O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
16.5.NanomeditsinaZamonaviy tibbiyot bugungi kunda nanotexnologiyalarning yutuqlarini aktiv ravishda qo`llashni boshlamoqda va o`zining rivojlanishida yangi yo`nalish-nanomeditsinani hosil qilayapti. Bugungi kunda nanomeditsina tushunchasining to`liq ta`rifi yo`q. Shuni aytish mumkinki, nanomeditsina-bu insoniyatning deyarli barcha bilimlarini qamrab oluvchi va zamonaviy faning yutuqlariga asoslangan meditsinadir. Nanomeditsina tibbiyot fanining faol rivojlanayotgan yo`nalishlaridan biri bo`lib, inson organizmi biologik sistemalarini molekulyar darajada kuzatish, tuzatish, genetik korrektsiyasi va nazoratini, nanoqurilmalar, nanostrukturalar va informatsion texnologiyalarni qo`llagan holda amalga oshiradi. Sodda qilib aytganda, nanomeditsina-an`anaviy, klassik tibbiyot, yadro fizikasi va molekulyar kimyoning uyg`unligidir. Nanomeditsinaning faoliyati nanotexnologiyalar yutuqlarini davolash va organizmni biologik yoshartirishda qo`llashga yo`naltirilgan. Nanomeditsina fan sifatida nafaqat inson organizmi funktsional holatlarini boshqarishning mavjud usullarini yaxshilashga, balki davolashning yangi usullarini kiritishga mo`ljallangan. Tibbiyotdagi bu sifat o`zgarishi yangi fizikaviy printsiplar, informatsion va telekomunnikatsion texnologiyalar, nanokomp’yuterlar va nanorobotlarning ishlatilishi hisobiga amalga oshiriladi. Nanotexnologiyalarning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari nanomeditsinaning yanada hayotimizga kirib borishiga sharoit yaratadi. Nanomeditsinaning rivojlanishi haqida so`z borganida, quyidagi yo`nalishlar nazarda tutiladi: Insonh hayotini uzaytirish Sun`iy aql idrokka еga nanokomp’yuterlarni, shu jumladan molekula va atomlar o`lchamlariga teng nanorobotlarni kasallika sabab bo`luvchi patologik holatlar va infektsion agentlarni yo`q qilish uchun qo`llash. Inson genomini genetik korrektsiya qilish uchun moddalarning alohida tarkibiy еlementlari, atomlari va molekulalarini maxsus texnika yordamida boshqarish Informatsion va telekomunnikatsion usullarni rivojlantirish Inson organizmining funktsional holatini nanokomp’yuter texnologiyalar yordamida boshqarish. Shuning uchun klassik tibbiyotdan nanomeditsinaga o`tish – bu miqdoriy o`tish bo`lmay, sifat o`tishidir. Shunday qilib, nanomeditsina еndi moddaning o`zi bilan еmas, balki uning tarkibidagi еlementlar bilan ishlaydi. Nanomeditsinaning o`ziga xosligi shundan iboratki, u juda murakkab jarayon bo`lib, unda yangi usullar va echimlar qo`llaniladi. Shunday qilib, nanotexnologiyalarni tibbiyotda qo`llanilishi еski, vaqt bilan sinovdan o`tgan usul va texnologiyalarga yangi xayot beradi. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling