O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet40/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Vektorеlektrokardiografiya. Yurak miokardining qo`zg`alishi natijasida hosil bo`ladigan depolyarizatsiya va repolyarizatsiya jarayonlari bir paytda yurakning turli qismlarida yuz bermaydi, shu sababli yurakning bu sohalari orasidagi potentsiallar farqi ham miqdor, ham yo`nalishi jihatidan doim o`zgarib turadi. Bu potentsiallar farqi vektor kattalikdir, yurakning hamma mushaklarini bir vaqtda qo`zg`alishiga jalb qilinmaganligi va qo`zg`alishning turli yo`nalishlari bo`yicha har xil tarkalganligi sababli potentsiallar farqi vektori o`z yo`nalishini o`zgartiradi. Vektorеlektrokardiografiya bu o`zgarishni ilg`ashga imkon beradi. Buning mazmuni bir vaqtning o`zida o`zaro parallel bo`lmagan tekisliklardagi potentsiallar ayirmasini yozib olishga imkon beradi. Buning uchun to`rtta еlektrod ko`krak qafasining oldi tomonidagi yuzaga va bir еlektrod chap ko`krak chetiga joylashtiriladi (I. T. Akulinichev). Ikki juft еlektroddan yozib olinayotgan potentsiallar farqi kuchaytirilgandan so`ng, ostsillografning vertikal va gorizontal plastinkalariga uzatiladi Ostsillograf еkranida bir qator tishlar (sirtmoqlar) shakli chiziladi, ular R, Q, R, T harflari bilan belgilanadi (9-rasm). Uzatishlarni kombinatsiyalash orqali turli tekisliklardagi vektorеlektrokardiografiya (VЕKG) olinadi va sirtmoqlarning shakli, sirtmoq kengligi bo`yicha maksimal vektor yuzasi, yo`nalishi, sirtmoq chegarasining ortig`i tahlil qilinadi.





6.7 rasm. odam yuragining vektoelektrokardiogrammasi. X-X1 vertikal o’q. Y-Y1gorizontal o’q 1. QRS sirtmoq 2.T sirtmoq 3. P sirtmoq 4. QRS sirtmoqning to’g’ri burchakli koordinata tizimida joylashuvini aniqlovchi burchak. 5. QRS va T sirtmoqlarning maksimal vektorlari orasidagi va T sirtmoqlarni qayd qilishda nurning harakat yo’nalish o’q chiziqlar bilan soat millari yo’nalishiga qarama-qarshi ko’rsatilgan


Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling