O`lchash usullari quyidagi belgilarga qarab sinflashtiriladi:
O`lchash asosida yotuvchi fizik tamoyilga asosan- еlektr, mexanik, magnit, optik va boshq;
Vosita va o`lchash ob`ektiga asosan- kontaktli va kontaktsiz;
Vosita va o`lchash ob`ektining ta`sirlashuv rejimiga asosan-statik va dinamik;
O`lchov signallarining ko`rinishiga qarab-analogli va raqamli;
O`lchash vositalarining klassifikatsiyasi
O`lchash vositasi (O`V)- fizik kattalikning birligini ko`rsatuvchio`lchash uchun mo`ljallangan texnik vosita, normalashtirilgan metrologik xarakteristikalar bo`lib, ularning o`lchami ma`lum vaqt intervali davomida o`zgarmas bo`lib qoladi (o`rnatilgan xatoliklar chegarasida).
Maqsadiga ko`ra O`V o`lchovlarga, o`lchash o`zgartirgichlariga, o`lchov asboblariga, o`lchov ustanovkalari va sistemalariga bo`linadi.
O`lchov asbobi- o`lchash vositasi bo`lib, o`lchanayotgan fizik kattalikning qiymatini o`rnatilgan diapazonda aniqlash uchun mo`ljallangan.
O`lchov asboblari quyidagilarga bo`linadi:
O`lchanayotgan kattalikni registratsiya qilish shakliga ko`ra-analogli va raqamli;
Qo`llanishiga qarab-ampermetrlar, vol’tmetrlar, chastotometrlar, ostsillograflar va boshq;
Maqsadiga ko`ra-еlektrik va noеlektrik fizik kattaliklarni o`lchash uchun mo`ljallangan asboblar;
Ta`sirga ko`ra-integrallovchi va yig`uvchi;
O`lchanayotgan kattalikn qiymatlarini indikatsiya qilish usuliga ko`ra-ko`rsatuvchi, signal beruvchi va qayd qiluvchi;
O`lchanayotgan kattalikni o`zgartirish usuliga ko`ra - bevosita baholash va solishtiruvchi;
Tashqi ta`sirdan himoyalanganlik darajasiga qarab - oddiy, namlik, gaz va changdan himoyalangan, germetik, portlashga chidamli va boshq.
O`lchash qurilmalari – funktsional jihatdan birlashgan chora-tadbirlar, o`lchov asboblari, o`lchov o`zgartirigichlari va bitta yoki bir nechta fizik kattaliklarni o`lchashga mo`ljallangan boshqa moslamalar bo`lib, ular bir joyda joylashgan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |