14.3 Ul’tratovush diagnostikasi (sonografiya, UTT)
Ul’tratovush diagnostikasi-ichki organlar tasvirini ul’tratovush to`lqinlari yordamida oluvchi nurli diagnostika usulidir.
UTT diagnostikada keng qo`llaniladi. Oxirgi 50 yil ichida bu usul еng ko`p tarqalgan va ko`p kasalliklarning tez, aniq va havfsiz diagnostikasini ta`minlovchi usul bo`lib qoldi.
Ul’tratovush deb chastotasi 20000 Gts dan yuqori bo`lgan tovush to`lqinlariga ytiladi. Ul’tratovush to`lqinlari biologik to`qimalarda ham tarqaladi. Ul’tratovush to`qimalarda 1540 m/sek tezlik bilan tarqaladi. Tasvir ikki muhit chegarasidan qaytgan signalni analiz qilishda hosil bo`ladi. Tibbiyotda ko`proq 2-10 MGts diapazonidagi chastotalar qo`llaniladi.
KT-ko`ndalang tekislikda qatlamma-qatlam tasvirlar olishga asoslangan va ularni komp’yuterda ko`rsatib beruvchi rentgen tekshiruvi usulidir.
KT uchun apparatlarning kashf еtilishi-X-nurlar kashf еtilganidan so`ng diagnostik tasvirlarni olishdagi keyingi inqilobiy qadamdir. KT usuli deyarli barcha kasalliklar diagnostikasida qo`llanishi mumkin.
Komp’ter tomografiyasining kashf qilinishidagi asosiy o`rin Godfri Xaunsfildga tegishli(XX asrning 60-yy. )
1989 yilda spiralli komp’yuter tomografiyasi(SKT) paydo bo`ldi. SKT da detektorli rentgen trubkasi bemor yotgan harakatdagi stol atrofida to`xtovsiz aylanadi. Ushbu usul nafaqat tekshiruv davrini qisqartiradi, balki oddiy usuldagi ba`zi sohalarning o`tkazib yuborilishini oldini oladi. Yangi komp’yuter dasturlari tekshirilayotgan sohalarni yanada aniqlik bilan ko`rish, diagnostik ma`lumotni takroriy tekshiruvlarsiz olish imkonini beradi.
Shu davrdan boshlab KT standart va universal bo`lib qoldi. Kontrast modda kiritilishi KT-angiografiyaning rivojlanishiga sabab bo`ldi.
1998 yilda mul’tispiral’ KT(MSKT) paydo bo`ldi. SKT da bitta detektor bo`lsa, MSKT da 4 qator raqamli detektorlar mavjud. 2002 yildan boshlab 16 qator raqamli detektorli, 2003 yildan 64 qatorli, 2007 yildan 256 va 320 qatorli raqamli detektorlarga еga MSKT lar ishga tushdi.
Bunday tomograflarda bir necha sekundning o`zida yuzlab va minglab tomogrammalar olish mumkin. MSKT ni hatto sun`iy nafas olish apparatiga ulangan bemorlarga ham qo`llash imkoni bor. Tekshiruvlarning tezligini oshirish va sifatini yaxshilashdan tashqari KT yordamida koronar tomirlar va yurakning ko`p sohalarini o`rganish muammosi hal еtildi.
Komp’yuter tomografining tuzilish sxemasi 2-6 rasmda, tashqi ko`rinishi 2-7 rasmda tasvirlangan.
2-6 rasm. MSKT ning tuzilish sxemasi
2-7 rasm. Zamonaviy 64-spiralli komp’yuter tomografi
Do'stlaringiz bilan baham: |