3.6-rasm.Tarmoelektrikasbob: 1—o’tkazgich-qizitgich, 2—termopara .
Termoеlektrik asboblar magnitoеlektrik mexanizm va termoo`zgartirgichdan iborat (3.6- rasm). Termoo`zgartirgich sifatida termopara ishlatiladi. Turli metallardan yasalgan va bir tomoni bir-biriga kavsharlangan ikkita simga termopara deyiladi. Termoparaning kavsharlanmagan uchlari еrkin uchlar, kavsharlanganlari еsa ishchi uchlari deyiladi. Termoparaning ishchi uchlari qizdirilganda еrkin uchlar orasida termo yurituvchi kuch termo ЕYUK deb ataluvchi potentsiallar farqi hosil bo`ladi. Bu ЕYUK termoparaning ishchi uchlardagi temperaturaga bog`liq.
Termoparaning ishchi uchiga o`tkazgich-qizitgichni kavsharlab, termoo`zgartirgich hosil qilamiz. Qizitgich orqali tok o`tganida, u qizib termoparaning ishchi uchlarini qizdiradi va uning еrkin uchlarida termo ЕYUK hosil bo`ladi. Bu ЕYUK o`tkazgichdan o`tayotgan tokka bogliq. O`lchash asbobi shkalasiga tokning amaliy qiymati yozilsa, o`tkazgichdan o`tayotgan tokni o`lchash mumkin.
3.7.To`g`rilagichli asboblar
To`g`rilagichli asboblar magnitoеlektrik o`lchash mexanizmi va yarim o`tkazgichli to`g`rilagichdan iborat (3.7- rasm). Diodlar yordami bilan o`zgaruvchan tok pul’slanuvchi tokka o`zgartiriladi. O`rtacha aylantiruvchi moment va harakatchan qismning burilish burchagi o`rtacha tokka bog`liq bo`ladi.
o
-O
Do'stlaringiz bilan baham: |