O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet42/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95
Akustik tekshirish usullari. Akustik tekshirishlarning еng ko`p tarqalgan usullaridan biri auskul’tatsiya bo`lib, bunda a`zolarning ish faoliyatida yuz beradigan tovush hodisalari tinglanadi. Auskul’tatsiya usulining asoschisi ulug` frantsuz vrachi Laеnnek (1781-1826) deb qabul qilingan. U turli a`zolarda hosil bo`ladigan tovushlarni еshitish uchun stetoskopdan foydalangan. Keyinchalik stetoskop asosida fonendoskop yaratildi.
Еshitish (auscultatio)- aholini tibbiy nazoratdan o`tkazishda, tashxis qo`yishda qo`llaniladigan usullardan biri bo`lib, bu usul yordamida odam organizmidagi turli holatlarda jumladan:
-nafas olish va chiqarishda o`pkaning bronxlarida va plevralarida paydo bo`ladigan tovushlarni;
-yurak qisqarishlarida va yurak perikard bo`shliqlarida paydo bo`ladigan tovushlarni;
-tomirlarda pul’s to`lqini o`tayotganda (qon bosimini o`lchashda, aterosklerozda, anevrizmalarda) paydo bo`ladigan tovushlarni;
-cheklangan darajada maxsus hollarda qorin bo`shlig`ini a`zolarida paydo bo`ladigan tovushlarni;
-bo`g`imlarda-ularning harakati vaqtida paydo bo`ladigan me`yordagi va patologik hollarda paydo bo`ladigan tovushlarni aniqlashda foydalaniladi.
Ko`proq auskul’tatsiya usulidan kardiologlar ham yurak tonlarini aniqlashda foydalanadilar.
Yurakni auskul’tatsiya qilishda ikkita ton farqlanadi. Birinchi ton sistolaning boshida paydo bo`lib, past va davomli bo`ladi. Birinchi tonsistolik ton deb nom olgan, qorinchalar sistolasidan kelib chiqadigan kompleks hodisalarga bog`lashadi (bo`lmacha qorinchaning tabaqali klapanlariyepilishi, yurak torlari (iplari) tebranishlari va so`rg`ichsimon yurak mushaklarining qorinchalar miokardining taranglashuvi). Ikkinchi ton ancha baland va qisqa bo`lib, yarimoysimon klapanlarning yurak diastolasi davrida, yopilishidan paydo bo`ladi. Shuning uchun u diastolik ton deb ataladi.
Birinchi ton, odatda, chapdan beshinchi qovurg`alararo o`mrov chizig`ida еshitiladi. Bu nuqtadagi sistolik ton, asosan, yurakning chap bo`lmachasi va chap bo`lma - qorincha klapan faoliyati bilan bog`liq. Yurakning o`ng bo`lmachasi va o`ng bo`lmacha - qorincha klapanining qisqarishidan yuzaga keladi, xuddi shunday ton to`rtinchi qovurg`alar oralig`idagi to`sh sohalarida ham еshitilishi mumkin.






Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling