O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Tibbiyot apparati bilan ishlashda texnika havfsizligi
Download 6.53 Mb.
|
1.4 Tibbiyot apparati bilan ishlashda texnika havfsizligi.Tibbiyot apparati o`zining turiga va tuzilishiga qarab, uning qo`llanilish usuliga va qaerda ishlatilishiga bog`liq holda bu apparaturadan foydalanadigan xodimga har xil zararli va havfli ta`sirlar ko`rsatishi mumkin. Bu ta`sirlar qatoriga quyidagilar kiradi: elektir toki bilan jarohatlanish, ish joylarida ionlovchi nurlanishning , elektromagnit nurlanishning, ultrabinafsha, infraqizil nurlarning, qaytgan va sochilgan lazer nurlanishning normadan yuqori darajada bo`lishi, tibbiyot apparati sirtining harorati yuqori va past bo`lishi, portlash va yong`in havfi, ish vaqtida shovqin, vibratsiyaning kuchli bo`lishi va h.k. Tibbiyot apparati bilan ishlashda asosiy havfsizlik shartlari quyidagidan iborat: apparat doim buzilmagan bo`lishi kerak, ishlatish qoidalariga rioya qilish kerak, elektrotibbiyot apparati uchun manba` hisoblangan elektroqurilmani to`g`ri o`rnatish kerak, asbob va apparaturani ekspluatatsiya qilish qoidasiga rioya qilish kerak. Yuqori kuchlanishdan saqlanish uchun har xil usullar qo`llaniladi. Saqlanish usuliga ko`ra tashqi manba`dan taminlanadigan elektr tibbiyot asboblari va apparatlari 4 sinfga bo`linadi: 01 va 1 – sinflar yerga ulash bilan saqlanishni yoki “0” ga ulashni mo`ljallaydi. II – sinf izolyatsiya yo`li bilan saqlashni mo`ljallaydi. III – sinf past kuchlanishli zanjirdan ta`minlanadi, ular katta kuchlanishli zanjirga ega emas. Ko`p hollarda 0I va I – sinf apparatlari qo`llaniladi. Yuqori kuchlanishdan saqlanishni ta`minlovchi bunday apparaturalar bilan ishlash jarayonida har xil sabablarni hisobga olganda baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishdan istisno emas deb bo`lmaydi. Tananing elektr qarshiligi o`zgaruvchan kattalikdir. Past chastotalarda bu qarshilik asosan teri, muguz qatlamining qarshiligi bilan aniqlanadi. Bu kattalikning solishtirma qarshiligi 10 Om*m ga teng, namlanganda esa 102 Om*m. Ichki organlarning qarshiligi har xil faktorlarni hisobga olmaganda 103 Om ga teng deb qabul qilinadi. Elektr toki bilan jarohatlanishning oqibati – tokning turiga va kattaligiga, odam tanasidan o`tish yo`liga, ta`sir etish vaqtiga va chastotasiga bog`liq. Shuningdek o`rab olgan tashqi muhitning namligiga, haroratiga, bosimiga bog`liqdir. 10 mA gacha bo`lgan tok kuchi faqat noqulay hissiyotni uyg`otadi, og`irroq holatlarda o`tkazgich bilan kontaktda bo`lgan sohada muskullarning qisqarishi yuz beradi. 15 mA bo`lgan tok kochida muskullarning qisqarishi shunday kuchli bo`ladiki, unda barmoqlarni o`tkazgichdan ajratib olib bo`lmaydi.Bunga qo`yib yubormaydigan tok deb ataladi. 25 mA va undan ortiqroq toklar ta`sirida tananing barcha muskullari changak bo`lib qoladi, shuningdek nafas yo`llaridagi muskullar nafas yo`lini bo`g`adi va o`lim havfi tug`iladi. Bundan keyin nerv, yurak tomir sistemasining ishi buzilib, hushdan ketish hodisasi va klinik o`lim yuzaga keladi, bu esa reanimatsion choralar ko`rilishini talab qiladi. 100 mA kattalikdagi o`zgaruvchan tok to`g`ridan – to`g`ri miokardga ta`sir etib, yurakning fibrillyatsiyasini yuzaga keltiradi, bunda yurakning ritmik qisqarishini tiklash uchun defibrillyatorlardan foydalaniladi. 450 –500 V tok kuchlanishigacha bo`lgan o`zgaruvchan tok o`zgarmas tokka nisbatan xavfliroqdir. Katta kuchlanishlarda esa o`zgarmas tok o`zgaruvchan tokka nisbatan xavflirog`dir. O`zgarmas tok uchun 350 V dan yuqori bo`lgan kuchlanishlar joylardagi o`zgarishlarga olib keladi, ya`ni 3- va 4- darajali elektr kuyish hodisasi yuz beradi. Elektr jarohatlanishni oldini olish uchun ekspluatatsiya vaqtida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak, ulardan asosiylari: ikkala yalang qo`l bilan qurilmalarga tegish mumkin emas; elektroapparatura bilan ishlayotganda gaz, suv va isitish uchun keltirilgan metall turibalarga tegish mumkin emas. Ish joyida mikroto`lqin terapiyasi asbobida ishlaydigan xodim saqlanish ko`zoynagi bilan ish kuni davomida nurlanganida elektromagnit maydon intensivligining qiymati 0,01 mVt/sm2 dan oshmasligi kerak. Santimetr va detsimetr uzunligidagi to`lqinlarni tarqatadigan apparatlarning nurlantirish zonasida bo`lish shaxs uchun man etiladi. Bunday apparatlar ma`lum masofalarda (distantsiyalarda) joylashgan ekranlovchi kabinalardan boshqariladi. Ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirliganda xodimlar yorug`lik fil`tri saqlanish ko`z oynalaridan foydalanishi shart. Ultratovushning zararli ta`siridan qo`lini saqlash uchun tibbiyot xodimi gazlama va rezina qo`lqoplarda ishlashi kerak. Lazer qurilmalarini joylashtirishda va undan foydalanishda shaxsning lazer nuridan jarohatlanishining oldini olish kerak. Birlamchi yoki ko`zgudan qaytgan va nishonga yo`naltirilgan lazer nuriga qarash man etiladi. Tibbiyot apparatlari va asboblari bilan ishlashda o`z vaqtida instruktsiya o`tkazish va undan chetga chiqmaslik lozim. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling