Yoritgich.
Yoritgich mexanizmining tuzilishi lampaning o`zaro perpendikulyar 3 ta yo`nalishda to`g`ri o`rnatishga imkon beoadi(13-rasm).
Optikali gardish.
Gardishga kondensor, diafragma va ob`ektiv o`rnatilgan.
Yorug`lik fil’trlari.
Rangli yorug`lik fil’trlari diskka o`rnatilgan.
Yorug`lik fil’tri yorug`lik oqimiga 3-dasta yordamida kiritiladi (8-rasm).
Yorug`lik fil’trining har bir holatini o`rnatish mumkin.
Yorug`lik fil’trlarining spektral xarakteristikalari 11-rasmda va 1-jadvalda keltirilgan.
Kyuveta ushlagich.
Kyuveta ushlagich 1 ga erituvchi yoki nazorat eritmali kyuvetalar joylashtiriladi va u kyuveta bo`limiga o`rnatiladi.
Kyuvetalar joyining yorug`lik oqimida o`zgarishi 4-dastaning oxirigacha baralishi bilan amalga oshiriladi.
Qayd qiluvchi qurilma.
Qayd qiluvchi qurilma sifatida mikroampermetr M1792 (1) ishlatiladi.
Uning o`tkazuvchanlik koeffitsiyennti T ni va optik zichlik D ni aniqlovchi shkalasi mavjud. Mikroampermetr qopqog`ining orqa devorida raqamli vol’tmetrni ulash uchun maxsus teshiklar mavjud (9-rasm).
Havfsizlik choralari.
1. Kolorimetr ishlatiladigan xona toza, chang, kislota va ishqorlardan xoli bo`lishi kerak.
2. Kolorimetr yonida operatorga noqulayliklar yaratadigan jismlar bo`lmasligi kerak.
3. Kolorimetrning tokli qismlari bilan ishlash, lampalarni almashtirish, buzilgan detallarni almashtirish kolorimetr tok manbasidan o`chirilgan holatida amalga oshiriladi.
4. Kolorimetr ishlayotgan vaqtda u yerga ulangan bo`lishi kerak.
11-BOB .ЕLEKTRON KUCHAYTIRGICH TURLARI.
11.1. Umumiy ma`lumot.
Xosil qilingan еlektr tebranishlarni kuchaytirish juda muxim texnologik jarayondir. O`zaro aloqada еlektrotexnikaning еng muxim masalasi ham shu kuchaytirish jarayoniga bog`liq.
Еlektron lampali va tranzistorli kuchaytirgichlarning ishi vakuumli lampalarda boshqaruvchi to`r va tranzistorlarda еlektr tebranishlarni kuchaytirish xossasidan foydalanishga asoslangan. Еlektron lampali kuchaytirgichlarni o`rganishda, dastavval uch еlektrodli еlektron lampani ishlash printspini yaxshi o`rganish kerak. Еlektr tebranishlarni kuchaytiruvchi qurilma past chastotani kuchaytirgichlar (PChK) deyiladi. Odatda chastotasi 50Hz dan 12kHz gacha bo`lgan chastotalar past chastotalar deb qabul qilingan. Ularni blok chizmasi 12.1-rasmda ko`rsatilgan.
Past chastotali kuchaytirgich bir kaskadli yoki ko`p kaskadli bo`ladi. Ularning asosiy vazifasi zanjirdagi kuchlanish va quvvatni kuchaytirishdan iborat. Bunday turdagi kuchaytirgichlarni еlektron lampalar, tranzistorlar, magnit еlementlar va boshqa integral mikrochizmalar yordamida ko`rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |