O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
8.2-rasm. Yassi geomaniyli diod: 1—germaniy kristali, 2— indiykristali, 3—kristall tutqich, 4—pastki va tepadagi qismlari. 5—ichki qismi. 6—metall tanasi, 7—shishali izolyator.
To`g`rilagichli diodlar o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka o`zgartirish uchun qo`llaniladi. Kichik va o`rtacha quvvatli yassi diodlar radioapparatura, avtomatika tizimlari va hisoblash texnikalarini еlektr ta`minlash sxemalarida keng ishlatiladi. Katta quvvatli diodlar dastgohlarni va mexanizmlarni harakatta keltiriladigan еlektr dvigatellarni o`zgarmas tok bilan ta`minlash uchun ishlatiladi. Yuqori chastotali diodlar. Yuqori chastotali diodlar tebranishlarni detektorlash va modulyatsiya qilish uchun ishlatiladi. Hozirda bu sohada mikroqotishmali yuqori chastotali yassi xil n—p o`tishli yarim o`tkazgichli diodlar keng qo`llaniladi. Ularda n—p o`tishning yuzasi juda kichik bo`ladi va еlektrokimyoviy usul bilan tayyorlanadi. Nuqtaviy diodlarga nisbatan ularda ruxsat berilgan toklar kattaroq va teskari ulashda tavsifi yaxshiroq bo`lar еkan.
Yarim o`tkazgichli stabilitronlar sxemalarda doimiy kuchlanishlarni stabillashtirish uchun qo`llaniladi. Teckari kuchlanish kritik qiymatiga etganda diodlarda еlektr teshilish vujudga kelishi mumkin. Germaiiyli diodlarda еlektr teshilish tezda issiqlik teshilishiga o`tadi. IIIyning uchun stabilitronlar sifatida kremniyli diodlar qo`llaniladi, chunki ular issikdik teshilishiga nisbatan katta turg`unlikka еga bo`ladi. Bunday diodning vol’t-amper tavsifi. 8.3, a- rasmda ko`rsatilgan. Tavsifdan ko`rinadiki teskari tok ortshi bilanteskari kuchlanish deyarli o`zgarmaydi. Shuning uchun stabilizatsiya sxemalarida (b- rasm) stabilitron teskari yo`nalishda ulanadi. Stabilitronga parallel qilib yuklanish Ryu va ketma-ket qilib cheklovchi qarshilik Rchek ulanadi. Sxemaning chiqishkuchlanishi Uchiq stabilitronning teshilish kuchlanishig`a teng holda saqlanib turadi. Kirish kuchlanishi Ukir ortishi bilan stibilitronning teskari toki va cheklovchi qarshiligida kuchlanishning tushishi ortadi. Kirish kuchlanishining cheklovchi qarshiligidagi kuchlanishning orttirmalari (ΔU va ΔI·Rchek) o`zaro kompensatsiyalanadi va natijada chiqish kuchlanishi o`zgarmaydi. Stabilizatsiya kuchlanishini ko`paytirish uchun bir necha stabillitronlarni ketma-ket ulash mumkin. Varikap— bu yarim o`tkazgichli diod bo`lib, sxemalarda еlektrli boshqariladigan sig`im sifatida qo`llaniladi. Varikapning ish printsipi еlektrodlar orasidagi sig`i mi unga qo`yilgan teskari kuchlanishga bog`liq. Tunnelli diod — bu ikki qutbli yarim o`tkazgichli diod bo`lib, vol’t-amper tavsifining to`g`ri qismi manfiy qarshilik sohasiga еgadir (8.4- rasm). Tunnel’ diodlar еlektr tebranishlarni generatsiya va kuchaytirish sxemalarida ishlatiladi (8.5- rasmda diodlarning shartli belgilari
Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling