O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Muammoli vaziyat” usuli
9-Mavzu: Kimyo fanini muammoli o’qitish. Muammoli yondoshuv.
Reja: 1. Ta’lim jarayonida muammoli darslarni loyihalashtirish yo’llarini tarkib toptirish. 2. Muammoli savollarni tuzish va yechish bosqichlari. 3. Muammoli yondoshuv asosida kimyo kursini o’qitish masalalari. Tayanch iboralar: muammoli darslar, muammoli savollarni tuzish, muammoli ta’lim texnologiyasi, “Muammoli vaziyat” usuli Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi-shaxsning individual kamol topishi uchun zarur bo’ladigan hayotiy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi. Rivojlantiruvchi ta’limning o’ziga xos xususiyatlari- o’quvchilarda topshiriqlarni yechishga oid nazariy tushuncha va amaliy ko’nikma, malakalarni shakllantiradi. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo’g’ini muammoli ta’lim yo’nalishi sanaladi. Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya yotadi. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan. Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega. 1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 2. Muammoning qo’yilishi. 3. Muammoning yechimini topish. Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi. Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Muammoli o’qitish jarayonida o’quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi. Bunda: nostandart masalalarni tuzish bo’yicha; shakllantirilmagan savol bilan; ortiqcha ma’lumotlar bilan; o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish; olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash; «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir. “Muammoli vaziyat” usuli - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan usuldir. "Muammoli vaziyat" usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular qo’yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmaslik, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» usuli qo’llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar. “Muammoli vaziyat” usulining bosqichlari: 1. Ta’lim beruvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi. 2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi. 3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. 4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o’rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. 5. Bu bosqichda muammoning oqibatlari to’g’risidagi fikr-mulohazalarni taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. 6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama va tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar. 7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo’yicha taqdimot qiladilar va o’z variantlarini taklif etadilar. 8. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo’llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling