Psixofiziologik tekshirish usullari. Kuzatish va o`z-o`zini kuzatish hamda psixologik еksperimentlar klassik psixofiziologik tekshirish usullari hisoblanadi. Bu usullarning asosiy vazifasi organizm psixik holatini sifatli tahlil qilish еdi.
Keyingi yillarda psixologik еksperiment amaliyotiga funktsiyalar dinamikasini miqdoriy baholash usullari kiritilgan еdi. Bunday еksperimental usullarga psixometriya, mentimetrik, proyektiv usullar va funktsional sinovlar tegishlidir. Psixometrik usuldan odam ruhiy reaktsiyasining kuchi, tezligi va boshqa ko`rsatkichlarning davomiyligini aniqlashda foydalaniladi. Mentimetrik usul standart topshiriq (test) to`plami yoki shkala yordamida tekshiriluvchi odam mehnati natijalarini miqdoriy baholash imkonini beradi. Proyektiv usul shaxsiy xususiyatlarni boshqa ob`ektga proyektsiyasi mobaynida qabul еtishning shaxsiy sifat xususiyatlarini tekshirishga asoslangan. Funktsional sinovlar usuli ma`lum tizimlar yoki odam ruhiy faoliyatiga nisbatan tozalangan funktsional kuchlarni aniqlab beradi. Yuqorida sanab o`tilgan usullar olingan natijalarni ommaviy tekshirishlar orqali olingan standartlar bilan taqqoslashga asoslangandir (“statistik me`yorlar”).
Ma`lumki, insonning psixik faoliyatlari trofika, nafas olish, qon bilan ta`minlash, himoya, sintez va organizm faoliyatining boshqa holatlarini ta`minlab beruvchi fiziologik jarayonlar bilan o`zaro uzviy boglangan. Shu sababli psixologik tekshirishlar ko`pincha vegetativ ko`rsatkichlar (AB, pul’s, nafas olish, miyaning chaqirilgan potentsiallar soni, ЕЕG va boshqalar) ni qayd qilish bilan birga olib boriladi. Bunday tekshirish ma`lum psixik reaktsiyalarda fon o`zgarishini aniqlashga yordam beradi va psixofiziologiya deb ataladi. Psixofiziologik tekshirish psixik faoliyatlar vegetativ korrelyatsiyalarni topishga, faoliyatning ma`lum turlarida organizmning zo`riqishi darajasini aniqlashga imkon beradi.
Vegetativ ko`rsatkichlar yordamida kompleks holatda inson е`tibori, xotirasi, fikrlashi, еmotsiyalar, intellekti va boshqalar tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |