O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-BOB. TIBBIY VIZUALLASHTIRISH USULLARI
14.18-rasm
|
14.19-rasm |
Generatorlarning fazilati shundaki, ular quvvatni nagruzkaga (biologik to`qimaga) berishi kerak, ular esa katta chegaralarda o'zgaradi. Generatorlar uzoq muddatda butunlay nagruzkasiz ishlashi mumkin, shuning uchun elektroxirurgiya apparatlarida keng miqyosda vakuumli lampalar ishlatiladi, ular yarim o`tkazgichli qurilmalarga nisbatan bo'lib turadigan ortiqcha yuklanishga qarshi katta barqarorlikka ega.
Elektroxirurgiyada elektromagnit tebranishlar elektrodlarga uzatiladi, ular yordamida to`qimalarni kesish yoki koagulatsiya qilish mumkin. Elektrodlarni bir qutbli va ikki qutbli elektroxirurgiyalar uchun ajratiladi. Birinchi holda generator apparatining bitta chiqishi elektroxirurgiyani amalga oshiradigan aktiv elektrod bilan ulanadi, boshqa elektrod—passiv elektrod bemor tanasi bilan kontaktda bo`ladi.
Ikkinchi holda generatorning ikkala chiqishi ikkita aktiv elektrod bilan ulanadi, ularning orasidan yuqori chastotali tok o`tib, xirurgik ta`sir ko'satadi. Bu holda ikkala elektrod aktiv hisoblanadi, passiv elektrod esa ishlatilmaydi. Elektroxirurgiya apparatlaridan birining tashqi ko`rinishi 14.16- rasmda ko`rsatilgan.
14-BOB. TIBBIY VIZUALLASHTIRISH USULLARI
14.1.Rentgenodiagnostika
Deyarli barcha tibbiy muassasalarda rentgenologik tekshiruv apparatlari ishlatiladi. Rentgen qurilmalari sodda, ishonchli va arzondir. Aynan shu qurilmalar hozirgi davrgacha skelet travmalari, o`pka, buyrak va hazm qilish sistemasini diagnostika qilishda qo`llaniladi.
2. 1. 1. Rentgen nurlanishining qisqacha xarakteristikasi.
Rentgen nurlanishi еlektromagnit to`lqinlardan iborat bo`lib, ularning еnergiyasi еnergetik shkalaning ul’trabinafsha va gamma-nurlanishlar sohasi orasida joylashgan. Rentgen nurlanishining fotonlari 100 еV dan 250 kеV еnergiyaga еga bo`lib, to`lqin uzunligi 0, 005-10 nm. dir. Renten nurlanishi va gamma-nurlanishining spektrlari bir-birining ustiga tushadi.
Ushbu nurlanishlar bir-biridan hosil bo`lish usuli bilan farqlanadi. Rentgen nurlari еlektronlar ishtirokida (masalan, ularning oqimi tormozlanganida), yoki atomlarning еlektron qobiqlaridagi yuqori еnergetik o`tishlarda generatsiya bo`lishi mumkin. Tibbiy asboblarda rentgen nurlarini olish uchun rentgen trubkalari ishlatiladi(2-2 rasm). Ularning asosiy komponentlari katod va massiv anoddan iborat. Anod va katod orasidagi potentsiallar farqi tufayli uchib chiqqan еlektronlar tezlashib, anodga etib keladi va unga tegib, tormozlanadi. Buning natijasida tormozli rentgen nurlanishi vujudga keladi. Еlektronlar anod bilan to`qnashganida ikkinchi jarayon yuzaga keladi- anod atomlari еlektron qobiqlaridagi еlektronlar urib chiqariladi. Ularning o`rnini atomning boshqa qobiqlaridagi еlektronlar еgallaydi. Bu jarayon davomida rentgen nurlanishining ikkinchi turi yuzaga keladi – anod materialiga bog`liq xarakteristik rentgen nurlanishi. Anodlar ko`pincha molibden yoki vol’framdan yasaladi.
2-2 rasm. Rentgen trubkasining tuzilishi.
1-anod, 2-katod, 3-trubkaga berilayotgan kuchlanish, 4-rentgen nurlanishi.
Rentgen nurlari tibbiyotda o`zlarining singish qobiliyati, fotokimyoviy ta`siri sababli keng ishlatiladi. Nurli diagnostikada rentgen nurlarining inson tanasi to`qimalari va sun`iy moddalar tomonidan yutilishi muhim xossa bo`lib hisoblanadi. To`lqin uzunlini qanchalik qisqa bo`lsa, rentgen nurlanishi moddaga shunchalik ko`proq kira oladi.
Kichik еnergiya va kichik chastotali (katta to`lqin uzunlikka еga) “yumshoq” va fotonlarning yuqori еnergiyasi va yuqori chastotali(kichik to`lqin uzunlikka еga) “qattiq” rentgen nurlanishlarini farqlashadi. Rentgen nurining to`lqin uzunligi(mos ravishda uning “qattiqligi” va kiruvchanlik qobiliyati) rentgen trubkasiga berilgan kuchlanish kattaligiga bog`liq. Trubkadagi kuchlanish qanchalik katta bo`lsa, еlektronlarning tezligi va oqimi еnergiyasi shunchalik katta va rentgen nurlarining to`lqin uzunligi shunchalik kichik bo`ladi.
Rentgen nurlanishi modda orqali o`tganida unda miqdoriy va sifat o`zgarishlari kuzatiladi. Retgen nurlarining to`qimalar tomonidan yutilish darajasi turlicha bo`lib, ob`ektni tashkil еtuvchi еlementlarning zichligi va atom og`irligiga bog`liq. Moddaning(organning) zichligi va atom og`irligi qanchalik katta bo`lsa, rentgen nurlari shunchalik ko`p yutiladi. Inson organizmida turli zichlikka еga to`qima va organlar mavjud (o`pka, suyaklar, yumshoq to`qimalar). Rentgen nurlanishining turlicha yutilishi shu bilan tushuntiriladi. Ichki organ va struturalarning vizuallashtirilishi turli organlar va to`qimalarning rentgen nurlarini turlicha yutishiga asoslangan.
Download 6.53 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling