O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayralarni ta`mirlashga qodir nanorobotlar (kiborglar)
- Nanomeditsinaning asosiy tushunchalari va imkoniyatlari.
Nanodiagnostika.
O`tgan bir necha o`n yilda vizual metodlar kasallikka tashhis qo`yishda hal qiluvchi omil bo`lib xizmat qildi. Yadro-magnit rezonansi va komp’yuter tomografiyasi juda yaxshi usullardir. Lekin nanotexnologiya diagnostika uchun yanada sezgir va juda aniq asboblarni yaratishga imkon beradi. Nanokomp’yuterlar yordamidah va subhujayra darajasida tashhis qo`yish mumkin. Hujayralarni ta`mirlashga qodir nanorobotlar (kiborglar) Е. Dreksler o`zining “nanosistemalar” deb atalgan mashhur asarida nanotexnologiyalarga asoslangan davolash va diagnostikaning asosiy usullarini ko`rsatib bergan. Kelajakda shunday mashinalar yaratiladi-ki, ular nanorobortlar bo`lib, insonni qari holatidan yosh holatga keltirishlari mumkin. Organlar ustidagi operatsiyalardan biz molekulalar ustidagi operatsiyalarga o`tishimiz mumkin. Bunda millionlab robotlar organizmda buzilgan jarayonlarni qayta tiklashlari mumkin. Bunday robotlar DNKni boshqarib, diabet va alergiyalarni davolashlari mumkin. Nanorobotlar akustik yo`l bilan ovoz komandalarini komp’yuter orqali yuborish asosida boshqariladi. Vrach nanorobotlarni boshqaradi. Robotlar dori vositalarini adresli etkazishlari mumkin. Bunda dori faqat kasal organlarga etkaziladi. Masalan, nur terapiyasi va kimyoviy terapiya kasal hujayralarni yo`qotish bilan bir qatorda sog`larini xam zararlaydi. Maxsus “SIM-dorilari” ning qo`llanilishi еsa bunga chek qo`yadi. Nanorobotlar maxsus programmalarga binoan ishlaydilar. Nanotexnologiyalar fizika qonunlarini buza olmaydilar. Shuning uchun nanomeditsinaning chegaralari bo`ladi. U insonga mangulik baxsh еta olmaydi, lekin inson hozirgiga nisbatan ancha uzoq yashay olishi mumkin. Nanorobotlar brigadasi besh yilda yoki uch yilda bir marta inson organizmini ko`rikdan o`tkazib, kerakli joylarni ta`mirlaydilar. Inson 125yil hayot kechirishi mumkin. Nanomeditsinaning yutuqlari biologik qarishni to`xtatadi. Nanomeditsinaning asosiy tushunchalari va imkoniyatlari. Nanorobotlar – kelajak nanomashinalari avlodi. Ular tashqi muhitni sezib, uning o`zgarishlariga moslashadilar, qiyin hisob-kitoblarni amalga oshiradilar, muloqot qiladilar, harakatlanadilar, molekulalarni yig`adilar, ta`mirlaydilar va hatto ko`payadilar. Nanokomp’yuterlar. Ular yordamida nanorobotlar boshqariladi. Xujayra regeneratsiyasi. Organizm xujayralari juda kichik bo`lgani uchun ularni davolash juda murakkab. Lekin nanotexnologiyalar yordamida bu ish oson amalga oshadi. Nanorobotlar yoki boshqa qurilmalar molekula va atomlarni ta`mirlashga qodir bo`ladilar. Qarilik. Nanoqurilmalar qarishning ba`zi alomatlarini yo`qotishlari mumkin. Masalan lazer texnologiyasi hozirgi vaqtning o`zida ajinlar va dog`larni ketkazadi. Kelajakda kuchli nanotexnologiyalar yordamida bu alomatlarni butunlay yo`qotish ko`zda tutilgan. Saratonni davolash. Bugungi kunda nanotexnologiyalar bu kasallikni davolashda muvaffaqiyatli qo`llanilib kelinmoqda. Nanoqurilmalarning funktsiyasini bevosita saraton xujayralariga yo`naltirsa bo`ladi. Bunda faqat saraton hujayralari yo`qotilib, sog` hujayralarga zarar etkazilmaydi. Yurak-qon tomir sistemasining kasalliklari yurak to`qimalarining kasallangan qismini regeneratsiya qilish nanorobotlarning imkoniyati chegarasidadir. Boshqa bir imkoniyat qon tomirlarini aterosklerotik “pilakcha” lardan tozalash bilan bog`liq. Qurilmalarni implantatsiya qilish. Implantatsiya o`rniga nanorobotlar kerakli strukturani organizm ichida yaratishlari mumkin. Dorilarni etkazish. Dorilar bevosita kerakli joyga etkazib beriladi. Gen terapiyasi. Nanotexnologiyalar nanorobotlarni organizmga kiritib, inson genomini o`zgartirish imkonini beradi. Bunda genomni korrektsiya qilib, natijada turli gen kasalliklarini davolasa bo`ladi. Nanopintsetlar. Bu qurilmalar nanostrukturalarning ishi uchun mo`ljallangan. Ular tanadagi nanoqurilmalarni bir joydan boshqa joyga o`tkazishlari mumkin. Nanopintsetlar asosan nanotrubkalardan yasalgan bo`ladi. Suyaklar regeneratsiyasi. Nanotexnologiyalarni qo`llagan holda suyaklar regeneratsiyasini tezlashtirsa bo`ladi. Nanozarrachalar turli kimyoviy tarkibga еga bo`lib, bu tarkib suyaklarni birlashtirishga yordam beradi, hatto orqa miya shikastlanganida ham yordam berishi mumkin. Vizuallashtirish. Nanotexnologiyalar tibbiy vizuallashtirish sohasida keng ishlatiladi. Bunday texnologiyalar aniq tashhis qo`yishga yordam beradi. Qandli diabet. Qondagi qand miqdorini tekshirish uchun qon olinmasdan maxsus linzalar ishlatiladi. Ularning rangi o`zgarishiga qarab, qand miqdori haqida xulosa chiqarish mumkin. Jarrohlik. Hozirgi vaqtda jarroh-robotlar mavjud. Nanojarrohlik istiqbolli soha bo`lib, unda ba`zi lazerlar turli jarrohlik operatsiyalarini bajaruvchi nanoqurilmalar sifatida ishlatilishi mumkin. Еpilepsiya (tutqanoq) hozirgi davrda kasallik hurujini boshqara oluvchi nanochiplar ishlab chiqarish ko`zda tutilmoqda. Teskari sensor aloqa. Nanochiplar o`z tanasini his qilmaydigan insonlarga foydali bo`lishi mumkin. Buning uchun nanochiplar еlektr impul’slarini qayd qiladi va qayta ishlaydi. Protezlarni boshqarish. Protezlash hozirga vaqtda rivojlanib bormoqda. Nanotexnologiyalar miya yordamida protezlarni boshqarish imkoniyatini beradi. Zamonaviy tibbiyotda bu maqsadda ishlatiluvchi nanochiplar mavjud. Tibbiy nazorat. Nanotexnologiyalar yordamida organizmning turli sistemalarini nazorat qilish mumkin. Tanaga implantatsiya qilingan nanochiplar sog`liqni tekshirib, komp’yuter yoki boshqa qurilmaga olingan axborotni uzatib turadilar. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling