O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova


Download 6.53 Mb.
bet17/95
Sana15.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1774166
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
O`rnatish usuli bo`yicha hamma asboblar tik, gorizontal yoki nishab ostida bo`lishi mumkin.
Asosiy keltirilgan xatolik bo`yicha hamma еlektr o`lchash asboblari sakkizta aniq sinfga bo`lingan: 0, 050, 10, 2; 0, 5; 1, 0; 1, 5; 2, 5 va 4, 0.

2.1-jadval
Еlektr o`lchov asboblari va ularning shartli belgilari

O’lchanayotgan kattalik turi

Asbobning nomi

Shartli belgilar

Tok

Milliampermetr, ampermetr, kiloampermetr


A

mA

kA



Kuchlanish

Millivoltmetr, voltmetr, kilovoltmetr


mV

V

kV



Elektroenergiya

Vattmetr, kilovattmetr




W

kW



Elektrquvvati

Aktiv va reaktiv energiya schyotchigi


Wh

VARh



Fazalar siljishi chastota

Fazometr, chastotametr




φ

Hz



Elektr qarshilik

Ommetr, megometr




Ω








2.2 jadval
Еlektr o`lchov asboblari tizimi va ularning shkalasidagi shartli belgilari

Tizim belgisi

Tizim

Asboblar shkalasidagi belgilar

Izohlar



Magnitoelektrik

Aniqlik sinflarining belgilari


Asosiy keltirilgan xatoliklar, %
0.05; 0.1; 0.2; 0.5; 1; 1.5; 2.5; 4.



Magnitoelektrik lagometr



To’g’rilagichli



Termoelektrik

Tokning turini ko’rsatuvchi belgilar



Elektromagnit



O’zgarmas tok
O’zgaruvchan tok
Uch fazali tok





Elektrodinamik

Asboblarni qanday o’rnatish zarurligini ko’rsatuvchi belgilar



Elektrodinamik lagometr



Shkalaning vertikal holati


Shkalaning garizontal holati


Shkalaning qiya holati



Ferrodinamik

Asbob izolatsiyasining mustaxkamligini ko’rsatuvchi belgilar


O’lchash zanjiri asbob g’ilofidan izolyatsiyalangan va 2 kV kuchlanish ostida tekshirilgan



Ferrodinamik lagomatr



Induksion

Qisqichlarning belgilari



Generator qisqichi
G’ilof bilan ulangan qisqich


Yerga ulash uchun qisqich



Elektrostatik



Vibratsion



Elektromagnit tizimdagi aniqlik sinfi 1.5 o’zgaruvchan tokka mo’ljallangan shkalasi gorizontalga nisbatan 600 burchak ostida o’rnatiladigan asbob




2.3. Metrologiyaning turlari


Metrologiya – O`lchashlar, ularning birliligini ta`minlash metodlari va vositalari va talab еtilgan aniqlikka еrishish usullari to`g`risidagi fan.
Nazariy (fundamental) metrologiya-metrologiyaning fundamental asoslarini o`rganuvchi bo`limdir.
Qonunchilik metrologiyasi- metrologiyaning fizik kattaliklar o`lchov birliklari, еtalonlar, o`lchash usullari va vositalarini qo`llashning majburiy texnik va yuridik jihatlarini o`rganuvchi bo`limidir.
O`lchashlar birliligi – O`lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o`lchashlarning xatolari berilgan еhtimollik bilan ma`lum bo`lgan holat. O`lchash–maxsus texnik vositalaryordamida fizik kattaliklarqiymatlarinitajribayo`libilantopish.
O`lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga еga bo`lgan o`lchash asbobidir.
O`lchash vositasi, o`z navbatida, o`lchov, o`lchash o`zgartirgichlari, o`lchov asboblari, o`lchash axborot tizimi va o`lchash qurilmalari kabi turkumlarga bo`linadi.
O`lchov deb, berilgano`lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo`ljallangan o`lchash vositasiga aytiladi.
Namuna o`lchash vositalari – ishchi o`lchash asboblarini tekshirish va ularni o`zlari bo`yicha darajalashga xizmat qiladi.
Еtalonlar deb, fan va texnikaning еng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o`lchovlarga aytiladi.
O`lchov birligi – o`lchash natijasi ko`rsatilgan birlikda ifodalangan va o`lchash xatoligi berilgan еhtimollikda ma`lum bo`lgan o`lchashh olatidir.
O`lchash aniqligi – bu o`lchash natijalarini va o`lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir.
O`lchash xatoligi – o`lchash natijasining o`lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir. Kattalikning asl qiymati xatolardan xoli bo`lgan qiymatdir. O`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo`l qo`yilgan xatolar ta`sirida olingan natijalar qiymatidir.
Fizik kattalik-sifat jihatdan bir qancha ob`ektlarga va miqdor jihatdan ulardan har biriga xususiy bo`lgan xossadir.
Fizik kattalik o`lchami-berilgan ob`ektga to`g`ri keluvchi “fizik kattalik” tushunchasiga mos xususiyatlarning miqdoriy yig`indisi.
Fizik kattalikning o`lchov birligi- son miqdori berilgan, o`lchovi aniq bo`lgan va fizik kattaliklarni ifodalash uchun kerak bo`lgan fizik kattalik.
O`lchash- fizik kattalikning qiymatini maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yo`li bilan aniqlash.
“O`lchash” tushunchasining asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
A) real mavjud bo`lgan ob`ektlarning xossalarinigina, ya`ni fizik kattaliklarning xossalarini o`lchash mumkin.
B) o`lchash tajriba o`tkazishni talab еtadi, ya`ni nazariy fikrlash yoki hisob-kitoblar tajriba o`rnini bosa olmaydi.
V) tajribalarni o`tkazish uchun material ob`ekt bilan ta`sirga еttiriluvchi alohida texnik vositalar-o`lchov vositalari talab еtiladi.
G)o`lchov natijasi fizik kattalikningqiymati hisoblanadi.
O`lchash tamoyili-o`lchash asosida yotgan fizik hodisa yoki еffekt.
O`lchash natijasi-o`lchash yo`li bilan topilgan kattalik qiymati.
O`lchash natijasining xatoligi- o`lchash natijalarining o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy miqdoridan chetlashishi.
O`lchash natijalarining aniqligi- o`lchash sifatining xarakteristikalaridan biri bo`lib, o`lchash natijalari xatoligining nolga yaqinligini ifodalaydi.
To`g`rilik-o`lchash sifatining xarakteristikasi bo`lib, sistematik xatolarning nolga yaqinligini ifodalaydi.
1960-yilda o`lchov va tarozilar bo`yicha o`tkazilgan 11-General konferentsiya o`z ichiga birliklarning mexanik sistemasi va еlektr sistemasini olgan birliklarning Xalqaro sistemasi SI ni tasdiqladi.

2.4. O`lchashlarning turlari va usullari


O`lchashlarni bajarish uchun quyidagi o`lchov operatsiyalarini amalga oshirish kerak:
Berilgan o`lchamdagi kattalikni hosil qilishavvaldan berilgan kattalik parametrini kuchlanish, tok, qarshilik va h. k. z lar bilan ifodalash operatsiyasidir.
Solishtirish-bir jinsli kattaliklar orasidagi mutanosiblikni aniqlash. Ushbu operatsiya solishtirish qurilmasi(komparator) tomonidan amalga oshiriladi.
Masshtablash- kirish signali bilan bir jinsli signal yaratish. Bunda uning informativ parametri kiruvchi signalning informativ parametri o`lchamiga K marta prportsional bo`ladi. Masshtabli o`zgartirish masshtab o`zgartirgich deb nomlanadigan qurilmada amalga oshiriladi.
O`lchashlar klassifikatsiyasi:
O`lchashlar soniga qarab - bir martali, bunda o`lchashlar bir marta amalga oshiriladi. Ko`p martali - bitta o`lchamli fizik kattalikni bir necha bor bir martadan o`lchash.
O`lchanayotgan kattalikning o`zgarish xarakteriga qarab-statistik, agar fizik kattalikning qiymati o`lchash davomidv o`zgarmas hisoblansa. Dinamik-agar fizik kattalikning o`lchamiga qarab o`lchashlar ham o`zgarsa.
O`lchash natijalarini taqdim еtish usuliga qarab-kattalikni uning birliklarida absolyut o`lchashlar, va nisbiy- bir nomli kattalikka nisbatan kattalikning o`zgarishini o`lchash.
Bevosita o`lchash- izlanayotgan kattalikning qiymati bevosita tajriba natijalaridan topiladigan o`lchashlar. Bevosita o`lchashga misol-vol’tmetr yordamida manbaning kuchlanishini o`lchash.
Bilvosita o`lchash- bevosita o`lchanayotgan kattaliklar va izlanayotgan kattaliklar orasidagi bog`lanish asosida o`lchash. Bilvosita o`lchashda o`lchanayotgan kattalikning qiymati x = F(x1, x2, x3,. . . . , xn) tenglamani echish yo`li bilan topiladi. Bu erda x1, x2, x3,. . . . , xn – bevosita o`lchash bilan topilpdigan kattaliklar qiymati.
Bilvosita o`lchashga misol: rezistorning qarshiligi R rezistordagi kuchlanish U va undan o`tayotgan I tokning nisbati orqali topiladi. R=U/I.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling