O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet87/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Amaliy mashg‘ulot 12
Mavzu: Kimyoni kursini integratsiyalashgan o’qitish

Integratsiya (lot. Integeration-tiklash, to’ldirish, birlashtirish. Integer-yaxlit) sintezlab bir butun qilib birlashtirmok, mantiqiy yaxlit holga keltirmoq ma’nosida tushuniladi. Ta’lim mazmunini integratsiyalash deganda o’zaro uzviy aloqador, bir-birini taqozo etadigan, kengaytiradigan, chuqurlashtiradigan o’quv predmetlari mazmunini sintezlash, ya’ni mantiqiy birlashtirib bir butun (yaxlit) holga keltirishni tushunamiz.


Bunda o’quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o’quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishini ta’minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o’rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog’lanishlarini aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog’onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilish imkoniyatini beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo’ysundirishga, bilimlar chegarasidagi bo’shliqlarni chegaralashga imkon beradi.
Integratsiya-differentsiya jarayonlari bilan birgalikda fanlarni yaqinlashtirish va bog’lash jarayoni bo’lib, yangi, butun, yaxlit bo’limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko’rinishdir.
O’quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish yo’li bo’lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog’liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv-differentsiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi.
Kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kirib, geografiya, matematika, biologiya, fizika kabi fanlar bilan aloqadordir. Quyida kimyoning bu fanlar bilan bog`liqligini ko`rib chiqish mumkin.
Geografiyaning kimyo fani bilan bog’lanishi. Kimyoviy elementlar va o’rganilayotgan moddalar tarqalishi haqida albatta doimiy ravishda ma’lumotlar beriladi. SHu nuqtai nazardan kimyo fani geografiya fani bilan bog’liq ekanligini ko’rish mumkin. Masalan, 9-sinfda natriy va kaliy metallari biriikmalarini o’rganish, metallurgiya sanoati xom ashyosi haqidagi mavzularni o’qitishga qaratilgan ba’zi holatlarni ko’rib chiqamiz.



Metallar

Tarqalishi


Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling