O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- R = p l / S
5.5 rasm Datchik rezina naycha 1- ko‘rinishida qilingan 2- ko‘mir kukuni bilan to ‘ldirilgan. 3-Trubkaning kesilgan joylariga elektrodlar biriktirilgan.
D atchiklar bilan ishlashda ularning o‘ziga xos boigan xatoliklarini hisobga olish lozim. Xatoliklarga olib keluvchi sabablar: 1) o‘zgartiruvchi funksiyaning temperaturaga bog'liqligi; 2) gisterizis — datchikda qaytmas jarayonlar natijasida ro‘y beradigan kirish kattaligining sekin o ‘zgarishlari hamda Y ning X dan kechikishi; 3) o‘zgartiruvchi funksiyaning vaqt bo‘yicha doimiy bolmasligi; 4) ko'rsatishning o‘zgarishiga olib keladigan datchikning biologik sistemaga teskari ta’siri; 5) datchikning inertligi (uing vaqtiy xarakteristikalarini hisobga olmaslik) va boshqalar. Tibbiyotda ishlatiladigan datchiklarning konstruksiyasi juda xilma-xildir, oddiylardan (termojuft tipidagi), to murakkab datchiklari-gachadir. Misol sifatida eng oddiy-nafas olish datchigi-reostatli (rezistivli) datchikni bayon etamiz. Bu datchik (5.5- rasm) rezina naycha— 1 ko‘rinishida qilingan bo‘lib, u ko‘mir kukuni — 2 bilan to ‘ldirilgan. Trubkaning kesilgan joylariga elektrodlar —3 biriktirilgan. Ko‘mir orqali tashqi manba 4 dan tok o ‘tkazish mumkin. Trubka cho‘zilganida uzunligi ortadi va ko‘mir ustunining ko'ndalang kesimi quyidagi formula bo‘yicha kamayadi: R = p l / S bu yerda p — ko‘mir kukunining solishtirma qarshiligi. Shunday qilib, agar trubka bilan ko‘krak qafasi bog'lansa yoki odatda qilinadigandek trubkaning uchlariga tasmani birlashtirilsa va ko‘krak qafasi o‘rab olinsa, nafas olishda trubka cho‘ziladi, nafas chiqarishda siqiladi. Zanjirda tok kuchi nafas olish chastotasiga ko‘ra o‘zgaradi, buni esa mo‘ljallangan o'lchov sxemasini qo‘llab yozib borish mumkin. Xulosa qilib aytganda, datchiklar biologik sistemalar retseptorlarining texnikaviy o'xshashidir. 5.4 Signalni uzatish. RadiotelemetriyaOlingan va kuchaytirilgan elektr signalni qayd qiluvchi (olchovchi) asbobga uzatish zarur. Ko‘pincha elektrodlar yoki datchiklar, kuchaytirgich va qayd qiluvchi asbob bir butun tuzilma sifatida konstruktiv yasalgan bo‘ladi, biroq o‘lchovchi qism biologik sistemadan biror masofada turishi mumkin, bunday olchashlar telemetriyaga yoki birmuncha torroq biotelemetriyaga daxldordir. Bunday hollarda datchik va qayd qiluvchi asbob orasidagi aloqa yo simlar, yoki radio orqali amalga oshiriladi. Telemetriyannig keyingi varianti radiotelemetriya deyiladi. Bu xildagi aloqada kosmik tadqiqotlarda—kosmik kemaning va uning ekipaji haqidagi, sport meditsinasida — mashg‘ulot o‘tkazib turgan vaqtda sportchining fiziologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotni olish uchun keng ravishda foydalanadilar. Masalan, sportchi shlyomidagi, 300-500 m masofaga (ya’ni stadion chegarasida) radio to‘lqinlar tarqatuvchi uzatgich antenasi yordamida uning ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilab olish mumkin. Radiotelemetriya ovqat yo‘llarini endoradiozondlash uchun ham ishlatiladi. Bu masalani mukammalroq ko‘rib chiqamiz. Radioperedatchikli miniatur (kichkinagina hajmdagi) kapsula (endoradiozond, 5.6- rasm) bemor tomonidan yutiladi (5.7- rasm).
Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling