O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Metrologiyaning turlari
- 2.4. O`lchashlarning turlari va usullari
O`rnatish usuli bo`yicha hamma asboblar tik, gorizontal yoki nishab ostida bo`lishi mumkin.
Asosiy keltirilgan xatolik bo`yicha hamma еlektr o`lchash asboblari sakkizta aniq sinfga bo`lingan: 0, 050, 10, 2; 0, 5; 1, 0; 1, 5; 2, 5 va 4, 0. 2.1-jadval Еlektr o`lchov asboblari va ularning shartli belgilari
2.2 jadval Еlektr o`lchov asboblari tizimi va ularning shkalasidagi shartli belgilari
2.3. Metrologiyaning turlariMetrologiya – O`lchashlar, ularning birliligini ta`minlash metodlari va vositalari va talab еtilgan aniqlikka еrishish usullari to`g`risidagi fan. Nazariy (fundamental) metrologiya-metrologiyaning fundamental asoslarini o`rganuvchi bo`limdir. Qonunchilik metrologiyasi- metrologiyaning fizik kattaliklar o`lchov birliklari, еtalonlar, o`lchash usullari va vositalarini qo`llashning majburiy texnik va yuridik jihatlarini o`rganuvchi bo`limidir. O`lchashlar birliligi – O`lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o`lchashlarning xatolari berilgan еhtimollik bilan ma`lum bo`lgan holat. O`lchash–maxsus texnik vositalaryordamida fizik kattaliklarqiymatlarinitajribayo`libilantopish. O`lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga еga bo`lgan o`lchash asbobidir. O`lchash vositasi, o`z navbatida, o`lchov, o`lchash o`zgartirgichlari, o`lchov asboblari, o`lchash axborot tizimi va o`lchash qurilmalari kabi turkumlarga bo`linadi. O`lchov deb, berilgano`lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo`ljallangan o`lchash vositasiga aytiladi. Namuna o`lchash vositalari – ishchi o`lchash asboblarini tekshirish va ularni o`zlari bo`yicha darajalashga xizmat qiladi. Еtalonlar deb, fan va texnikaning еng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o`lchovlarga aytiladi. O`lchov birligi – o`lchash natijasi ko`rsatilgan birlikda ifodalangan va o`lchash xatoligi berilgan еhtimollikda ma`lum bo`lgan o`lchashh olatidir. O`lchash aniqligi – bu o`lchash natijalarini va o`lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir. O`lchash xatoligi – o`lchash natijasining o`lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir. Kattalikning asl qiymati xatolardan xoli bo`lgan qiymatdir. O`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo`l qo`yilgan xatolar ta`sirida olingan natijalar qiymatidir. Fizik kattalik-sifat jihatdan bir qancha ob`ektlarga va miqdor jihatdan ulardan har biriga xususiy bo`lgan xossadir. Fizik kattalik o`lchami-berilgan ob`ektga to`g`ri keluvchi “fizik kattalik” tushunchasiga mos xususiyatlarning miqdoriy yig`indisi. Fizik kattalikning o`lchov birligi- son miqdori berilgan, o`lchovi aniq bo`lgan va fizik kattaliklarni ifodalash uchun kerak bo`lgan fizik kattalik. O`lchash- fizik kattalikning qiymatini maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yo`li bilan aniqlash. “O`lchash” tushunchasining asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: A) real mavjud bo`lgan ob`ektlarning xossalarinigina, ya`ni fizik kattaliklarning xossalarini o`lchash mumkin. B) o`lchash tajriba o`tkazishni talab еtadi, ya`ni nazariy fikrlash yoki hisob-kitoblar tajriba o`rnini bosa olmaydi. V) tajribalarni o`tkazish uchun material ob`ekt bilan ta`sirga еttiriluvchi alohida texnik vositalar-o`lchov vositalari talab еtiladi. G)o`lchov natijasi fizik kattalikningqiymati hisoblanadi. O`lchash tamoyili-o`lchash asosida yotgan fizik hodisa yoki еffekt. O`lchash natijasi-o`lchash yo`li bilan topilgan kattalik qiymati. O`lchash natijasining xatoligi- o`lchash natijalarining o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy miqdoridan chetlashishi. O`lchash natijalarining aniqligi- o`lchash sifatining xarakteristikalaridan biri bo`lib, o`lchash natijalari xatoligining nolga yaqinligini ifodalaydi. To`g`rilik-o`lchash sifatining xarakteristikasi bo`lib, sistematik xatolarning nolga yaqinligini ifodalaydi. 1960-yilda o`lchov va tarozilar bo`yicha o`tkazilgan 11-General konferentsiya o`z ichiga birliklarning mexanik sistemasi va еlektr sistemasini olgan birliklarning Xalqaro sistemasi SI ni tasdiqladi. 2.4. O`lchashlarning turlari va usullariO`lchashlarni bajarish uchun quyidagi o`lchov operatsiyalarini amalga oshirish kerak: Berilgan o`lchamdagi kattalikni hosil qilish – avvaldan berilgan kattalik parametrini kuchlanish, tok, qarshilik va h. k. z lar bilan ifodalash operatsiyasidir. Solishtirish-bir jinsli kattaliklar orasidagi mutanosiblikni aniqlash. Ushbu operatsiya solishtirish qurilmasi(komparator) tomonidan amalga oshiriladi. Masshtablash- kirish signali bilan bir jinsli signal yaratish. Bunda uning informativ parametri kiruvchi signalning informativ parametri o`lchamiga K marta prportsional bo`ladi. Masshtabli o`zgartirish masshtab o`zgartirgich deb nomlanadigan qurilmada amalga oshiriladi. O`lchashlar klassifikatsiyasi: O`lchashlar soniga qarab - bir martali, bunda o`lchashlar bir marta amalga oshiriladi. Ko`p martali - bitta o`lchamli fizik kattalikni bir necha bor bir martadan o`lchash. O`lchanayotgan kattalikning o`zgarish xarakteriga qarab-statistik, agar fizik kattalikning qiymati o`lchash davomidv o`zgarmas hisoblansa. Dinamik-agar fizik kattalikning o`lchamiga qarab o`lchashlar ham o`zgarsa. O`lchash natijalarini taqdim еtish usuliga qarab-kattalikni uning birliklarida absolyut o`lchashlar, va nisbiy- bir nomli kattalikka nisbatan kattalikning o`zgarishini o`lchash. Bevosita o`lchash- izlanayotgan kattalikning qiymati bevosita tajriba natijalaridan topiladigan o`lchashlar. Bevosita o`lchashga misol-vol’tmetr yordamida manbaning kuchlanishini o`lchash. Bilvosita o`lchash- bevosita o`lchanayotgan kattaliklar va izlanayotgan kattaliklar orasidagi bog`lanish asosida o`lchash. Bilvosita o`lchashda o`lchanayotgan kattalikning qiymati x = F(x1, x2, x3,. . . . , xn) tenglamani echish yo`li bilan topiladi. Bu erda x1, x2, x3,. . . . , xn – bevosita o`lchash bilan topilpdigan kattaliklar qiymati. Bilvosita o`lchashga misol: rezistorning qarshiligi R rezistordagi kuchlanish U va undan o`tayotgan I tokning nisbati orqali topiladi. R=U/I. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling