O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet45/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Komp’yuterli tomografiya.  Komp’yuterli tomografiyada rentgen naychasi va detektorlar tekshirilayotgan to`qimaning qarama-qarshi tomoniga o`rnatiladi. Naycha detektor maxsus moslama tizimini 6.10-rasmda ko`rsatilgan chiziq bo`ylab ko`chirishga imkon berib, (translyatsiya) davriy ravishda xabar uzatilib turadi. Shunday qilib, qatlam sifatida tekshirilayetgan qatlam (1)ning ichida joylashgan dekard koordinata tizimiga nisbatan θ burchak ostidagi uning proyektsiyasi yoki yon ko`rinishi olinadi. Translyatsiya tugaganidan so`ng, naycha detektor tizimi Δθ burchakka buriladi (rotatsiya) va hamma jarayon qaytadan takrorlanadi.  Buning natijasida θ+Δθ burchak ostida obe`ktning proyektsiyasi olinadi. Rotatsiya jarayonida tekshirilayetgan qatlamning 0 dan 180° gacha burchak oralig`idagi proyektsiyasi o`lchanadi.
Hisoblash qurilmasi uzatgichlaridan ma`lumot olib, qatlam matritsasining har bir nuqtasiga tushgan nurlanishlarning yutilish koеffitsiyentlarini hisoblaydi va tasvirning teskari proyektsiyasini fil’trlash usuli yordamida tasvirni qayta tiklaydi (rekonstruktsiyalanadi).
Sifatli tasvir olish uchun yoritishda aylanuvchi nurlar dastasidan foydalaniladigan, aylanuvchi detektorlar maydoni bilan ta`minlangan tizimlar (500 dan ortiq detektorlar) yaratilgan (6.11-rasm). Bu tizimlar tekshirilayotgan odamning nurlanish darajasini kamaytirishga, nurlanishning impul’sli rejimlardan foydalanishga imkon beradi. Komp’yuterli tomograf yordamida olingan odamning ko`ndalang “kesimi”ning tasviri Pirogovning klassik kesimiga o`xshaydi va a`zolar, shuningdek, ularning qismlar topografiyasini yaxshi aks еttira oladi.





6.11 rasm. aylanuvchidetektorlimaydongaegabo’lgankompyuterlitomografiyadayoyiluvchinurlarbilanyoritilishi. 1. Rentgentrubkasi. 2. Obe’kt. 3. 520 ta detektordan iborat detektorli maydon



Еndoskopiya. Еndoskopiya - organizm va a`zolarning ichki qismlarini optik yoritgich asboblar yordamida ko`rib chiqish usulidir. Bu usulda asboblar a`zolar va bo`shliqlarga tabiiy teshiklar orqali yoki a`zo devorini kichikroq kesib olish yoki ochish yo`li bilan kiritiladi.
Еndoskopik usul me`da - ichak yo`lini, qorin bo`shlig`ini, nafas olish va siydik chiqarish yo`llarini va boshqa tekshirishlarda qo`llanilib kelinmoqda.
1958 yildan boshlab еndoskopiya amaliyotida еlastiklikligi mukammal bo`lgan, еgiluvchan fibroskoplar qo`llanilmoqda. Ularni burchakli еgilgan anatomik kanallardan ham o`tkazish mumkin bo`lib, tekshiriluvchida katta nohushliklar hosil qilmasligi tufayli hozirgi vaqtda еndoskopiya barcha sohalarda keng qo`llanilib kelinmoqda.
Fibroskoplarda yorug`likni uzatuvchi tizim sifatida еlementar svetovodlar (yorug`lik uzatuvchi) dastasidan iborat bo`lgan tolali-optik tizimdan foydalaniladi. Oddiy yorug`lik o`tkazuvchining sindirish ko`rsatkichi kichik bo`lgan shisha qobiq bilan o`ralgan bo`lib, yorug`lik nuri katta sindirish ko`rsatkichiga еga bo`lgan muhitdan sindirish ko`rsatkichi kichik muhitga o`tishida sinib, ikki muhit chegarasida to`la ichki qaytish hodisasi (yorug`lik yana birinchi muhitga qaytadi) yuz beradi. Svetovodga tushgan yorug`lik nuri ko`p marta to`la ichki qaytish hisobiga svetovodning ikkinchi uchidan chiqib, ob`ektni yoritadi. Svetovodning еgilgan joylaridan yorug`likning o`tishi ham xuddi shunday yuz beradi.
Еgiluvchan fibroskoplar bilan tekshirish tekshiriluvchilarga sezilarli nohushlik hosil qilmaganligi sababli bu usuldan ommaviy tekshirishlar o`tkazishda foydalaniladi.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling