O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Tibbiyot apparaturasining ishonchligi
Download 6.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`lchash — bu o`lchov va o`lchash asboblari yordamida tajriba yo`li bilan fizik kattaliklarni topishdir.
- Solishtirish asboblarida (ko`prik, kompensator) o`lchanayotgan kattalikning qiymati o`lchov bilan solishtiriladi. Ular aniq o`lchash ishlarida ishlatiladi.
1.5. Tibbiyot apparaturasining ishonchligiTibbiyot apparatlari normal ishlab turishi kerak.Bu talab har doim bajarilmaydi, aniqroq aytganda, bunday talab maxsus choralar ko'rilmaganda, istalgancha uzoq vaqtgacha bajarilmaydi. Tibbiyot apparaturasidan foydalanilayotganda shifokor ekspluatatsiya qilayotgan buyumning ishdan chiqish ehtimolligi to‘g‘risida, ya’ni asbob (apparat) yoki qismlarini buzilishi, ruhsat etilgan parametrlarning oshib va kamayib ketishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Texnik talabalarga javob bermaydigan qurilma ish qobiliyatini yo‘qotadi, shuning uchun uni sozlab ishlash qobiliyatiga qaytarish mumkin.Ko‘p hollarda faqat lampani yoki rezistorni almashtirib buyumni yana normal ishlashi ta’minlanadi, ammo bunday ham bo ‘lishi mumkin: apparatura shunchalik eskirgan va ishdan chiqqan bo‘lishi mumkinki, uni sozlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shu sababdan tabobat apparaturani sozlashga yaroqli va uning qisimlarining chidamli ekanligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo'lgan bo‘lishi kerak. Mahsulotlarni berilgan sharoitlarda ishdan to‘xtab qolmasligi va berilgan vaqt davomida o‘zining ish qobiliyatini saqlashini umumiy ishonchlilik termini bilan xarakterlaydilar. Tibbiyot apparaturasi uchun ishonchlilik masalasi ayniqsa muhimdir, chunki asbob va apparaturalarning ishdan chiqishi faqat iqtisodiy yo‘qotishlarga emas, balki bemorlaming o‘limiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Apparatning buzilmasligi ko‘pgina sabablarga bog‘liq bo‘lib, ularning ta’sirini hisobga olish amalda mumkin emas, shuning uchun ishonchlilikni miqdoriy baholash ehtimollik xarakteriga ega. Bunda, masalan, muhim parametr buzilmasdan ishlash ehtimolligi hisoblanadi.U tajribada aniqlanib, t vaqt ichida N ta ishlayotgan (buzilgan) buyumlar sonini sinab ko‘riladigan buyumlarning umumiy soni N0 ga nisbata bilan baholanadi: Buxarakteristikaberilganvaqtdavomidabuyumlarningishqobiliyatinisaqlashimkoniyatinibaholabberadi. Ishonchsizlikniboshqamiqdoriyko‘rsatkichibuzilishlarintensivligi (tezligi) λ(t) hisoblanadi. Buko'rsatkichniishdanchiqishsonidNni —ishlovchielementlarningumumiysoniNningdtgako‘paytmasininisbati sifatida ifodalash mumkin: «-» ishorasiningqo‘yilishigasababdN< 0 ekanligi, chunkiishlabturganbuyumningsonivaqto ‘tishibilankamayibboradi. λ (t) funksiya har xilko’rinishgaegabo’lishimumkin.
Tibbiyot xodimlari uchun shunisi qiziq bo‘lsa kerakki odam o‘limini xarakterlaydigan parametrning vaqtga bog‘liqligi ham taxminan shunday ko‘rinishga o‘xshash bo‘ladi. ,,O‘lim intensivligi “ ko‘p jihatdan chaqaloqlik I- davr va qarilik (III- davr) davriga hos. Buzilmasdan ishlash intensivligi P va ishdan chiqish intensivligi λ orasida maxsus bog‘lanish mavjud. Uni λ - const (II- davr) hol uchun aniqlaymiz. Differensial tenglama (20.2) ni o‘zgaruvchilarni qisimlarga ajratib quyidagicha yozib olamiz. Integrallab va quyi chegaralarni (sinab ko‘riladigan mahsulotlarning boshlang‘ich soni No va t =0 vaqtni ) va yuqori chegaralarni (t momentda beto'htov ishlovchi mahsulotlar soni N ni) qo‘yib; ni olamiz. (20.4) ni (20.1) bilan solishtirib, P(t) = e-λ tga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, buzilish intensivligi doyimiy boiganda buzilmasdan ishlash ehtimoli vaqtga bog‘liqligini eksponensial qonunini olamiz.Bu qonunni apparaturani ishonchligini baholashda qo‘llash mumkin. Ekspluatatsiya davomida ishdan chiqish mumkin bo‘lgan asoratlarga bog‘liq ravishda tibbiyot buyumlari 4 sinfga bo‘linadi. A— bemor va tibbiyot xodimining hayoti uchun bevosita havf tug‘diradigan buyumlar. Bu sinfdagi buyumlar uchun buzilmasdan ishlash ehtimoli planli —ehtiyot texnik xizmat ko‘rsatkichlar orasida ishlash davomida 0.99 dan kichik bo‘lmasligi, texnik xizmat ko‘rsatilmaydigan mahsulotlar uchun esa, ular uchun belgilangan xizmat muddati ichida bo'lishi kerak. Bu sinfdagi mahsulotlarga kasalning hayoti uchun muhim organlarning ishini takrorlaydigan asboblar, sun’iy nafas olish va qon aylanish apparatlari va boshqalar kiradi. В — mahsulotlar, ularning ishdan chiqishi, organizmning holati yoki atrof-muhit to‘g‘risidagi ma'lumotni buzib ko‘rsatadi, bemor yoki tibbiyot xodimining hayotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havf solmaydi, bu kutish rejimida turgan, belgilanganvazifasiga ko‘ra o‘shanga o‘xshash mahsulotdan darhol foydalanish zaruriyatini tug‘diradi. Bu sinfdagi mahsulotlar uchun buzilmasdan ishlash ehtimolligi 0,8dan kam bo‘lmasligi kerak. Bunday mahsulotlarga kassallarni kuzatib turuvchi sistemalar, yurak faoliyatini rag‘batlantiruvchi apparatlar (stimulatorlar) va boshqalar kiradi. B — buyumlar ularning ishdan chiqishi effektivlikni pasaytiradi yoki kritik bolmagan holatlarda davolash — diagnostikaning borishini to‘xtatib qo'yadi yohud tibbiyot va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishini ko‘paytiradi yo faqat moddiy zararga olib keladi. Bu sinfdagi ta’mir qilinuvchi buyumlarning ishdan chiqishigacha ishlash vaqti va ta ’mir qilmaydigan buyumlarni ishdan chiqquniga qadar o‘rtacha ishlash vaqti planli — ehtiyot texnik xizmat ko‘rsatishi orasidagi vaqtdan yoki kalendar davridan kamida ikki martadan oshmasligi kerak. O‘rtacha intensivlikda ishlaydigan texnik xizmat ko‘rsatilmaydigan buyumlar uchun esa bu vaqt garantiyada ishlash vaqtida yoki garantiya muddatidan kam bo‘lmasligi kerak. Bu sinfga diagnostik va fizioterapevtik apparaturalarning, asboblarning va boshqalarning ko‘pchilik qismi kiradi. G— ishdan chiquvchi qismlarga ega bo‘lmagan buyumlar. Elektr tibbiyot apparatura bu sinfga kirmaydi. Shifokorlarga ishonchlilik tushunchasini ba’zi bir shart bilan odam organizmiga ham tadbiq qilish mumkinligini bilish ancha qiziqarlidir. Bunday kasallik — ish qobiliyatini yo‘qotish tarzida, davolash esa ta’mir, muolaja esa ishonchsizlikni oshiruvchi chora tarzda qaraladi. Biroq organizm murakkab sistema bo‘lib, unga ,,texnik“ yondashish qismangina amalga oshirilishi mumkin,bunda teskari aloqa va rostlash jarayonlarini hisobga olish kerak. 2-BOB. ЕLEKTR O`LCHOV ASBOBLARI 2.1. Metrologiya haqida asosiy tushunchalarO`lchash — bu o`lchov va o`lchash asboblari yordamida tajriba yo`li bilan fizik kattaliklarni topishdir. Fizik kattalikning berilgan mikdorini qayta tiklash. vositasiga o`lchov deyiladi. O`lchash axboroti signalini kuzatish va bevosita o`zlashtirishga mo`ljallangan vositaga o`lchash asbobi deyiladi. Еlektr o`lchash asboblari ikki guruhga bo`linadi: bevosita baholash asboblari va solishtirish asboblari. Ampermetr, vol’tmetr, ommetr va hokazo (bular bevosita baholash asboblaridir). Bu asboblarda o`lchanayotgan kattalikning qiymatini shkalaga qarab aniqlash mumkin. Solishtirish asboblarida (ko`prik, kompensator) o`lchanayotgan kattalikning qiymati o`lchov bilan solishtiriladi. Ular aniq o`lchash ishlarida ishlatiladi. Har qanday o`lchashning natijasi o`lchanayotgan kattalikning xaqiqiy qiymatidan bir oz farq qiladi. Kattalikning o`lchab olingan qiymati bilan haqiqiy qiymati orasidagi farq o`lchashning mutlaq xatoligi deyiladi: A=Ao`-Ah. (2.1) Bunda: Ao` — kattalikning o`lchab olingan qiymati; Ah - kattalikning xaqiqiy qiymati; A — mutlaq xatolik. Mutlaq xatolikning o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati nisbiy xatolik deyiladi va u foiz orqali ifodalanadi: β=ΔA/Ah*100% (2.2) Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling