O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Analogli qayd qiluvchi tuzilmalar


Download 6.53 Mb.
bet32/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95

5.5 Analogli qayd qiluvchi tuzilmalar


5.1- rasmda tasvirlangan texnik sxemaning oxirgi elementi tibbiy-biologik ma’lumotni aks ettiruvchi yoki qayd qiluvchi o‘lchov (tekshiruv) tuzilmalari hisoblanadi.
Aks ettiruv tuzilmalari deb shunday tuzilmalarga aytiladiki, ular ma’lumotni vaqtincha ko‘rsatib, yangi ma’lumot hosil bo'lishi bilan oldingi ma’lumot izsiz yo‘qolib ketadi. Strelkali asboblar: ampermetr, voltmetr va boshqalar bunga misol b o ‘ladi. Masalan, strelkali ampermetr to k kuchini berilgan vaqt momentida ko‘rsatsa-da, uni belgilamaydi. Zanjirda tok kuchining o‘zgarishi bilan oldingi qiymat to‘g‘risidagi ma’lumot qaytmasdan yo'qoladi. Bunday tuzilmalarda aks ettiriladigan ma’lumotni esga tushirish uchun atayin uni yozib borish kerak, buni esa talabalar fizika laboratoriyalaridan bajaradilar.
Aks ettiruvchi tuzilmalardan qarshilik elektrotermometri, puls urishini o‘lchagich va boshqa shu kabi tibbiy asboblar tayyorlashda foydalaniladi. Tibbiyot elektronikada qayd qiluvchi asboblar keng tarqalgan bo'lib, ular ma’lumotni qandaydir tashuvchida belgilab boradi. Bu olingan tibbiy-biologik ma’lumotni hujjatga olish, saqlash, ko‘p marta foydalanish, ishlab chiqish va analiz qilish imkonini beradi.
Aks ettiruvchi va qayd qiluvchi asboblar analogli uzluksiz, diskretli, analogli va diskretli asboblarning imkoniyatlarining birga qo‘shilishidan tashkil topgan kombinatsiyalilarga bo‘linadi. Tibbiy-biologik tekshirishlar amaliyotida eng ko‘p tarqalgan analogli qayd qiluvchi tuzilmalarni mukammalroq ko‘rib chiqamiz. Ularning b a ’zilari o‘zi yozuvchi asboblar yoki o‘zi yozgichlar deb ataladi.



5.10 darsElektrokimograf
T

5.11 rasm Qayd qilinuvchi kattalikka proporsional bo‘lgan yozgichning yoki yorug’ t dog'ning y— siljishi olingan grafik
ibbiyot
, biologiyavafiziologiyadaasosantashuvchidama’lumotniqaydqilishningquyidagiusullaridanfoydalaniladi: a) moddaqatlamini (bo‘yoqni) yurgazish; siyoh-perolivaoqizibyozadigansistemalar; b) tashuvchimoddalamingholatinio‘zgartirish: fotoregistratsiya, elektrkimyoviy, elektrofotografiyaviy (kserografiya) vamagnitliyozuv; d) tashuvchidanmoddaqatlaminiko‘chirish: dudlabqorayganyuza, issiqlikniyozish. Fiziologiktajribadahozirgikundahamqo‘llanilayotganengsoddao‘ziyozgichlardanbiriburalganprujinadanishlovchikimograf (5.10- rasm) yokielektrokimografhisoblanadi. Elektrokimograf uning barabanini bir tekis aylanishi elektro-dvigatel yordamida amalga oshiriladi.
Kimograf g‘oyasi — tekshiriluvchi kattalikning vaqtga bog'liqligini o‘lchovchi hozirgi zamon analogli qayd qiluvchi asboblarning asosan ko‘pchiligida tashuvchining bir tekis aylanishi yoki sirtining ko‘chishi saqlanadi. Qayd qilinuvchi kattalikka proporsional bo‘lgan yozgichning yoki yorug’ t dog'ning y— siljishi olingan grafikning (5.11- rasm) ordinatasi bo‘ladi. Tashuvchining (qog‘oz, fotoplyonka) bir tekis ko ‘chishi shuni bildiriladki, abssissa t— vaqtga proporsional ekan. Natijada hosil bo‘lgan egri chiziq Y = / (t)munosabatni aks ettiradi.
Tibbiyot apparaturasida ishlatiladigan o‘zi yozgich asboblar elktr signalni mexanik ko‘chirishga o‘zgartirib beradi. Fizik nuqtayi nazardan ular galvanomer bolib, juda kichik tok kuchiga reaksiya beruvchi yuqori sezgirlikdagi elektr o‘lchov asboblari hisoblanadi. Bu asboblarda g‘altaklardan, simli ramka yoki halqadan o'tuvchi tok doimiy magnitning magnit maydoni bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Buo‘zaro ta’sir natijasiga harakatlanuvchi qism (magnit, simli ramka yoki halqa qismlari) tok kuchiga proporsional ravishda, ya’ni elektr signalga proporsional ravishda og‘adi.
Harakatlanuvchi qism bilan yozuv elementi birlashtirilgan bo‘lib, u qo'zg'aluvchi tashuvchida yozuv izini qoldiradi, bu element alohida kapillarpero yoki oqizuvchi o‘zi yozgichdagi konus naychali shisha kapillar yoki yorug‘lik nurini qaytaradigan ko'zgucha yoki boshqa narsa bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida 5.12- rasmda o‘zi yozgich tasvirlangan. Bunda 1 — elektromagnit, uning o'ramlarida esa qayd qilinuvchi elektr signali o‘tadi; 2 — silindr shakldagi doimiy magnit, u shisha kapillar, 3 bilan mahkam boglangan, 4 kapillarnin g konus naychasidan bosim ostida y siyoh otilib chiqadi va iz qoldiradi, u doimiy magnitning og‘ishiga va shuningdek, elektrmagnitdagi tok kuchiga proporsional bo‘ladi.






Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling