5.14 rasm O‘zi yozgichning tashqi ko‘rinishi
5 .14- rasmda mana shunday PDS — 21 M modelli o‘zi yozgichning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan. Y ozib olishda ko‘ndalang joylashgan reyka ilgarilanma harakat qiladi, uning siljishi beriladigan signallardan (parametrlardan) biriga— x ga proporsional bo‘ladi. Reyka bo‘ylab yozgichi bor karetka ikkinchi parametr уning o ‘zgarishiga proporsional ravishda qo‘zg‘alib boradi. Natijada yozgich murakkab harakat qila boshlaydi va qog'ozda Y = f ( v ) funksiyaning grafigini qoldiradi.
Tibbiyot amaliyotida ma’lumotlarni qayd qilishda analogli qayd qiluvchi asboblar bilan birga elektron-nurli trubkalar kabi inersion bo'lmagan, kombinatsiyalashtirilgan tuzilmalar ham ishlatiladi. Masalan, vektor-kardioskop rasmga qarang, (uning asosiy qismi elektronnurli trubka hisoblanadi) elektr va vektor-kardiogrammani tasvirlab ko‘rsatadi.
Elektron-nurli trubka kombinatsiyalashtirilgan tuzilmalar guruhiga kiradi, chunki u chiqishdagi ma’lumotni faqat analogli emas, balki diskret (raqamlar, harflar) shaklda ham aks ettirishi (qo'shimcha ravishda suratga tushirishda qayd qilishi) mumkin.
6-BOB.BIOPOTENSIALLARNI QAYD QILUVCHI TIBBIYOT ASBOBLARINING ISHLASH QONUNIYATI
6.1. Biopotensiallarni olish va qayd qilish
Bioelektrik potensiallar ko'pgina kasalliklarning muhim diagnostika ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun eng muhimi, birinchidan, bu potensiallami to‘g‘ri qayd qila olish bilan, ikkinchidan, o‘lchov natijalaridan kerakli meditsina ma’lumotini ajratib olishni bilishdir.
Biopotensiallami qayd qiluvchi meditsina asboblarining strukturaviy sxemasi 6.1- rasmda tasvirlangan.
Klinika amaliyotida biopotensiallami teri ustiga qo‘yiladigan elektrodlar yordamida uzatiladi, yozishni analogli qayd qiluvchi tuzilmalar yordamida amalga oshiriladi. Bir tarmoqdan boshqasiga o ‘tishni alohida kalit yordamida bajariladi. Biopotensiallar vaqt bo ‘yicha deyarli sekin o ‘zgargani uchun asboblarda odat doimiy tok kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Elektrokardiografiyadagi biopotensiallarning qiymati bir necha millivolt tartibda, elektroentsefalografiyada esa mikrovoltda bo‘ladi, shu sababli qayd qilish uchun ularni bir necha ming marta kuchaytirish kerak boMadi, bunga esa ko‘p kaskadli kuchaytirgich yordamida erishiladi.
6.2- rasmda elektrokardiogrammani yozish uchun tranzistorli, EK—873 tipdagi ixcham elektrokardiografning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan, 6.3- rasmda esa ixcham vektor-kardioskop VEKS—1 p ko‘rsatilgan. Bu asbobda yurakning elektr aktivligini elektrokardiografik usul bilan ham, vektor-kardiografiya usuli bilan ham tekshirish mumkin. Jarayon elektron-nurli trubka ekranida kuzatiladi va uni suratga olish ham mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |