O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.3. Hujayralarni ta`mirlashga qodir nanorobotlar (kiborglar)
16.2. Nanodiagnostika.O`tgan bir necha o`n yilda vizual metodlar kasallikka tashxis qo`yishda hal qiluvchi omil bo`lib xizmat qildi. Yadro-magnit rezonansi va komp’yuter tamografiyasi juda yaxshi usullardir. Lekin nanotexnologiya diagnostika uchun yanada sezgir va juda aniq asboblarni yaratishga imkon beradi. Nanokomp’yuterlar yordamida hujayra va subhujayra darajasida tashhis qo`yish mumkin. 16.3. Hujayralarni ta`mirlashga qodir nanorobotlar (kiborglar)Е. Dreksler o`zining “nanosistemalar” deb atalgan mashhur asarida nanotexnologiyalarga asoslangan davolash va diagnostikaning asosiy usullarini ko`rsatib bergan. Kelajakda shunday mashinalar yaratiladi-ki, ular nanorobortlar bo`lib, insonni qari holatdan yosh holatga keltirishlari mumkin. Organlar ustidagi operatsiyalardan biz molekulalar ustidagi operatsiyalarga o`tishimiz mumkin. Bunda millionlab robotlar organizmda buzilgan jarayonlarni qayta tiklashlari mumkin. Bunday robotlar DNKni boshqarib, diabet va alergiyalarni davolashlari mumkin. Nanorobotlar akustik yo`l bilan ovoz komandalarini komp’yuter orqali yuborish asosida boshqariladi. Vrach nanorobotlarni boshqaradi. Robotlar dori vositalarini adresli etkazishlari mumkin. Bunda dori faqat kasal organlarga etkaziladi. Masalan, nur terapiyasi va kimyoviy terapiya kasal hujayralarni yo`qotish bilan bir qatorda sog`larini xam zararlaydi. Maxsus “SIM-dorilari” ning qo`llanilishi еsa bunga chek qo`yadi. Nanorobotlar maxsus programmalarga binoan ishlaydilar. Nanotexnologiyalar fizika qonunlarini buza olmaydilar. Shuning uchun nanomeditsinaning chegaralari bo`ladi. U insonga mangulik baxsh еta olmaydi, lekin inson hozirgiga nisbatan ancha uzoq yashay olishi mumkin. Nanorobotlar brigadasi besh yilda yoki uch yilda bir martta inson organizmini ko`rikdan o`tkazib, kerakli joylarni ta`mirlaydilar. Inson 125yil hayot kechirishlari mumkin. Nanomeditsinaning yutuqlari biologik qarishni to`xtatadi. Yangi ming yillik 21 asr rivojlangan mamlakatlar iqtisodidagi katta o`zgarishlar bilan ajralib turadi. Bu iqtisodiy o`sishning poydevori-yuqori texnologiyalardir. Yuqori texnologiyalar bozori yuzaga kelib, bilimlarga asoslangan iqtisodni yaratishdagi birinchi qadam bo`lib xizmat qiladi. Insoniyat oldida katta masalalarni qo`yayotgan yo`nalishlardan biri nanotexnologiyalardir. Yaqin davrda nanotexnologiya inson faoliyatining barcha sohalariga kirib, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va, umuman, hayotni tubdan o`zgartirib yuboradi. Nanotexnologik revolyutsiya avvalgi texnik revolyutsiyalar-kom’yuter va lazerlar bilan bog`liq revolyutsiyalardan ham keng miqiyosli bo`lishi ko`zda tutilayapti. Nanotexnologiyalarni o`zlashtirish rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti oldiga katta qadam qo`yadi, bu еsa o`z navbatida injener va menejerlarning yangi avlodini talab qiladi. Shuning uchun har bir davlat uchun o`zining rivojlanish yo`lini o`z vaqtida topishi kerak. Nanotexnologiyaning rivojlanishi tufayli butun dunyoda jurnallar, kitoblar chop еtilayapti. Bu mavzuda konferentsiyalar bo`layapti. Nima uchun turli mamlakatdarda nanotexnologiya shunchalik qiziqishga sabab bo`layapti? Bu savolga javob berish uchun tushunchalarni bilib olaylik. “Nano” qo`shimchasi grekcha “nano”- “mitti chol” ma`nosini berib, qandaydir birlikning milliarddan bir bo`lagini anglatadi. Bir nanosekund (10-9sek), bir nanoamper (10-9 amper), bir nanometr (10-9 metr) va h. k. “nanotexnologiya” so`zining ma`nosiga kelsak, bu juda murakkab tushuncha bo`lib, uning bir necha xil ta`rifi mavjud: Yuz nanometrdan katta bo`lmagan еlementlar bilan ish ko`ruvchi texnologiya. Submikron еlementlar bilan ish ko`ruvchi texnologiya. Fizikaning yangi qonunlari qo`llaniladigan texnologiya. Alohida atomlar va molekulalar darajasida materiyani boshqaruvchi materiya. Nanotexnologiyaning uch klassifiktsiyasi mavjud: “ho`l”, “quruq” va “komp’yuterli”. “ho`l” nanotexnologiya biologik sistemalarni o`rganish bilan bog`liq bo`lib, bu sistemalar suvli muhitda mavjud bo`ladi va membrana, fermentlar (biokatalizatorlar) va hujayrani boshqa komponentlarini o`z ichiga oladi. “quruq” nanotexnologiya fizikaviy kimyo bilan bog`liq bo`lib, uglerod, kremniy, turli metallar va boshqa noorganik moddalardan strukturalar olish bilan bog`liq (fullerenlar, nanotrubkalar). Uning oxirgi maqsadi-o`z-o`zini boshqaruvchi funktsional qurilmalarni yaratishdan iborat. “Komp’yuterli” nanotexnologiya murakkab molekula va sistemalarni modellashtirish ularning turg`unligi va o`zgarishini hisoblash bilan bog`liq. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling