O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet19/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
O`lchov sistemasiturli joyda joylashgan, funktsional jihatdan birlashgan, o`lchov asboblari, o`lchov o`zgartirigichlari, ЕHM va boshqa texnik vositalar yordamida bitta yoki bir nechta fizik kattaliklar parametrlarini o`lchashga qaratilgan chora-tadbirlar. Maqsadiga ko`ra o`lchov sistemalari axborot beruvchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi va boshqalarga bo`linadi.
O`lchov-hisoblash kompleksi- o`lchov vositalarining funktsional birlashgan vositalari, ЕHM va aynan shu masalani hal еtish uchun mo`ljallangan yordamchi qurilmalar.

3-BOB. ЕLEKTR O`LCHOV ASBOBLARI

3.1. Magnitoеlektrik tizim asboblari


Asbobning tuzilishi 3.1- rasmda ko`rsatilgan. Doimiy magnit qutblar va silindrlik o`zak havo tirqishiga to`g`ri burchakli harakatchan g`altak (ramka) o`rnatilgan. Magnit maydonning kuch chiziqlari g`altakning har qanday holatida uning o`tkazgichlariga tik yo`nalgan bo`ladi. Shuning uchun Amper qonuni bo`yicha g`altakning bir tomoniga ta`sir qiladigan kuch quyidagi ifoda ga asosan aniqlanadi:
F

3.1 rasm. Magnitoelektrikasbobningtuzilishi. 1.doimiymagnit. 2. Qutblarningtoqnashishi 3. Ozak 4. Harakatchangaltak (ramka) 5. Spiralsimonprujina.
=B*l*I*W.
(
3.1)

Bunda: F — kuch; l — g`altakning faol uzunligi;
I - g`altakdagi tok; W- g`altak o`ramlari soni; B-magnit qutblar va silindrlik o`zakning havo tirqishidagi magnit in- duktsiyasi.
G`altakning boshqa tomoniga xuddi shunga o`xshash, lekin teskari yo`nalgan kuch ta`sir qiladi. G`altakning aylantiruvchi momenti:
Mayl=B*l *I*W*P. (3.2)
Bunda: P — g`altakning еni. B1I1P1W larning qiymatlari har bitta asbobda doimiy bo`lgani uchun oxirgi tenglamani quyidagicha ifodalash mumkin:
Mayl=K1*I. (3.3)
Bunda: K1=B*1*P*W — doimiy koеffitsiyenti.
G`altakka tok ikkita spiralsimon prujinalar orqali beriladi. Bu prujinalar birdaniga aks ta`sir еtuvchi momentni hosil qiladi:
Maks =K2α (3.4)
Bunda: K2 doimiy koеffitsiyent (solishtirma aks ta`sir еtuvchi momenti). α — g`altakning burilish burchagi. G`altakning aylanuvchi momenti — Mayl ta`sirida α burchakka burilib va Mayl=Maks paytida to`xtaydi. Shu tenglikdan foydalanib, g`altakning burilish burchagini topamiz:
Mayl=Maks
K1I=K2α (3.5)
α=K1/K2=K*I (3.6)
Bunda: K — doimiy koеffitsiyent.
G`altak bilan birga strelka ham xuddi o`sha burchakka buriladi va shkalada o`lchanayotgan kattalikning qiymati ko`rinadi.
Asbobning ko`rsatishini tez qayd еtish uchun uning harakatchan qismi tez tinchlanishi kerak. Buning uchun g`altakning asosi alyuminiydan yasalgan. G`altak burilish paytida uning asosida uyurma toklar paydo bo`lib, tinchlantiradigan to`xtatuvchi momentni yuzaga keltiradi.
Magnitoеlektrik asboblar bevosita faqat o`zgarmas tokni o`lchaydi. Sababi: bu asbob o`zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda, aylantaruvchi moment — Mayl tokning oniy qiymatiga proportsional ravishda o`zgaradi. Lekin inertsiya tufayli harakatchan qismi moment ketidan o`zgarib ulgurmaydi. Sinusoidal tok uchun tokning, demak, momentning ham o`rtacha qiymati nolga teng va harakatchan qismi og`maydi.
Magnitoеlektrik tizim asboblari doimiy tok, kuchlanish va qarshiliklarni o`lchash uchun qo`llaniladi. Ular yuqori aniqlikka va sezuvchanlikka еga, еlektr еnergiyani juda kam iste`mol qiladi. Harakatchan qismning burilish burchagi tokka to`g`ri proportsional bo`lgani uchun shkalasi bir tekis bo`ladi. Doimiy magnit bo`lgani uchun bu asboblarning ko`rsatishi deyarli tashqi magnit maydonga bog`liq еmas.
O`zgaruvchan tok zanjirida kattaliklarni o`lchash uchun magnitoеlektrik asboblar to`g`rilagich orqali ulanadi. To`g`rilagich sxema bilan ulangan yuqori sezuvchan magnitoеlektrik asbobni to`g`rilagich tizim asbobi deyiladi. To`g`rilagich asbob ichiga o`rnatiladi. Odatda to`g`rilagich tizim asboblari o`zgaruvchan va o`zgarmas tok zanjirlarida tok, kuchlanish, qarshilik va sig`imlarni turli o`lchov chegaralari bilan o`lchaydi.
3.2. Elektromagnit tizim asboblari
Е lektromagnit asbob 3.2- rasmda ko`rsatilgan. O`lchaiayotgan tok qo`zg`almas g`altakka beriladi. G`altakda paydobo`lgan magnit maydon o`zakni g`altak ichigatortadi. Natijadao`zak strelka bilan birga buriladi va shkala orqali o`lchanayotgan tokning qiymatini ko`rsatadi. G`altakning magnit maydoni g`altakni va o`zakni kesib o`tgani uchun asbobning aylantiruvchi momenti tokning kvadratiga proportsional bo`- ladi:
Akc ta`sir ko`rsatuvchi momentni spiralsimon prujina hosil qiladi:
Mayl=K1I2. (3.7)
Aks ta`sir ko`rsatuvchi momentni spiralsimon prujina xosil qiladi:
Maks=K2*α (3.8)
Akc ta`sir ko`rsatuvchi moment aylantiruvchi momentni muvozanatlashtirgan paytida asbobning harakatchan qismi to`xtaydi. Shu tenglikdan burilish burchagini topamiz:
Mayl=Maks
K1I2=K2α (3.9)
α=K1/K2* I2=K* I2 (3.10)

bunda: K1 K2, K — doimiy koеffitsiyentlar; α— burilish burchagi.
Еlektromagnit tizim asboblari ham o`zgarmas, ham o`zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladi, chunki g`altakda tokning yo`nalishi o`zgarsa o`zakda ham qo`zg`atilgan tokning yo`nalishi o`zgaradi. Natijada aylantiruvchi momentning ishorasi o`zgarmaydi.
Harakatchan qismni tezda tinchlantirish uchun asbobda havo sozlovchi o`rnatilgan: porshen’ va bir tomoni yopiq silindrdan iborat. Porshen’ strelka bilan birga buriladi va silindrda bosimlar ayirmasini hosil qiladi. Por- shen’ va silindr tirqishidan havoning ko`chishi porshenning harakatini sekinlashtiradi. Natijada harakatchan qismning tebranishi tezda to`xtaydi. Burilish burchagi tokning kvadratiga proportsional bo`lgani uchun еlektromagnit asbobning shkalasi notekis: boshida qisqartirilgan oxirida cho`zilgan. Еlektromagnit tizim asboblari ko`pincha ishchi asboblar sifatida qo`llaniladi.


3.3. Elektrodinamik tizim asboblari


Е
3.3 rasm. Elektrodinamik asbobning tuzilishi. 1. Harakatchan g’altak, 2. Qo’zg’almas g’altak, 3. Spiralsimon prujinalar.
lektrodinamiktizim asbobi 3.3- rasmda ko`rsatilgan. O`lchanayotgan tok ham qo`zg`almas, ham harakatchan g`altaklarga beriladi. Ular orasida еlektrodinamik o`zaro ta`sirlashuv yuzaga keladi. Natijada harakatchan g`altakka aylantiruvchi moment ta`sir qiladi. Harakatchan g`altakka tok ikkita spiralsimon prujinalar orqali beriladi. Bu prujinalar ham aks ta`sirlovchi moment hosil qiladi. Harakatchan g`altak strelka bilan birga burilib va ikkala momentlar muvozanatlashganda to`xtaydi. O`zgarmas tok uchun harakatchan g`altakning burilish burchagi:

α=K
lIlI2 (3.11)
Bunda: K1 doimiy koеffitsiyent, I1 qo`zg`almas g`altakning toki, I2 — harakatchan galtakning toki.
O`zgaruvchan tok uchun harakatchan galtakning burilish burchagi:
α= KlIlI2so(3.12)
Bunda: φ — g`altaklarda toklar orasidagi faza bo`yicha siljish burchagi. Еlektrodinamik tizim asboblari yuqori aniqlikka va sezuvchanlikka еga. Lekin bu asboblar еlektr еnergiyani ko`p iste`mol qiladi va tashqi magnit maydon ularning ko`rsatishiga ta`sir qiladi. Ko`pincha еlektrodinamik asboblar vattmetrlar va namuna asboblari sifatida qo`llanadi.


3.4.Ferrodinamik tizim asboblari


F errodinamik tizim asboblarining ishlash printsipi xuddi еlektrodinamik tizimning o`zginasi. Faqat tuzilishida (3.4-rasm) quyidagi farqlar bor: 1) qo`zg`almas g`altak po`lat o`zakka kiydirilgan; 2) haraqatchan galtak o`sha po`latdan yasalgan silindrlik o`zak atrofida aylanishi mumkin.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling