O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.8Interventsion radiologiya
14.7 AngiografiyaAngiografiya-rentgen tekshiruvi usuli bo`lib, tomirlarni tekshirish maqsadida ularga kontrast modda kiritishdan iborat. Angiografiya arteriografiya, flebografiya, va limfografiyaga bo`linadi. Limfografiya UTT. KT va MRT usullarining rivojlanib ketganligi sababli hozirda deyarli qo`llanmaydi. Angiografiya maxsus rentgen xonalarida amalga oshiriladi. Ushbu kabinetlar operatsion xonalarning barcha talablariga javob beradi. Angiografiya uchun maxsus rentgen apparatlari(angiografik qurilmalar) qo`llaniladi. ( 2-13 rasm). Kontrast modda tomirga shprits yordamida yoki maxsus avtomatik injektor yordamida kiritiladi. 2-13 rasm. Zamonaviy angiografik qurilma Angiografiyani amalga oshirish uchun tomirga katetr orqali kontrast modda kiritilib, uning tomirlar orqali o`tishi suratga tushiriladi. Angiografiyaning yana bir ko`rinishi koronaroangiografiya hisoblanadi(KAG)- koronar tomirlar va yurak kameralarini tekshirish usuli. Ushbu usul juda murakkab bo`lib, rentgenologning maxsus tayyorgarligi va murakkab jihozlarni talab qiladi. Angiografiya yordamida ballon angioplastikasi, stentlash kabi jarrohlik muolajalari bajariladi. 14.8Interventsion radiologiyaInterventsion radiologiya- kasalliklarni davolash va diagnostikasi maqsadida nurli diagnostika usullarini va maxsus asboblarni qo`llashga asoslangan tibbiyot sohasidir. Interventsion usullar katta jarrohlik muolajalar o`rnini bosishi mumkin. Dastlabki periferik arteriya stenozini teri ostidan davolashni amerikalik shifokor CHarl’z Dotter 1964 yilda amalga oshirdi. 1977 yilda shveytsariyalik shifokor Andreas Gryunttsig balonli katetr yasab, stenozga uchragan koronar arteriyaning dilatatsiya(kengaytirish)sini amalga oshirdi. Ushbu usul ballon angioplastikasi deb ataladi. Koronar va periferik arteriyalarning ballon angioplastikasi hozirgi davrda arteriyalar stenozini davolashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Arteriyalar stenozga qaytadan uchragan hollarda ushbu muolaja qayta-qayta amalga oshirilishi mumkin. Arteriyalar stenozga tez-tez uchramasligi uchun o`tgan asrning o`rtalaridan boshlab еndovaskulyar protezlar-stentlar ishlatila boshladi. Stent-bu g`ovak trubkasimon konstruktsiya bo`lib, u toraygan joyga ballon dilatatsiyasidan so`ng o`rnatiladi. Ochilgan stent stenoz bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Stentni o`rnatish diagnostik angiografiya kritik torayish joyini aniqlaganidan so`ng amalga oshiriladi. Stent uzunligi va o`lchamiga ko`ra tanlanadi (2-14 rasm. ) Klinik amaliyotda qo`llaniladigan yana bir muhim еndovaskulyar muolaja-tomirlarning еmbolizatsiyasi(berkitish)dir. Еmbolizatsiya ichki qon ketishlarini to`xtatish, anevrizmalarni davolash yoki havfli o`smalarni oziqlantiruvchi tomirlarni berkitish uchun qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda еmbolizatsiya uchun samarali sun`iy materiallar, po`latdan yasalgan mikroskopik spirallar ishlatiladi. Patologik jarayon aniqlanganidan so`ng ko`pincha interventsion radiologiyaning pugktsion biopsiya usuliga murojaat еtiladi. Tekshirilayotgan joyning morfologik tuzilishini bilish davolash yo`lini to`g`ri tanlash imkonini beradi. Punktsion biopsiya rentgenologik, UT yoki KT-nazorati bilan olib boriladi. Hozirgi vaqtda interventsion radiologiya faol rivojlanmoqda va ko`p hollarda katta operatsiyalar qilmasdan davolash imkonini bermoqda. 2-14 rasm. Ballon angioplastikasi va stentlashni amalga oshirish sxemasi. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling