan olish tuzilmasi deb ataluvchi o‘lchamlar vositasi sezgir elementdir, qolgan elementar medik-biologik sistemadan odatda ajralib turadi, ayrim hollarda o‘lchov sistemasining qismlari o‘lchanuvchi obyektdan ma’lum masofaga eltib qo‘yiladi. O‘lchov zanjirining tuzilish sxemasi 5.1- rasmda tasvirlangan. Bu sxema umumiy bo‘lib, tibbiyotda diagnostika va tekshirish uchun qo‘llaniladigan barcha real sistemalami o‘zida aks ettiradi. Tibbiy elektronika tuzilmalarida sezgir element yo elektr signalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatadi yoki bunday signalni biologik sistema ta’sirida o'zgartiradi. Shunday qilib, olish tuzilmasi, mediko-biologik va fiziologik mazmundagi informatsiyani elektron tuzilmaning signaliga o‘zgartirib beradi. Tibbiy elektronikada ikki ko‘rinishdagi olish tuzilmalaridan foydalaniladi: elektrodlar va datchiklir.
O‘lchash zanjirining tugallovchi elementi qilib shunday o'lchov vositasi olinadiki, u biologik sistema to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuvchi uchun qulay shaklda aks ettiradi yoki qayd qiladi. Ko‘pincha olish tuzilmasi va o‘lchov vositasi oralig'ida boshlang‘ich signalni kuchaytiruvchi va uni masofaga uzatuvchi elementlar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |